YECHISH:
Genotip: ♀Aa x ♂Aa
Gametalar: A a A a
Olingan gametalar pennit katagiga joylashtiriladi.
P
|
A
|
a
|
A
|
AA
to`q antotsion Dominant
gomozigota
(170ta)
|
Aa
och antotsion Dominant
geterozigota
(170ta)
|
a
|
Aa
och antotsion Dominant
geterozigota
(170ta)
|
aa
yashil rangli Resessiv
gomozigota
(170ta)
|
640:4=170 . 170*1=170, 170*2=340ta
Genotip - 1:2:1 - AA:Aa:Aa:aa
Fenotip - 3:1 - 3 ta och antotsian va 1 ta yashil
IZOH: Genotip bo`yicha 1:2:1 ya`ni 1ta AA, 2ta Aa va 1 ta aa organizmlar. Fenotip bo`yicha 1:2:1 nisbatta ya`ni 170 ta antotsion rangli, 340 ta och antotsion rangli va 170 ta yashil rangli o`simliklar hosil bo`ladi.
4-MASALA.Tovuqlarda patning rangi quyidagicha genotip bilan ifodalanadi.Kulrang andaluz tovuqlari Aa, qora ranglilik AA bilan, oq ranglilari aa bilan ifodalanadi.
Kulrang andaluz (Aa) tovuqlari o`zaro chatishtirilganda qanday rangli formalar hosil bo`ladi?
BERILGAN:
Kulrang andaluz kulrang andaluz
P ♀Aa x ♂Aa
(geterozigotali) (geterozigotali)
Gametalar olinadi va mazkur gametalar o`zaro chatishtirilib F1 (birinchi avlod) duragaylarini hosil qilinadi.
YECHISH:
♀Aa x ♂Aa
A a A a
Olingan gametalar pennit katagiga joylashtiriladi.
P
|
A
|
a
|
A
|
AA
to`q antotsion Dominant
gomozigota
(170ta)
|
Aa
och antotsion Dominant
geterozigota
(170ta)
|
a
|
Aa
och antotsion Dominant
geterozigota
(170ta)
|
aa
yashil rangli Resessiv
gomozigota
(170ta)
|
Olingan avlodlarning 25%i qora (AA), 50% i kulrang andaluz (Aa) va 25%i oq patli tovuq formalari vujudga keladi.
Mazkur hodisa G. Mendelning II qonuniga ya`ni ajralish qonuniga muvofiq bo`lib, fenotip bo`yicha ajralish nisbati 1:2:1 bo`ladi.
XULOSA: Geterozigotali (Aa) ota-ona formal o`zaro chatishtirilganda genotip va fenotip bo`yicha ajralish bo`ladi.
Agar kulrang tovuqlar (Aa) oq rangli (aa) tovuqlar bilan chatishtirilsa qanday natijaga olinadi?
BERILGAN:
Kulrang andaluz oq rangli
P ♀Aa x ♂aa
(geterozigotali) (gomozigotali)
Gametalar olinadi va mazkur gametalar o`zaro chatishtirilib F1 (birinchi avlod) duragaylarini hosil qilinadi.
YECHISH:
Genotip: ♀Aa x ♂aa
Gametalar: A a a
IZOH: Genotip va fenotip bo`yicha ham 50% qora rangli (AA) va 50% kulrang andalu tovuqlari hosil bo`ladi.
IV BOB. TAHLILIY VA TAKRORIY CHATISHTIRISH
Belgilar ajralishining asosiy sababi shundaki, juft genlar duragaylarda saqlanib, jinsiy hujayralar hosil bo’lishida ular har xil gametalarga tarqatiladi. Jinsiy hujayraga har juft gendan faqat bittasi tushadi. Mendel buni tekshirish uchun duragayni takroriy chtishtiradi. Buning uchun u duragayni gomozigota holdagi boshlang’ich formalarning duragayni gomozigota holdagi boshlang’ich formalarninn biri (ota yoki ona) bilan chatishtiradi. Birinchi bo’g’in duragayni gomozigota holdagi (dominant yoki resessiv) boshlang’ich forma (ota yoki ona) bilan takroriy chatishtirish, ya’ni bekkros (FB harfi bilan ifodalanadi) deyiladi. Demak, takroriy chatishtirish formulasi bilan Aa x AA yoki Aa x aa bo’ladi. Bu ikki chatishtirish genetik tekshirish va seleksiya praktikasi uchun har xil ahamiyatga ega.
F1 (Aa) duragayni dominant allelga (AA) ega bo’lgan gomozigota forma bilan chatishtirish natijasida tashqi ko’rinishi bir xil bo’lgan avlod olingan. Boshlang’ich formaning barcha gametalari dominant allel A ga ega bo’ladi; duragaylarda esa A va a allelga ega bo’lgan ikki xil gameta hosil bo’ladi. Shuning uchun urug’lanishda bu gametalarning tasodifan qo’shilishi natijasida hosil bo’lgan genotip 2 Aa : 2 AA yoki 1:1 nisbatda ajraladi; fenotip bo’yicha ajralmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |