Ontogenezda bosh miya katta yarimsharlarining rivojlanishi
Miya yarimsharlarida ko'rish, eshitish, teri, propriotseptiv, sezish, hid
va t a ’m bilish, nutqni eshitish, nutq h arak a ti ham da nutq k o 'rish
analizatorlarining oxirgi nerv markazlari joylashgan.
5-rasm.
Bosh miyaning tashqi
k o ‘rinishi:
1-uzunchoq miya; 2-miyacha;
3-bosh miya katta yarim sharlarining
ко ‘rinishi.
65
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bosh miyaning egat va burm alari bir vaqtda rivojlanmaydi. Bola
tug‘Ugandan keyin yarimsharlarning egat va burmalari kattalarninkiga
o ‘xshashligiga qaramasdan, egatlar uncha chuqur b o ‘lmaydi va miya
bo‘laklarining nisbati o'zgaradi. Bolalarning ilk yoshligida miya yarim
sh a rla rin in g ensa qism i k a tta la rn ik id a n k a tta ro q b o 'la d i. Bola
tu g ‘ilgandan so ‘ng peshona b o 'lag i k attalash ad i. Bolaning hayoti
davomida miya yarimsharlarining massasi va sathi bosh miyaga nisbatan
o ‘zgarib boradi. Bosh miya katta yarim sharlarining vazni odam bosh
miyasi vaznining 78-80% ini tashkil qiladi. U ikki qavatdan iborat: 1)
kulrang moddadan tashkil topgan tashqi po'stloq qavat; 2) oq moddadan
tashkil topgan ichki qavat;
Bosh miya yarim sharlari po'stloq qavat qalinligi, 4-4,5 mm, yuzasi
220000 kv. mm. Bosh miya yarim sharlar po'stlog'i filogenezda eng so'nggi,
demak eng yosh miya bo'laklaridan hisoblanib sut emizuvchilarda, ayniqsa
odamlarda juda yaxshi rivojlangan bo'ladi. Miya po'stlog'i mikroskopda
tekshirilganda undagi nerv hujayralari olti qavat bo'lib joylashganligi
aniqlangan: 1-qavatda nerv hujayralarining kalta o'simtalari; 2-qavatda
donasimon nerv hujayralari; 3-qavatda piramidasimon hujayralar; 4-
q a v a td a yulduzsim on tu zilg an nerv h u ja y ra lari; 5 -qav atd a yirik
piram idasim on hujayralari; 6-qavatda duksim on nerv hu jay ralari
joylashgan. Miya p o 'stlo g 'in in g turli qism larida, joylashgan nerv
hujayralarining funksiyasiga ko'ra po'stloq sathi uchta zonaga bo'linadi;
sezish, harakat va assotsiativ zonalar. Sezish zonalarida joylashgan nerv
hujayralari to'plam i odam tanasining barcha sezish organlarining oliy
markazi hisoblanib, bular teri, ko'rish, eshitish, hid va ta ’m bilish kabi
sezish organlarining retseptorlaridan im puPslarni qabul qiladi. Miya
po'stlog'ining harakat zonalaridagi nerv hujayralari to'plami muskullar,
paylar to'qim lar, suyaklarning retseptorlaridan im pul’s qabul qilib,
harakatni boshqaruvchi oliy nerv markazi vazifasini bajaradi. Assotsiativ
zonalar sezish va harakatlanish organlaridan kelgan ta ’sirni analiz va
sintez qiladi. Bosh miya yarim sharlari po'stloq qismi odam oliy nerv
faoliyatining fiziologik asosi, psixik faoliyatimizning moddiy negizidir.
Odamning flkrlash, ong, o'zlashtirish, eslab qolish, muomalasi, madaniyati,
bilim olish, hunar o'rganish murakkab harakatlarni bajarish qobiliyati
miya po ‘stlog‘i faoliyatidir.
Miya po'stlog'ining turli qismlarida har xil funksiyalarni boshqaruvchi
nerv markazlari joylashgan. po'stloqning ensa qismida ko'rish, chakkada
66
www.ziyouz.com kutubxonasi
Download Do'stlaringiz bilan baham: |