tug'ilgan bolada yurak daqiqasiga 120-140 marta qisqaradi, yosh ortgan
sari yurak qisqarishlari soni siyraklashadi.
V egetativ nerv sistem asi ishining riv o jla n ish i h a ra k a tla rn in g
rivojlanishiga bog'liq, chunki skelet muskullarining qisqarishi reflektor
ravishda yurak faoliyatiga,
ovqat hazm qilinishiga, nafas olishga, siydik
ajralishiga, qon bosimi ortishiga sabab bo'ladi va hokazo. Ekstremal
(favqulodda) sharoitda vegetativ nerv sitemasi tashqi ta ’sirlarga javob
berib, ayniqsa, turli emotsional reaksiyalarda qon aylanishi, nafas olish,
hazm qilish, ayirish, ichki sekretsiya organlarining
funksional holatini
o'zgartirish xususiyatiga ega. Bunda yurak ritmi, nafas olish tezlashadi,
ter ajralishi, almashinuv jarayonlari va shu kabilar kuchayadi.
Vegetativ nerv sistemasining organizm ichki m uhiti turg'unligini
saqlashdagi roli ayniqsa muhim. Masalan, havoning isishi, ter ajralishning
kuchayishi, periferik qon tom irlar sistemasining kengayishi isssiqlik
ajralishi bilan kechadi. Bularning hammasi tana haroratini bir xil darajada
tutib turishga imkon beradi va organizning isib ketishiga yo'l qo'ymaydi.
Simpatik nerv sitemasi m arkazlari orqa miyaning k o 'k rak va bel
bo'limlarida, parasimpatilc nerv sitemasining markazlari esa o 'rta miyada,
bosh miyaning uzunchoq miya bo'limlarida va orqa miyaning dumg'aza
bo'limida joylashgan.
V egetativ
nerv sistem asini gipotalam us, q o 'n g 'ir tan a va miya
o'zagining to'rsimon tuzilmasida joylashgan markazlar idora qilib turadi.
Gipotalam us katta yarim sharlar po'stlog'iga tobe bo'lgan vegetativ
markaz hisoblanadi.
Limb
sistemasi. Limb sistemasi tuzilmasiga katta yarim sharlarning
madial vuzasida joylashagn gipokamp, bel pushtasi, gipotalamusning
mamillyar tanasi, to'sig'i, bodomsimon yadrolar kiradi va hokazo.
Turli his-hayajon (qo'rqish,
hursandlik, ochlik, to'qlik, g'azab va
boshqalar) faqat limb sistemasiga emas, balki bosh miyaning katta yarim
sharlari p o 's tlo g 'i tuzilm alariga ham bog'liq. Limb sistem asining
funksiyalari juda m urakkab va turli tum an bo'lib, odamning, tashqi
m u h itn in g doim o o 'z g a rib tu ra d ig a n s h a ro itig a m o slash u v in i
ta ’minlashda, hulq-atvor, his-hayajon xotiraning
shakllanishida muhim
rol o'ynaydi, ovqat veyish, suyuqlik ichish, avlodni davom ettirish, o'z-
o'zini himoya qilish singari hayotiy muhim ehtiyojlarni qondirishga xos
mayl-istaklar shakllanadi. Bola o'sib rivojlangani sari uning his-hayajoni,
hulq atvori tobora ko'proq ongga bo'ysunadi. Limb sistemasi o'qitish
63
www.ziyouz.com kutubxonasi
jarayonida bevosita ishtirok etadi,
chunki u idrok qilishni, diqqat va
xotirani ta ’minlaydi. Bu dastavval gippokamp va bodomchasimon tanaga
taalluqli, ular axborotning vaqtincha ombori hisoblanadi.
Limb sistemasi odam hulq-atvor xususiyatlarini va uning reaktivligini,
y a ’ni b iro r xildagi ja v o b reak siy alarin i belgilaydi. Bu sistem ada
o'zgarishlar sodir bo'lganda, odamning hatti-harakati poyma-poy bo'lib
qoladi, ovqatga nisbatan munosabati ham o'zgarib qoladi.
Limb sistemasi faoliyatini bosh miya po'stlog'i, asosan peshona bo'limi
idora qilib turadi. Ayni vaqtda po'stloq osti tuzilmalari katta yarim sharlar
po'stlog'i tonusini oshiradi, his-hayajonga zamin yaratadi, idrok qilish,
tafakkur rag'batlanadi, ishchanlik ortadi.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: