G. A. Shahmurova yosh fiziologiy as I


Qalqonsimon bez funksiyalarining buzilishiga bog4liq


bet101/202
Sana16.06.2022
Hajmi
#676128
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   202
Qalqonsimon bez funksiyalarining buzilishiga bog4liq
kasalliklar
Qalqonsim on bezning faoliyatini boshqa ichki sekretsiya bezlari 
funksiyasiga, eng avvalo, gipofizga chambarchas bogiiq. Har xil sabablar 
ta ’sirida ko'pincha qalqonsimon bezning faoliyati izdan chiqadi. Bunda 
bezning funksiyasi у о birmuncha kuchayadi yoki susayadi.
1840-yilda shifokor Bazed qalqonsimon bezning ortiqcha funksional 

faolligiga bogiiq boig an kasallikni birinchi b o iib ta ’riflagan. Shuning 
! uchun bu kasallik uning nomi bilan Bazedov kasalligi deb atalgan, hozirgi 
vaqtda u «diffuz toksik bo'qoq» deb ataladi.jBu kasallik bilan ko‘pincha 
ayollar va 10-15 yoshdagi qizlar o giishi aniqlangan.
Kasallik qalqonsimon bezning kattalashishi, yurak o ‘ynashi, ko'zning 
chaqchayishi va kasallik keltirib chiqaradigan boshqa o ‘zgarishlar paydo 
bo'lishi bilan t a ’riflanadi. Belgilarning b a ’zilari kuchliroq namoyon 
bo'lishi, boshqalari namoyon bo'lmasligi yoki maxsus tekshirilgandagina 
aniqlanishi m um kin. K asallik h ar xil boshlanishi m um kin: b a ’zi 
odam larda keskin namoyon b o ia d i, boshqalarda esa bir necha oylar 
davomida faqat ayrim belgilari ko'rinadi.
Diffuz toksik bo'qoqda qalqonsimon bez diffuz kattalashadi. Bu 
k attala sh ish i y utinganda sal bilinadigan d a rajad an to anchagina 
kattalashishgacha yetadi. Qalqonsimon bez anchagina kattalashganda 
b o 'q o q rivojlanadi. D iffuz k attala sh g a n qalqonsim on bez qonga 
organizmga kerak bo'lganidan anchagina ko‘p tiroksin ajratadi, Ortiqcha 
tiroksin ta ’sirida yurak-qon tomir sistemasi faoliyatida o'zgarish ro 4y 
beradi: yurak urishi tezlashadi, puls ko'pincha daqiqasiga 180-200 
martagacha yetadi. Yurak toni tobora shovqinli bo'lib qoladi. Moddalar 
almashinuvi ancha kuchayadi, bemor oza boshlaydi, juda ham jizzaki 
b o 'lib qoladi. Y ig io q ilik , uyquning buzilishi, charchoq, bolalarda
156
www.ziyouz.com kutubxonasi


kasallikning dastlabki belgilari bo'lishi mumkin, bemor odatda, isib 
ketaveradi, ko'rpa yopmay uxlaydi, ishtahasi yaxshi bo'lishi mumkin.
K o'zning chaqchayishi ham har xil nam oyon b o 'lad i yoki tipik 
manzara yuzaga keladi - ko'z go'yo kosasidan chiqib turgandek bo'ladi 
va chaqchayadi yoki kattalashadi, k o 'z yorig'i keng ochilib qoladi, 
qovoqlar juda kam pirillaydi, ko'zda hayratomuz nigoh qotib qoladi. 
Uzatilgan qo 'l bormoqlarining o'ziga xos qaltirashi, terlash, umumiy 
muskul quvvatsizligi, hansirash paydo bo'ladi. Bemor juda ozib ketishi 
yoki uncha ozmasligi ham mumkin. Bunday holat tireotoksikoz deb 
ataladi.
Bu kasallikning bir qancha turi - yengil va hatto belgilari ro'yi rost 
yuzaga chiqmaydigan turlaridan tortib, to og'ir turlarigacha farq qilinadi. 
Kasallikning yengil turida qalqonsimon bezning kattalashishi deyarli 
sezilmasligi mumkin: faqat bola ko'zg'aluvchanligining oshishi, pulsining 
bir qadar tezlashishi, ko'p terlashi va tez charchashi kuzatiladi. Ba’zan 
b arch a sh ik o y atlar ozgina ozish va q alqonsim on bezning bir oz 
kattalashishi sezilishidan iborat bo'ladi; yutinganda uning harakati 
ko'rinadigan bo'lib qoladi.
Kasallikning o'rtacha og'ir turida yuqorida aytib o'tilgan hodisalar 
kuchliroq namoyon bo'ladi: bemor kundan-kunga ozib ketadi, yuragi 
o'ynab turadi, yomon uxlaydi, tez charchab qoladi, juda injiq, yig'loqi 
bo'lib qoladi. Bolalarning xulq-atvori keskin o'zgaradi, arzimaganga 
janjal chiqaradi. Bemorni davolashga kirishilmasa, ahvoli og'irlashadi, 
yuragi va nerv sistemasida og'ir asorat yuzaga kelishi mumkin. Davo o'z 
vaqtida boshlansa, bemor sog'ayib ketadi.
Keyingi yillarda kasallikning b a’zi turlarida bemorlarga qalqonsimon 
bez funksiyasini susaytiradigan maxsus preparatlar qo'llanilmoqda. Bu 
preparatlar bolalarni davolashda ham samarali natija berdi, biroq ularni 
uzoq qo'llash talab qilinadi. Bemorni davolash usulini shifokor tanlaydi. 
Qiz bolalar balog'atga yetishi davrida ko'pincha qalqonsimon bez bir oz 
kattalashadi, Bu fiziologik hodisa bo'lib, odatda, davo talab qilmaydi.
Qalqonsimon bezning kam tiroksin ajratishi gipotireoz deb ataladigan 
kasallikning rivojlanishiga sabab bo ladi /Qalqonsimon bez funksiyasining 
yetishmovchiligi tug'ma nuqsonga ham orttirilgan nuqsonga ham bog'liq 
bo'ladi. Tug'm a yetishmovchilik qalqonsimon bez to'qimasining sust 
rivojlanishi va hatto uning butunlay bo'lmasligi oqibati bo'lishi yoki 
gormon sintezi izdan chiqqanda yuzaga kelishi mumkin. Gormon sintezi
157
www.ziyouz.com kutubxonasi


izdan chiqqanda qalqonsimon bez to'qimasi bo'ladi-yu, biroq gormon 
ishlanib chiqmaydi. Orttirilgan gipotireoz qalqonsimon bez to'qimasining 
y allig'lanishi oq ib atid a kelib chiqishi m um kin. Q alqonsim on bez 
butunlay gormon ishlab chiqarmaganda kasallikning barcha belgilari 
keskin yuzaga chiqadi va miksedema rivojlanadi.
Q alqonsim on bez funksiyasining yetishmovchiligi bilan b o g 'liq
bo'lgan kasallik qanday alomatlar bilan yuzaga chiqadi?
Kasallikning ilk belgilari bola hayotining dastlabki oylarida paydo 
bo'lishi mumkin. Odatda, bolani ko'krakdan ajratgandan keyin (ona 
suti bilan birga bola organizmiga qalqonsimon bezning gormoni tushadi) 
kasallik belgilari ancha sezilarli bo'lib qoladi: teri qoplamlari quruqshaydi, 
bola bo'shang bo'lib qoladi, ichi qotadi, kam harakat qiladi, tagi ho'l 
bo'lganda, qorni ochganda bezovta bo'lmaydi va hokazo. Nerv sistemasi 
reaksiyasi juda susayib ketadi, puls sekinlashadi. Shu vaqtda davolashga 
kirishilmasa, bola umumiy rivojlanishdan, chunonchi, jismoniy va ayniqsa 
ruhiy rivojlanishdan orqada qoladi.
Qalqonsimon bez gormoni bolaning o'sishi va ayniqsa markaziy nerv 
sistemasining rivojlanishi uchun juda zarur. Davolashda boy berilgan har 
bir hafta keyinchalik qiyinlik bilan davolanadigan o'zgarishlarga olib 
kelishi mumkin.
H ozir m am lakatim izda triyodtironin degan yangi preparat ishlab 
chiqarilmoqda. Bu prenaratni tayinlash qalqonsimon bez o'rnini bosadi 
va bola yaxshi o'sib rivojlanadi. Gormonlar bilan davolanishdan tashqari, 
bolaga vitaminlarga boy ovqat berish, nerv sistemasi rivojlanishdan 
orqada qolavotgan bo'lsa, kuchli pedagogik ta ’sir ko'rsatish zarur.
^
«Endemik bo'qoq» m a ’lum geografik joyda aholining ko'pchilik 
I
qismida keng tarqalgan alohida kasallikdir. U asosan baland tog'li 
rayonlarda, bo'z tuproqli o'rmonzor joylarda kuzatiladij Bu kasallikka 
bir qancha omillar: suvda, oziq-ovqat mahsulotlarida va atmosferada yod 
yetishmasligi, m a’lum geografik va sanitariya-gigiyena sharoiti, aholining 
turmush darajasi va boshqalar sabab bo'lishi hozirgi vaqtda isbotlangan. 
(Bu kasallikda qalqonsimon bezning hajmi kattalashadi.)Yod organizmga 
ovqat bilan kirganda, shuningdek, uning qalqonsimon bez to'qimalarida 
parchalanishi hisobiga zahirasi ko'payib boradi. Oziq-ovqat yoki suv 
bilan birga organizmga yod tushib turmasa. u yodga yolchimay qoladi. 
Qalqonsimon bez zo'r berib ishlay boshlaydi, kattalashadi, b a’zan juda 
katta bo'lib ketadi, ya’ni o kziga xos bo'qoq paydo bo'ladi.
158
www.ziyouz.com kutubxonasi


Hozirgi vaqtda endemik bo'qoqning oldini olish uchun tuz va boshqa 
oziq-ovqat m ah su lo tlarig a yod q o 'sh ilad i. N onga, choyga, h atto
hayvonlar ozig'iga ham qo'shiladi.
Mamlakatimizda bolalarda qalqonsimon bez kasalliklarini o'rganish 
va ularning oldini olishga doir juda ko'p ishlar qilingan.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish