Fyodor Dostoyevskiy


https://telegram.me/e_kutubxona



Download 400,53 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/50
Sana18.07.2021
Hajmi400,53 Kb.
#122487
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   50
Bog'liq
Ma’suma

 

https://telegram.me/e_kutubxona

 

12 


chin  edi,  chin  edi,  chin  edi!  Shu  bois  uning  ertalabki  «o‘ch  olish»im 

haqidagi qochirimi o‘rinsiz edi. Ya’ni, bilasizmi, agar men unga to‘g‘ridan-

to‘g‘ri  «Ha,  jamiyatdan  o‘ch  olyapman»  desam,  xaxolab  yuborardi, 

umuman bu javobim kulgili chiqardi. Boshqa yoqqa ishora qilib, sirli ibora 

bilan tasavvurni o‘g‘irlash mumkin ekan. Undan tashqari, bu paytda men 

hech  nimadan  qo‘rqmas  edim:  semiz  baqqolga  nisbatan  o‘lsam  o‘ligim 

ortiqligini,  darvoza  oldiga  xaloskor  sifatida  kelganimni  yaxshi  bilardim. 

Buni  tushunardim.  O,  qabihlikni  odam  a’lo  darajada  tushunadi!  Bu 

qabihlik  edimi?  Qanday  hukm  chiqarish  kerak?  Axir  o‘sha  paytdayoq  uni 

sevmas edimmi? 

To‘xtang:  himmat  haqida  shubhasiz  yarim  og‘iz  ham  gap  aytmovdim: 

aksincha,  o,  aksincha:  «Marhamat  nuriga  siz  emas,  men  yo‘g‘rilaman»  - 

o‘zimni  tutolmay,  bularni  so‘z  bilan  ifodalagan  edim,  yuzining  bir  uchib 

tushganiga  qaraganda,  gapim  telbanamo  chiqqan  edi.  Xullas  kalom,  uzil-

kesil  g‘alaba  qozondim.  To‘xtang,  bu  iflosliklarni  eslayotgan  ekanman, 

so‘nggi  to‘ng‘izligimni  ham  yodga  olay:  men  uning  ro‘parasida  turardim, 

boshimda  esa  xayollar  g‘uvillaydi:  bo‘ying  baland,  kelishgan  erkaksan, 

odoblisan  va  nihoyat,  maqtanishdan  tashqari,  bib-binoyisan.  Kallam  shu 

gaplar  bilan  band  edi.  Lekin…  lekin  xo‘p  deyishdan  oldin,  shu  yerda, 

darvoza yonida uzoq o‘yga tolganini unutmasligim kerak. Shu qadar ko‘p, 

shu  qadar  ko‘p  o‘yladiki,  toqatim  toq  bo‘lib  «Xo‘sh?»  deb  yuborishdan 

o‘zimni tutolmadim. Shunchaki, «xo‘sh!» emas, kiborlarcha «Xo-osh, nima 

deysiz?» deb so‘radim. 

- Shoshirmang, o‘ylab olay... 

Chehrasi shu qadar jiddiy edi-ki, o‘ylarini o‘qib olishim hech gap emasdi! 

Ammo  men  unday  qilmadim  –  ko‘nglim  ranjidi:  «Nahotki  men  bilan 

baqqolni  solishtirib,  tanlasa»,  deb  o‘yladim.  O,  men  unda  tushunmas 

edim!  Hech  narsani,  hech  narsani  tushunmasdim!  Yodimda, 

ketayotganimda 

Lukerya 


meni 

yo‘lda 


to‘xtatdi. 

«Oyimtillaga 

uylanayotganingiz uchun xudo sizdan marhamatini ayamaydi, janob, faqat 




Download 400,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish