1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.04.00 Sanoat mulkiga bo‘lgan huquq / 03.14.04.02 Ixtiroga bo‘lgan huquq;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.04.00 Sanoat mulkiga bo‘lgan huquq / 03.14.04.03 Foydali modelga bo‘lgan huquq;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.04.00 Sanoat mulkiga bo‘lgan huquq / 03.14.04.04 Sanoat namunasiga bo‘lgan huquq]
62-bob. Sanoat mulkiga bo‘lgan huquq (ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga bo‘lgan huquq)
1082-modda. Ixtiro, foydali model, sanoat namunasini huquqiy jihatdan muhofaza qilish
Ixtiro, foydali model va sanoat namunasiga bo‘lgan huquq patent berilgan taqdirdagina muhofaza qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga nisbatan qo‘yiladigan, patent olish huquqini vujudga keltiradigan talablar hamda vakolatli davlat organining bunday hujjat berish tartibi qonun bilan belgilab qo‘yiladi.
(1082-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 5-oktabrdagi O‘RQ-640-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustdagi 397-II-son “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi Qonunining 5-moddasi.
1083-modda. Ixtiro, foydali model, sanoat namunasidan foydalanish huquqi
Patent bilan muhofazalangan ixtiro, foydali model, sanoat namunasidan o‘z xohishicha foydalanishdagi alohida huquq, shu jumladan muhofazalangan yechimlarni qo‘llangan holda mahsulot ishlab chiqarish, patent bilan muhofazalangan texnologik jarayonlarni o‘z ishlab chiqarishida qo‘llash, muhofazalangan yechimga ega bo‘lgan mahsulotlarni sotish yoki sotishga taklif etish, tegishli mahsulotlarni chetdan keltirish huquqi patent egasiga tegishlidir.
Patent egasidan boshqa shaxslar uning ruxsatisiz ixtiro, foydali model, sanoat namunasidan foydalanishga haqli emas, bunday foydalanish ushbu Kodeks yoki boshqa qonunga muvofiq patent egasining huquqlarini buzish hisoblanmaydigan hollar bundan mustasno.
Patentlangan ixtironi, foydali model yoki sanoat namunasini qo‘llangan holda mahsulotni ruxsatsiz tayyorlash, qo‘llanish, chetdan olib kelish, sotishga taklif etish, sotish, fuqarolik muomalasiga boshqa yo‘sinda kiritish yoki shu maqsadda saqlash, shuningdek ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulni qo‘llanish yoxud ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usul vositasidagina tayyorlangan mahsulotni fuqarolik muomalasiga kiritish yoki shu maqsadda saqlash patent egasi alohida huquqining buzilishi hisoblanadi.
Boshqacha holat isbotlangunga qadar mahsulot patentlangan usul bilan tayyorlangan hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustdagi 397-II-son “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi Qonunining 11-moddasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |