Mazkur treningda ong ostimizga o'mashib qolgan g'oyalami tasavvur qilishdan foydalaniladi. Aynan mana shu g'oyalardan xalos bo'lish yordamida g'am qayg'udan forig' bo'lish mumkin. Turli millatlar g'am qayg'udan forig’ bo'lish uchun turli xil usullardan foydalanishadi va bu narsa ulaming madaniyatiga ham bog'liq hisoblanadi. Masalan, Irlandiyaliklar taziya marosimini uch kun o'tkazadilar. O'lgan kishining yor do'stlari va yaqinlari uning faqat yaxshi tomonlarini gapirib uni xotirlaydilar. Ayrim millatlarda erdan beva qolgan ayol yilning ma'lum bir vaqtida aza tutishi rasm bo'lgan.
G 'am qayg 'udan forig' bo 'lish treningi mashqlari.
1-mashq: Forig' qiluvchixatlar
Agar siz biron-bir yaqin kishingiz bilan xafalashib qolgan bo'lsangiz va u
uzoq yo'lga ketgan yoki dunyodan ko'z yumgan bo'lsa, siz esa o'zingizni aybdor
his qilsangiz u holda unga dialog tarzida jo'natilmaydigan xat yozishingiz kerak.
Birinchi xatni yozishda o'z xis-tuyg'ularingizni, xavotirlaringizni
javobini aks ettirasiz. So'ng u bilan samimiy xayrlashasiz.
2- mashq: Senga o'z minnatdorchiligimni bildirmoqchi bo’lgan maktub
2- mashq: Senga o'z minnatdorchiligimni bildirmoqchi bo’lgan maktub
Ko'pchilik kishilar o'z sevgisini qo'llab-quvvatlash yoki minnatdorlik deb his qiladilar va o'z his-tuyg'ularidan uyaladilar. Agar biz o'z his-tuyg'ularimizni bemalol birovlarga ayta olsak biz o'zimizni ancha yengil his qilamiz. O'zgalami qadrlasak ular ham bizni qadrlashadi. Shuning natijasida qalbimizda yoqimli hislarni his qilamiz. Ayniqsa, bolalarga nisbatan minnatdorchilikni ochiq ko'ngillik va dildan bildirish lozim, olamdan o'tgan yaqin kishingizga o'z minnatdorchiligingizni bildiruvchi xat yozing. Oldin ayta olmagan barcha gaplaringizni yozing shu bilan birga unga nisbatan xursandchilik, koniqish, u bilan bog'liq yoqimli xotiralar o'zingizda mujassam ekanligini yozishingiz mumkin. Buning uchun sizga 40-daqiqa vaqt beriladi.