Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Seleksiya yutug‘i muallifining haq olish huquqi



Download 0,5 Mb.
bet286/324
Sana31.03.2022
Hajmi0,5 Mb.
#520875
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   324
Bog'liq
Fuqorolik kodeksi 2 qism

1092-modda. Seleksiya yutug‘i muallifining haq olish huquqi
Seleksiya yutug‘ining patent egasi bo‘lmagan muallifi seleksiya yutug‘idan foydalanganlik uchun patentning amal qilish muddati davomida patent egasidan haq olish huquqiga ega.
Seleksiya yutug‘i muallifiga to‘lanadigan haq miqdori va to‘lov shartlari u bilan patent egasi o‘rtasida tuziladigan shartnomada belgilab qo‘yiladi.
1093-modda. Patent egasining huquqi
Seleksiya yutug‘i patentining egasi seleksiya yutug‘idan qonunda belgilab qo‘yilgan doirada foydalanish bo‘yicha alohida huquqqa egadir.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustdagi 395-II-son “Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida”gi Qonunining 30 – 33-moddalari.
1094-modda. Patent egasining majburiyati
Seleksiya yutug‘i patentining egasi o‘simlikning tegishli navi yoki hayvonlarning tegishli zotini patentning amal qilish muddati davomida ularni ro‘yxatga olish vaqtida tuzilgan nav yoki zot tavsifida aytib o‘tilgan belgilar saqlab qolinadigan tarzda asrashi shart.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.06.00 Ochilmagan axborotni noqonuniy foydalanishdan himoya qilish]
64-bob. Oshkor etilmagan axborotni noqonuniy foydalanishdan muhofaza qilish
1095-modda. Oshkor etilmagan axborotni muhofaza qilish huquqi
Uchinchi shaxslarga ma’lum bo‘lmagan texnikaviy, tashkiliy yoki tijorat axborotiga, shu jumladan ishlab chiqarish sirlariga (nou-xau) qonunan ega bo‘lib turgan shaxs uni (oshkor etilmagan axborotni), basharti ushbu Kodeksning 98-moddasida belgilab qo‘yilgan shartlarga rioya etilgan bo‘lsa, noqonuniy foydalanishdan muhofaza qilish huquqiga ega.
Oshkor etilmagan axborotni noqonuniy foydalanishdan muhofaza qilish huquqi bu axborotga nisbatan biron-bir rasmiyatchilikni bajarishdan (uni ro‘yxatdan o‘tkazish, guvohnoma olish va hokazodan) qat’i nazar vujudga keladi.
Oshkor etilmagan axborotni muhofaza qilish qoidasi qonunga muvofiq xizmat yoki tijorat siri bo‘la olmaydigan ma’lumotlarga (yuridik shaxslar to‘g‘risidagi, mol-mulkka bo‘lgan huquqlar va mol-mulk xususida tuzilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan kelishuvlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga, davlat statistika hisoboti tariqasida taqdim etiladigan ma’lumotlar va hokazolarga) nisbatan tatbiq etilmaydi.
Oshkor etilmagan axborotni muhofaza qilish huquqi ushbu Kodeksning 98-moddasida nazarda tutilgan shartlar saqlanib turgan paytga qadar amal qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-sentabrdagi O‘RQ-374-son “Tijorat siri to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 530-II-son “Bank siri to‘g‘risida”gi Qonuni.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish