G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/126
Sana28.06.2022
Hajmi3,11 Mb.
#712626
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   126
Bog'liq
fayl 1865 20210918

Afaziya. 
Agnoziya va apraksiyalar ko‗pincha nutq buzilishi bilan birga 
kuzatiladi, ba‘zan sof shaklda ham uchrab, nutq buzilishidan tashqari, buyumni tanish 
va harakat funksiyalarining buzilishi bilan davom etmaydi. Nutq buzilishi 
afaziya 
deb 
ataladi. Uning bir necha turi bor. 
Harakat (motor) 
yoki 
peshona afaziyasi 
yoki 
Brok 
afaziyasi 
boshqa turlarda ertaroq tasvir etilgan. Bunda bemor nutqni tushinishi 
mumkin, lekin o‗zining nutqi g‗oyat qiyinlashgan yoki butunlay gapira olmaydigan 
bo‗ladi. Brok afaziyasi og‗ir bo‗lsa, bemor ta-ta, ne, ni va shunga o‗xshash ayrim 
tovushlarni qichqirib va sekin ayta oladi-yu, biron so‗zni ham bemalol ayta olmaydi. 
Motor afaziya bilan bir vaqtda xat yozish buziladi 
(agrafiya) 
va xatni ovoz 
chiqarib o‗qib bo‗lmaydi, lekin bemor o‗qigan narsasini tushunishi mumkin. Motor 
afaziya chap yarim sharning pastdagi peshona pushtasi zararlanganda kelib chiqadi; 


158 
kamroq kishilarda (chapaqaylarda) o‗ng yarim sharning tegishli qismi zararlangan 
bo‗lishi mumkin. 
Nutq funksiyasi buzilishining ikkinchi shakli — 
sensor 
yoki 
chakka afaziyasi, 
yoki 
Vernike afaziyasi 
nutq idrok etishning buzilishi bilan ta‘riflanadi. Sensor 
afaziyali bemor nutqni tushunmaydi, ayrim so‗zlarni eshitmaydi, so‗zlash qobiliyati 
saqlanish bilangina qolmay, hatto sergaplikda namoyon bo‗ladi. Sensor afaziyada 
bemor o‗z nutqini idrok eta olmasligi tufayli so‗zlarni ko‗pincha buzib aytadi va 
uning uzluksiz nutqi mutlaqo tushunilmaydigan bo‗lishi mumkin. Sensor afaziya 
bilan bir vaqtda 
aleksiya 
(ya‘ni ovoz chiqarmasdan yoki ovoz chiqarib o‗qish 
qobiliyatining buzilishi) va 
amuziya 
(ya‘ni musiqani idrok etish qobiliyatining 
buzilishi) ham uchraydi. 
O‗naqaylarda chap yarim sharning birinchi chakka pushtasi zararlanganda 
sensor afaziya kelib chiqadi. 
Afaziyaning maxsus turi - 
amneziya 
yoki 
tepa amneziyasi, amnestik afaziya 
ayrim so‗zlarni, ko‗pincha ot, nomlarni unutib qo‗yish bilan ta‘riflanadi. Amneziya 
bo‗lgan bemor nima haqida gapirmoqchi ekanligini biladi-yu, ko‗pincha zarur so‗zni 
esiga tushirolmaydi va buyumning nomini atash uchun uni uzundan-uzoq tasvirlashga 
majbur bo‗ladi. Afaziyaning bu shaklida chap tomondagi pastki tepa pushta 
zararlangan bo‗ladi. Bu pushta zararlanganda ko‗pincha agnoziya va apraksiyalarning 
boshqa simptomlari, jumladan, sanay olmaslik—
akalkuliya 
ham kuzatiladi. 
Bir qancha kuzatishlarga asoslanib, buyumni tanish, maqsadga muvofiq ish 
ko‗rish va nutq jarayonlarida tepa sohasining orqadagi qismi va peshananing oldingi 
pushtasi maxsus rol o‗ynaydi, deb faraz qilinadi. 
Miya po‗stlog‗idan ba‘zi qismlarining zararlanishi ikkinchi signal tizimining 
funksiyalariga ayniqsa ko‗p ta‘sir etadi, garchi shunday bo‗lsa ham, miyaning hatto 
bir-biridan ancha uzoqdagi ko‗p qismlari zararlanganda har qanday murakkab 
funksiya (tanish, maqsadga muvofiq ish ko‗rish, nutq, yozish, o‗qish, sanash) 
buzilishi mumkinligini A. R. Luriya va boshqa tadqiqotchilar ko‗rsatib berishgan. 
Shu bilan birga miya po‗stlog‗idan biror qismining zararlanishi oqibatida aksari bitta 


159 
funksiya emas, balki bir qancha funksiyalar buziladi. Shunday qilib, ikkinchi signal 
tizimi muayyan funksiyalarining markazlari haqida juda shartli qilib gapirish 
mumkin, xolos. 

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish