Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Buyurtmachining pudrat shartnomasi bo‘yicha muqobil majburiyatlarni bajarmasligi



Download 0,5 Mb.
bet108/324
Sana31.03.2022
Hajmi0,5 Mb.
#520875
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   324
Bog'liq
Fuqorolik kodeksi 2 qism

644-modda. Buyurtmachining pudrat shartnomasi bo‘yicha muqobil majburiyatlarni bajarmasligi
Buyurtmachi pudrat shartnomasi bo‘yicha o‘zining muqobil majburiyatlarini bajarmaganligi, xususan material, uskunalar, texnik hujjatlarni yoki qayta ishlanishi (ishlov berilishi) kerak bo‘lgan ashyoni bermaganligi pudratchining shartnomani bajarishiga to‘sqinlik qilgan hollarda, shuningdek mazkur majburiyatlar belgilangan muddatda bajarilmasligini yaqqol ko‘rsatib turgan holatlar mavjud bo‘lganida (ushbu Kodeksning 256-moddasi) pudratchi ishga kirishmaslikka, boshlangan ishni esa to‘xtatib qo‘yishga haqli.
Agar pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, pudratchi ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, shartnomani bajarishdan bosh tortishga va zararning qoplanishini talab qilishga haqli.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 306-son “Iqtisodiy sudlar tomonidan qurilish pudrati shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi Qarori 8-bandining birinchi xatboshisi, 8.1-bandi.
645-modda. Buyurtmachining yordami
Pudratchining ishni bajarishiga buyurtmachi pudrat shartnomasida nazarda tutilgan hollarda, hajmda va tartibda yordam berishi shart.
Buyurtmachi bu majburiyatni bajarmasa, pudratchi ko‘rilgan zararni, shu jumladan bekor turib qolganlik oqibatidagi qo‘shimcha chiqimlarni qoplashni yoki ishni bajarish muddatini o‘zgartirish yoxud pudrat shartnomasida ko‘rsatilgan ish bahosini oshirishni talab qilishga haqli.
Buyurtmachining harakati yoki yo‘l qo‘ygan xatosi tufayli pudrat shartnomasi bo‘yicha ishni bajarish mumkin bo‘lmay qolgan taqdirda, pudratchi ishning bajarilgan qismini hisobga olgan holda shartnomada ko‘rsatilgan bahoni olish huquqini saqlab qoladi.
646-modda. Buyurtmachining bajarilgan ishlarni qabul qilishi
Buyurtmachi bajarilgan ishni (uning natijasini) pudrat shartnomasida nazarda tutilgan muddatda va tartibda pudratchi ishtirokida ko‘rib chiqishi va qabul qilishi, ish natijasini yomonlashtiradigan darajada shartnomadan chekinish yoki boshqa kamchiliklar aniqlangan taqdirda esa, bu to‘g‘rida pudratchiga darhol ma’lum qilishi shart.
Ishni qabul qilish vaqtida uning kamchiliklarini aniqlagan buyurtmachi bu kamchiliklar yoxud ularni tuzatish to‘g‘risida keyinchalik talab qo‘yish mumkinligi dalolatnoma yoki qabul qilishni tasdiqlovchi boshqa hujjatda ko‘rsatilgan hollardagina ularni vaj qilib keltirishga haqli.
Buyurtmachi ishni tekshirmasdan qabul qilgan bo‘lsa, uni qabul qilishning oddiy usulida aniqlanishi mumkin bo‘lgan kamchiliklar (ochiq ko‘rinib turgan kamchiliklar)ni dalil qilib keltirish huquqidan mahrum bo‘ladi.
Buyurtmachi ish qabul qilib olinganidan so‘ng unda pudrat shartnomasidan chekinishlar yoki ishni qabul qilishning oddiy usulida aniqlanishi mumkin bo‘lmagan boshqa xil kamchiliklar (yashirin kamchiliklar)ni, shu jumladan, pudratchi qasddan yashirgan kamchiliklarni aniqlasa, ular aniqlanganidan so‘ng o‘n kunlik muddat ichida bu to‘g‘rida pudratchiga xabar qilishi shart.
Buyurtmachi bilan pudratchi o‘rtasida bajarilgan ishning kamchiliklari yoki ularning sabablari yuzasidan nizo kelib chiqqan taqdirda, istagan tarafning talabi bo‘yicha ekspertiza tayinlanishi kerak. Ekspertiza o‘tkazish xarajatlari pudratchi zimmasida bo‘ladi, ekspertiza pudrat shartnomasi buzilmaganligini yoki pudratchining harakatlari bilan aniqlangan kamchiliklar o‘rtasida sababiy bog‘lanish yo‘qligini aniqlagan hollar bundan mustasno. Bunday hollarda ekspertiza xarajatlarini ekspertiza o‘tkazishni talab qilgan taraf, agar ekspertiza taraflarning o‘zaro kelishuvi bilan tayinlangan bo‘lsa, ikkala taraf teng miqdorda to‘laydi.
Agar pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, buyurtmachi bajarilgan ishni qabul qilishdan bosh tortganida, pudratchi shartnomaga binoan ish natijasi buyurtmachiga topshirilishi kerak bo‘lgan kundan boshlab bir oy o‘tgach va shundan keyin buyurtmachini ikki marta ogohlantirgan holda ish natijasini sotib yuborishga, tushgan pulni esa, pudratchiga tegishli hamma to‘lovlarni chegirib tashlab, notarial idoraning depozitiga buyurtmachining nomiga kiritib qo‘yishga haqli. Pudratchi pudrat narsasini sotish o‘rniga uni ushlab turish yoki keltirilgan zararni buyurtmachidan undirib olish huquqidan foydalanishga haqli.
Agar buyurtmachining bajarilgan ishni qabul qilishdan bosh tortishi ishni topshirish kechikib ketishiga sabab bo‘lgan bo‘lsa, tayyorlangan (qayta ishlangan) ashyoning tasodifan nobud bo‘lish xavfi ashyo topshirilishi lozim bo‘lgan paytda buyurtmachiga o‘tgan deb hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 306-son “Iqtisodiy sudlar tomonidan qurilish pudrati shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 9 – 10-bandlari.
LexUZ sharhi
Qarang: sud amaliyoti.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish