G. A. Shahmurova yosh fiziologiy as I


Tovush tebranishlarini qabul qilish


bet93/202
Sana16.06.2022
Hajmi
#676128
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   202
Tovush tebranishlarini qabul qilish
Havo to'lqinlarining nog'ora pardaga ta ’siri natijasida quloq eshitadi. 
Havoning tebranishi tashqi eshitish yo'li orqali nog'ora pardani tebratadi. 
N o g 'o ra pardaning tebranishi eshitish suyaklarida takrorlanadi va 
o'zangining serbar tom oni orqali ichki quloqning oval darchasidagi 
pardaga o'tadi. Oval darcha pardasining tebranishi perelimfaga o'tadi. 
Perelimfa tebranib, o'z navbatida endolimfaning tebranishiga sabab 
bo'ladi. Endolimfa tebranib, Kortiyev organidagi tuklarni tebrantiradi 
va shu bilan eshitish nervining uchlarini qo'zg'atadi. Eshitish nervining 
retseptorlaridan kelgan qo'zg'alish impulsi bosh miya yarim sharlari 
po'stlog'iga - eshitish analizatorlarining miyadagi uchlariga yetib boradi, 
n atijad a eshitish sezgisi paydo b o 'lad i. O dam q u log'ining tovush 
sezadigan muayyan chegarasi bo'lib, soniyasiga 14 m artadan to 20000 
m artagacha tebranishdagi tovushlarni sezadi. Yosh ulg'ayishi bilan 
quloqning tovush sezish chegarasi kamayib boradi. Odam qulog'i 1000 
dan 4000 gacha gertsdagi tovush to'lqinlarini sezadi.
Bola tug'ilishi bilan eshitish analizatori ishlay boshlaydi. Eshitish 
analizatorining funksional rivojlanishi 6-7 yoshgacha davom etadi. 14- 
15 yoshda eshitish sezgirligi juda susayadi, so'ngra yana orta boradi. 
Eshituv apparatining shakllanishi va eshituv organining to'la yetilishi 12 
yoshda tugallanadi.
Quloq o‘tkirligi. 
Quloq o'tkirligi quloqning tug'm a xususiyatlari, 
gigiyenasiga, eshituv qobiliyatining tarbiyasiga bog'liqdir.
Quloqning tug'ma o'tkirligiga kelganda bir qator mutaxassislar suyak 
labirintda o'zgarishlar (otoskleroz) kelib chiqishi o'rta quloqda yiringli 
yallig'lanish va boshqa o'zgarishlar avj olishiga ba’zilar tug'ilishdan moyil 
bo'ladi, degan fikrni bildiradilar. M ana shu o'zgarishlarning hammasi 
quloqning og'ir tortib qolishiga olib keladi, ko'pincha quloqning kar 
bo'lib qolishiga ham sabab bo'ladi. Biroq irsiy zaiflikni hamisha bartaraf 
etsa bo'ladi, ya’ni muhitni ustalik bilan tashkil etish - tarbiya va davo 
qilish yo'li bilan kamchilikni yo'qotish yoki bilinmaydigan qilib qo'yish 
mumkin.
Quloq supralarining fiziologik roli asosan tovushlarni tutib, tashqi 
eshituv yo'liga yo'naltirishdan iborat. Bu - tovushning qaysi tomondan 
kelayotganini bilib olishga imkon beradi, tovushning qaysi tomondan 
kelayotganini bilish tovush to'lqinining har bir quloqqa baravar yetib
145
www.ziyouz.com kutubxonasi


kelmasligiga bog'liq, chunki tovush manbaiga yaqinroq turgan quloqqa 
to 'lqii ertaroq yetib kelsa, o 'sha m anbadan nariroq turgan quloqqa 
kechroq yetib keladi.
Quloq o'tkirligi eshituv apparatining gigiyenik holatiga ham bog'liq. 
Chunonchi chiqqan sekret-mum tashqi eshituv yo'lida to'planib qolsa 
(mum tiqinlari) tovush to'lqini o'z yo'lida to'sqinlikka uchrab, nog'ora 
bo'shlig'iga yetib borguncha susayib ketadi, b a’zan esa butunlay yetib 
bormay ham qoladi. Quloq ancha og'ir tortadi. Shu munosabat bilan 
bolalar quloq supralarini muntazam ravishda yuvib turishlari kerak.
Quloqning og'ir tortishi burun va burun-halqum dagi yallig'lanish 
protsesslariga, Yevstaxiy nayining tez-tez yallig'lanib turishiga bog'liq 
bo'ladi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish