Gavda muskullari.
Bular orqa va ko'krak muskullariga bo'linadi. Orqa
muskullari o ‘z navbatida yana chuqur va yuza muskullarga boiinadi.
Orqaning yuza muskullaridan ko ‘pchiligi teri ostida yotadigan yassi va
serbar muskullardan iboratdir. Trapetsiyasimon muskul, orqaning eng
serbar muskuli, kurakni k o ‘taradigan muskul va bir qancha boshqa
muskullar shular jumlasiga kiradi.
Orqaning chuqur muskullari uning o ‘z muskullaridan, shuningdek
qovurg4alarni ko4tamvchi muskullardan iborat. Bundan tashqari, bo4yinda
180
www.ziyouz.com kutubxonasi
17-rasm.
O dam tanasi m uskullarining oldindan
к о ‘rinishi.
l - t o ‘s h -o ‘mrov so'rg'ichsim on m uskul; 2-trapet-
siyasimon muskul; 3 -deltasimon muskul; 4-yelkaning uch
boshli muskuli; 5-yelkaning ikki boshli muskuli; 6-yelka
bilak o'rtasida joylashgan muskul; 7-bilakning qo'l
panjasiniyozuvchi uzun muskul; 8-barmoqlarniyozuvchi
umumiy muskul; 9-dumbaning katta muskuli; 10-sonning
ikki boshli muskuli; 11-boldir muskuli; 12-kambalasimon
muskul; 13-kichik boldir suyagining uzun muskuli;
14-barmoqlarniyozuvchi uzun muskuli; 15-kichik boldir
suyagining uzun muskuli; 16-son keng fastsiyasining bir
qismi; 17 -keng fa st siyani tarang qiluvchi muskul;
18-qorinning tashqi qiyshiq muskuli; 19-orqaning keng
muskuli; 20-katta rombsimon muskul; 21-katta yumaloq
muskul; 22-qirra osti muskuli; 23-yelkaning uch boshli
muskuli; 24-yelka muskuli; 25-yelkaning ikki boshli
muskuli
boshni orqaga yoki chap va o'ng tomonga burishda
ishtirok etadigan m uskullar bor. B ularning
hammasi yuza muskullar tagida yotadi.
Ko6krak muskullari.
K o'krak muskullari yuza
va ch u q u r m u sk u lla rg a b o 'lin a d i. Y uza
muskullarga katta va kichik ko'krak muskullari
bilan oldingi tishsim on m u sk u lla r ch u q u r
muskullarga esa qovurg'alararo tashqi va ichki
muskullar kiradi.
Diafragma yoki ko'krak bilan qorin o'rtasidagi to'siq nafas aktida
ishtirok etadi. U gumbazga o'xshab bukilgan yassi muskul bo'lib, ustki
va pastki yuzasi fastsiyalar ham da seroz pardalar bilan qoplangan.
Diafragma bo'yin bo'limi segmentlaridan rivojlanadi va yurak bilan о'pka
o'sib, rivojlanib borgan sayin past tushib boradi, u bilan birga esa
diafragma nervi ham past tushaveradi.
Kichik yoshdagi o'quvchilarda diafragma gumbazi kattalardagiga
qaraganda birmuncha yuqori turadi, chunki bolalarda qovurg'alar ancha
gorizontal holatni egallaydi.
181
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |