1088-modda. Patentga bo‘lgan huquqni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomaning shakli
Oldingi tahrirga qarang.
Patentga bo‘lgan huquqni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi (patentni berish to‘g‘risidagi) shartnoma yozma shaklda tuzilishi va vakolatli davlat organida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. Uni yozma shaklda tuzishga yoki ro‘yxatdan o‘tkazish talabiga rioya etmaslik shartnomaning haqiqiy emas deb topilishiga sabab bo‘ladi.
(1088-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 5-oktabrdagi O‘RQ-640-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son)
1089-modda. Ixtiro, foydali model, sanoat namunasidan foydalanish ruxsatnomasining (litsenziya- sining) shakli
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziya shartnomasi va qo‘shimcha litsenziya shartnomasi yozma shaklda tuziladi va vakolatli davlat organida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. Uni yozma shaklda tuzishga yoki ro‘yxatdan o‘tkazish talabiga rioya etmaslik shartnomaning haqiqiy emas deb topilishiga sabab bo‘ladi.
(1089-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 5-oktabrdagi O‘RQ-640-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son)
1090-modda. Patentni buzganlik uchun javobgarlik
Patentni buzish patent egasining talabi bilan to‘xtatilishi, qoidabuzar esa patent egasiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashi shart. Patent egasi ko‘rilgan zarar o‘rniga qoidabuzardan qoidabuzarlik oqibatida olgan daromadlarini undirib olishga haqlidir.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-oktabrdagi 856-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellatsiya kengashi to‘g‘risida nizom, “Foydali modelga, sanoat namunasiga hamda dori vositasi yoki pestitsidga taalluqli ixtiroga O‘zbekiston Respublikasi patentining amal qilishini uzaytirish” Qoidalari (ro‘yxat raqami 1678, 05.05.2007-y.), Ixtiroga O‘zbekiston Respublikasining patenti berilishi uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish Qoidalari I-bobi (22.03.2004-y. ro‘yxat № 1329), Foydali modelga O‘zbekiston Respublikasining patenti berilishi uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish Qoidalari I-bobi (29.04.2004-y. ro‘yxat № 1343), Sanoat namunasiga O‘zbekiston Respublikasining patenti berilishi uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish Qoidalarining (20.05.2004y. ro‘yxat № 1361) I-bobi, Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-apreldagi 65-son qarori bilan tasdiqlangan Patent bojlari va to‘lovlari stavkalari, Sanoat mulki obyekti patentining amal qilishini tiklash qoidalari (ro‘yxat raqami 1937, 07.04.2009-y.), Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-apreldagi 65-sonli “Patent bojlari va to‘lovlari to‘g‘risidagi Nizomni hamda Patent bojlari va to‘lovlari stavkalarini tasdiqlash haqida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-iyuldagi 298-sonli qarori bilan tasdiqlangan Patent vakillari to‘g‘risidagi nizom, Patent vakillarini attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalari (24.12.2003y. ro‘yxat № 1294).
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.05.00 O‘simliklarning yangi navlari va hayvonlarning yangi zotlariga bo‘lgan huquq]
Do'stlaringiz bilan baham: |