Aim.Uz
Fuqarolik tarbiyasi
Reja:
1. Ta’lim sohasidagi O’zbekiston Respublikasi davlat siyosatining asosiy tamoyillari.
2. Uzluksiz ta’lim tizimi va turlari.
3. Xorijiy mamlakatlar (AQSH, Yaponiya, Frantsiya) ta’lim tizimi.
4. Ta’lim muassasasini boshqarishning pedagogik-psixologik asoslari.
5. Ta’lim muassasalarining Nizom va Ustavlari.
6. Ta’lim muassasasini boshqarishning tamoyillari va vazifalari.
7. Ta’lim muassasalari faoliyatining mazmuni.
8. Ta’lim muassasasining boshqaruv organlari.
9. Ta’lim muassasalari rahbarlarining vazifalari.
10. Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish.
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari. Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’limi tizimini takomillashtirish ustuvor yo’nalish sifatida e’tirof etildi. Respublikaning “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunida uzluksiz ta’lim tizimining mohiyati, yo’nalishlari, ta’lim mazmuni, ta’limning huquqiy asoslari batafsil ochib berilgan.
Ta’lim O’zR ijtimoiy taraqqiyotida ustuvor soha deb e’tirof qilindi. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari fuqarolarning ijtimoiy kelib chiqishi, irqi, tili, e’tiqodi, ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar ta’lim olishda teng huquqqa ega ekanliklarini ifodalaydi. Davlat ta’limiy siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilar:
Ta’lim va tarbiyani insonparvarlashtirish shaxsning ijodiy qobiliyatlarini ro’yobga chiqarishga imkon yaratadi. SHuningdek, ta’lim jarayonida uning ma’naviy-axloqiy ehtiyojlari, xohish-istaklari va hiziqishlarini hisobga olishni nazarda tutadi. Ya’ni, ta’lim-tarbiya jarayoni shaxsni har tomonlama kamol topishini ta’minlashga yo’naltiriladi, uning shaxsiga nisbatan hurmat bilan yondashiladi.
Ta’lim va tarbiyani demokratlashtirish ta’lim mazmunining ochiqligi, o’quv materiallari, ta’lim shakl va metodlarining xilma-xilligi, milliy-hududiy xususiyatlarning inobatga olinishi, shuningdek, tarbiya jarayonining demokratik g’oyalarga muvofik tashkil etilishini anglatadi. Tamoyil mazmuniga ko’ra o’quvchilarning xohishlariga ko’ra dars jadvaliga qo’shimcha fanlar kiritiladi, yuqori sinflarda muayyan fanlar chuqurlashtirilib o’rgatiladi, fakulьtativ mashg’ulot va to’garaklar tashkil etiladi, darslarning yakka va guruhli shaklda bo’lishiga e’tibor qaratiladi.
Ta’limning uzluksizligi va izchilligi uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o’qitish o’zaro aloqadorlik, bog’liqlik asosida yo’lga qo’yilishini ifodalaydi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining o’quv dasturlari akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining, o’z navbatida ularning o’quv dasturlari oliy o’quv yurti o’quv dasturlari bilan mutanosiblikda yaratilib, biri o’zidan avvalgi bosqichda o’zlashtirilgan ma’lumotni boyitadi va rivojlantiradi.
Umumiy o’rta, shuningdek, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limining majburiyligi o’quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi, kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko’nikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olingan kasb-hunar bo’yicha bir yoki bir necha ixtisoslikni egallash imkoniyatini yaratishni ifodalaydi.
O’rta maxsus kasb-hunar ta’limining ixtiyoriyligi yangi turdagi o’quv muassasalarida ta’lim olish yo’nalishining o’quvchi tomonidan ixtiyoriy tanlanishi mumkinligini anglatadi. Akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida ta’lim olishni o’quvchilar o’z iqtidorlari va xohish-istaklariga ko’ra tanlaydilar.
Ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi mamlakatda ta’lim taraqqiyotining rivoji ilmiy asoslarga ega bo’lib, u fan-texnika, madaniyatning yutuqlariga bog’liq holda rivojlanib borishini anglatadi.
O’zRning “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni (4-modda)da fuqarolar millati, tili, jinsi, yoshi, diniy e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, mavqei, xizmat turi, turar joyi, respublika hududida qancha vaqt yashayotganligidan qat’iy nazar bilim olish huquqiga egaliklari aytiladi. Davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi tamoyili aynan mana shu holatni yoritishga xizmat qiladi. Ushbu tamoyil, shuningdek, chet ellik fuqarolarning respublika hududida xalqaro shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga egaliklarini ham ifodalaydi. O’zRda istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo’lmagan shaxslar bilim olishda respublika fuqarolari bilan teng huquqlarga ega bo’ladilar.
Ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv O’zRning “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni (7-modda)da o’z ifodasini topgan. Davlat ta’lim standartlari (DTS) umumiy o’rta, o’rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuni, sifatiga qo’yiladigan talablarni belgilab beradi. Davlat ta’lim standartlarini bajarish barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir. Biroq, ta’lim muassasalari DTS asosida o’quv dasturlari variantini ishlab chiqib, undan foydalanishlari mumkin.
Bilimli bo’lishni va iste’dodni rag’batlantirish ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biri sanalib, ta’limning barcha bosqichlarida bu tamoyilga to’la amal qilinadi. Ta’lim oluvchilarning iste’dod va qobiliyatlari davlat tomonidan moddiy va ma’naviy jihatdan rag’batlantirilib boriladi.
1993 yil 5 fevralda O’zR Prezidentining “O’zbekistonda o’quvchi-yoshlarni rag’batlantirish choralari to’g’risida”gi Farmoni, 1993 yil 25 martda “O’zbekiston o’quvchi-yoshlarini taqdirlash va moddiy rag’batlantirish to’g’risid”gi respublika Vazirlar Mahkamasining Qarori qabul qilindi. Unga ko’ra ilmiy salohiyat, iqtidorga ega talabalar va aspirantlar uchun O’zR Prezidentining Davlat stipendiyalari ta’sis etildi. Stipendiya iqtidorli talabalarga har yili o’n bir ta’lim yo’nalishi – texnika va informatika, tibbiyot, fizika-matematika, iqtisodiyot, jurnalistika, gumanitar, huquq va xalqaro munosabatlar, pedagogika, madaniyat va san’at, chet tillar, qishloq xo’jaligi yo’nalishlari bo’yicha o’tkaziladigan tanlov yakunlariga ko’ra beriladi. Iqtidorli talabalar uchun, shuningdek, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Abu Ali ibn Sino va Imom al-Buxoriy nomidagi stipendiyalar joriy etilgan.
Bundan tashqari iste’dodli yoshlarni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish, chet elda ta’lim olishlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida “Umid”, “Iste’dod”, “Respublika bolalar fondi”, “Sog’lom avlod uchun”, “Ulug’bek” va boshqa jamg’armalar tashkil etilgan.
Ta’lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvini uyg’unlashtirish ta’limni tashkil etish, sifatini oshirish, bunda davlat va jamiyatning hamkorlikka erishishni nazarda tutadi. Ta’lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvi ta’lim samaradorligini oshirishga zamin yaratadi.
Uzluksiz ta’lim tizimi va turlari. Har bir rivojlangan mamlakat o’z ta’lim tizimiga ega. Ta’lim tizimining shakllanishi jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti bilan chambarchas bog’liq.
Узлуксиз таълим тизими давлат сиёсатининг асосий тамойиллари асосида ёш авлодга таълим-тарбия бериш йўлида фаолият юритадиган барча турдаги таълим муассасалари мажмуи саналади
Respublika uzluksiz ta’lim tizimi DTSga muvofiq ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalari, tadqiqot ishlarini boshqaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalar, ta’lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari hamda ularga qarashli korxona, muassasa, tashkilotlarni o’z ichiga oladi.
Uzluksiz ta’lim bir nechta ta’lim turlarini o’z ichiga oladi. Ya’ni: maktabgacha ta’lim, umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim.
Maktabgacha ta’lim bolaning sog’lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlaydi, unda o’qishga intilish hissini uyg’otadi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi hamda bola olti-etti yoshga yetguncha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muasasalari va oilalarda amalga oshiriladi. Bu kabi ta’lim muassasalarining faoliyatini tashkil etishda mahallalar, jamoat, xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar ishtirok etadi.
Umumiy o’rta ta’lim to’qqiz yillik majburiy xarakterdagi umumiy (boshlang’ich va umumiy) va uch yillik majburiy-ixtiyoriy xarakterdagi o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limidan iborat. O’qish muddati uch yil bo’lgan majburiy-ixtiyoriy o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uzluksiz ta’lim tizimining mustaqil turi bo’lib, umumiy o’rta ta’lim negizida tashkil etiladi.
Академик лицей (АЛ) ўқувчиларнинг имкониятлари, қизиқишларига кўра уларнинг жадал интеллектуал ривожланиши чуқур, соҳалаштирилган, табақалаштирилган, касбга йўналтирилган таълим олишларини таъминлаш мақсадида ДТСга мувофиқ ўрта махсус таълим берувчи, юридик мақомга эга таълим муассасаси
Касб-ҳунар коллежи (КҲК) ўқувчиларнинг касб-ҳунарга мойиллиги, билим ва кўникмаларини чуқур ривожлантирувчи, танлаб олинган касб-ҳунар бўйича бир ёки бир неча ихтисосни эгаллаш имконини яратиш мақсадида тегишли ДТС доирасида ўрта махсус, касб-ҳунар таълимини берувчи, юридик мақомга эга таълим муассасаси
AL va KHKning bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom beriladi. Diplom asosida bitiruvchilar ta’limning keyingi bosqichlarida o’qishni davom ettirish yoki egallangan ixtisos va kasb-hunar bo’yicha mehnat faoliyati bilan shug’ullanish huquqiga egadirlar.
Oliy ta’lim o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi asosida ikki bosqich (bakalavriyat, magistratura)da tashkil etiladi, yo’nalishlari bo’yicha xalq xo’jaligining turli sohalariga oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlaydi. Oliy ta’lim muassasalariga talabalarni qabul qilish davlat grantlari va pullik-shartnomaviy asosda amalga oshiriladi.
Бакалавр ўзи танлаган соҳа бўйича олий маълумотли мутахассис бўлиб, давлат классификаторида белгиланган лавозимда ишлаш ҳуқуқига эга
Магистр маълум ихтисослик бўйича таълим олган юқори малакали, аспирантурага
кириш ҳуқуқига эга мутахассис ҳисобланиб, у илм-фан соҳасида, ишлаб чиқаришнинг масъулиятли лавозимларида фаолият кўрсатади
Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish, shaxsning kasb-hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilib, mustaqil tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etish asosida amalga oshiriladi.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonida asosiy e’tibor mutaxassislarning kasb bilimlari va ko’nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirishga qaratiladi.
Maktabdan tashqari ta’lim maktabdan tashqari davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida davlat organlari, jamoat tashkilotlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo’nalishlarda yo’lga qo’yilib, bolalar hamda o’smirlarning ta’limga bo’lgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarini qondirish, ularning bo’sh vaqti va dam olishini tashkil etish maqsadida olib boriladi.
Hozirgi davrda jahonda ta’lim tizimining ahvoli. Ta’lim jamiyatning ijtimoiy-iqtisoldiy va madaniy taraqqiyotiga mos ravishda rivojlanib boradi. Rivojlangan xorijiy davlatlar o’zlarining puxta asoslangan ta’lim tizimlariga egadirlar. Bu o’rinda AQSH, Frantsiya, Yaponiya davlatlari ta’lim tizimlarining mohiyati yoritiladi.
1. AQSH ta’lim tizimi. Ushbu mamlakatda ta’lim tizimi quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
AQSHda majburiy ta’lim 16 yoshgacha bo’lgan bolalarni qamrab oladi. Mamlakatda faoliyat yuritayotgan o’quv yurtlari davlat, jamoa, xususiy tasarruflar hamda diniy muassasalarga tegishli bo’lishi mumkin.
Amerika Qo’shma SHtatlarining maktablari uchun yagona o’quv rejasi mavjud emas. Har bir shtat o’z o’quv rejasiga ega. SHunga ko’ra SHtatlarda boshlang’ich ta’lim 4, 5, 6 va 8 yillik bo’lishi mumkin.
2. Yaponiya ta’lim tizimi. Yaponiya ta’lim tizimi o’z ichiga maktabgacha ta’lim muassasalari, boshlang’ich maktablar, yuqori o’rta maktablar va oliy ta’lim beradigan universitetlarni oladi. SHunga ko’ra ta’lim tizimi quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi:
Oliy ta’lim tizimiga kirgan bo’lsa-da, o’rta maxsus ta’lim beradigan kichik kollej, texnik kollej, maxsus tayyorgarlikdan o’tish imkonini beruvchi kollejlar ham mavjud. Yaponiyada faoliyat olib borayotgan 460 ta universitetning yarmidan ko’pi xususiydir.
Do'stlaringiz bilan baham: |