Fyodor Dostoyevskiy


https://telegram.me/e_kutubxona



Download 400,53 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/50
Sana18.07.2021
Hajmi400,53 Kb.
#122487
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   50
Bog'liq
Ma’suma

 

https://telegram.me/e_kutubxona

 

16 


mag‘rur bo‘lganman, hech qachon o‘rtamiyonaga toqat qilmaganman, yo 

hammasiga erishishni yo hammasidan birato‘la voz kechishni istaganman. 

Yarimta  baxtga  toqat  qilolmaganim,  yaxlit,  butuniga  intilganim  sababli 

ham «o‘zing bilib ol va qadrimga yet» qabilida ish tutishga majbur edim. 

Axir,  o‘zingiz  o‘ylab  ko‘ring,  agar  men  unga  tushuntirishni,  aytib  turishni 

boshlasam,  yaltoqlansam,  hurmat  qilishini  so‘rasam  –  gadodan  nima 

farqim  qoladi?..  Darvoqe…  darvoqe…  nima  uchun  men  bularni 

gapirayotibman? 

 

Tentaklik,  tentaklik,  tentaklik  va  yana  tentaklik!  O‘shanda  men  unga 



yoshlarning  olijanobligi  juda  go‘zal,  ammo  bir  chaqaga  arzimasligini  ikki 

og‘iz  so‘z  bilan  ochiq  va  shafqatsizlarcha  (shafqatsizligimni  ta’kidlagim 

keladi) tushuntirdim. Nima uchun bir chaqaga qimmat? Shuning uchunki, 

yoshlarga  hammasi  osonday  tuyuladi,  olijanobliklari,  yengil  qo‘lga 

kiritilgan,  ya’ni  xali  achchiq-chuchugini  tatimay  turib,  hayotdan  olgan 

dastlabki  taassurotlari  asosida  yuzaga  kelgan;  vaqti  kelib,  mehnat 

iskanjasiga tushishgach, ahvollarini bir ko‘ramiz. Arzon olijanoblik hamisha 

yengiltak  bo‘ladi.  Hatto  hayotini  ham  arzon-garovga  berishi  mumkin  – 

chunki  qoni  qaynab,  kuchi  oshib-toshib  yotibdi,  ko‘ngli  go‘zallikka  jon-

jahdi bilan intiladi. Qani, og‘ir va sokin, jarangsiz, hashamsiz, g‘iybatlarga 

to‘la,  zarracha  shuhrat  keltirmaydigan,  ammo  qurbonlik  talab  etuvchi 

olijanoblik jasoratini olaylik-chi. Xo‘sh, bu jasoratni tatib ko‘ring-chi, yo‘q-

yo‘q,  rad  etasiz  .  “Yer  yuzidagi  barchadan  nomusliroq  bo‘lganingiz  holda 

jamoatga  ablah  sifatida  ko‘rsatilgan  yorug‘  yuzli  odam,  qayerdasiz?”  - 

deyishga  haqlimanmi?  Ha!  Chunki  men  bu  jasoratni  bir  umr  ko‘tarib 

o‘tyapman.  U  avvaliga  men  bilan  astoydil  bahslashdi,  keyin  jim  bo‘la 

boshladi,  oxiri  nafasini  yutdi,  ko‘zlarini  dahshat  bilan  ochib  tingladi. 

Ko‘zlari  katta-katta  edi…  Shu  asnoda  men…  men  uning  ko‘zlarida  sokin, 

yoqimsiz,  ishonchsiz  bir  kulgini  ko‘rdim.  Ana  shu  kulgisi  bilan  men  uni 

uyga olib kirdim. To‘g‘rirog‘i, uning boshqa boradigan joyi yo‘q edi… 

 




Download 400,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish