Ichki nazorat ham ta’lim muassasasini boshqarishda alohida o’rin tutadi. Nazoratni tashkil quyidagi tamoyillarga rioya qilish lozim: tizimlilik, ob’ektivlik, harakatlilik, to’ldiruvchilik.
Ichki nazoratning turlari, shakllari va metodlarini turkumlashtirish muammoli masala bo’lib qolmoqda. SHunday bo’lsa-da, ichki nazoratning quyidagi turlarini ajratilib ko’rsatish mumkin:
Ta’lim muassasasining boshqaruv organlari. Ta’lim muassasalarida o’quv-tarbiya jarayonini rivojlantirish, takomillashtirish, muassasa faoliyati bilan bog’liq barcha tashkiliy masalalarni muvofiqlashtirish, o’qituvchi va tarbiyachilarning kasbiy mahorati va ijodkorliklarini o’stirish maqsadida pedagogik xodimlarni birlashtiruvchi Pedagogik kengash faoliyat ko’rsatadi.
Педагогик кенгаш таълим муассасаси жамоасининг юқори
бошқарув органи ҳисобланади
Pedagogik kengash ta’lim muassasasi hayotiga doir masalalarni hal qilishda muhim o’rin tutadi. Uning vazifalari quyidagilardir:
Pedagogik Kengash yig’ilishlarining qarorlari, hujjatlari ta’lim muassasasi ish yuritish hujjatlari bilan birga saqlanadi. Pedagogik Kengash faoliyati bir qator hujjatlarda o’z aksini topadi:
Ta’lim muassasasi hujjatlari besh yil davomida muassasada saqlanadi.
Ta’lim muassasasida metodik kengash, metodik birlashmalar ish yuritadi.
Методик кенгаш таълим муассасасида таълим жараёнининг сифатини таъминлаш, ўқитувчиларнинг ғоявий-назарий етуклиги, педагогик ва методик маҳоратларини такомиллаштиришга назарий-методик жиҳатдан раҳбарлик қилувчи орган
Metodik kengashning faoliyat doirasi keng bo’lib, u tomonidan amalga oshiriladigan vazifalar quyidagilardir:
Ta’lim muassasasida fanlar yoki bir-biriga yaqin bo’lgan fanlar turkumlari bo’yicha Metodika birlashmalar faoliyat ko’rsatadi.
Методика бирлашмалар мақсади ўқитувчилар методик, касбий маҳоратларини такомиллаштириш, ўқувчиларга таълим-тарбия беришнинг замонавий талаблари бажарилишини таъминлашда кўмаклашиш, ижодий ташаббусларни уйғунлаштириш ва таълим-тарбия беришнинг замонавий усулларини ишлаб чиқишдан иборат
Metodika birlashmalari o’zida metodika kengashining vazifalarini aks ettiradi. SHu bilan birga quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
Metodika birlashmasiga Pedagogik kengash qaroriga ko’ra ijodkor va tajribali o’qituvchilardan ta’lim muassasasi direktorining buyrug’i bilan rahbar tayinlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |