42
– insonparvarlik va ijtimoiy adolat negizida ijtimoiy
qadriyatning huquqqa
nisbatan munosabatini jamoat ongida tan olish;
– huquq ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish: turli fikrlar hisobi va
muqobil huquqiy aktlarni tayyorlash; ijtimoiy so’rovlarni va referendumlarni olib
borish. Umuman fuqarolar va butun jamiyat huquqiy madaniyatini oshirish uchun
huquqni hurmat qilishga va huquqiy faollikni qo’llab-quvvatlashga
qaratilgan
iqtisodiy, siyosiy, tashkiliy, ma’muriy, tarbiyaviy kompleks chora tadbirlarni
ko’rsatish mumkin.
Jamiyatning huquqiy madaniyati jamiyat madaniyatining bir turi sifatida
o’zida huquqiy ong va qonuniylikning ma’lum bir darajasini aks ettiruvchi, insonlar
tomonidan yaratilgan barcha qadriyatlarni qamrab
oluvchi huquq sohasida
yaratilgan qonunchilikni va yuridik amaliyotni takomillashtirish sifatida namoyon
bo’ladi.
Huquqiy madaniyat – dinamik hodisa bo’lib, u nafaqat sivilizatsiya
qadriyatilarini o’zida mujassam etib, balki sivilizatsiyani o’zini ham rivojlanishiga
va tartibga solinishiga yordam beradi[48; 22-23-б.].
Bugungi kunda zamon ko’rsatmoqdaki, aholining huquqiy ongini
oshirmasdan turib, har bir fuqaroni qonunni hurmat qilish,
huquqiy madaniyatni
oshirishda faol ishtirok ruhida tarbiyalamay turib davlat oldida turgan siyosiy,
iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni samarali hal etib bo’lmaydi. Demokratik davlatni
qurishda va fuqarolik jamiyatini shakllantirishda huquqiy madaniyat masalasini
alohida o’rin tutishiga e’tiborni qaratish lozim. Boshqacha aytganda fuqarolik
jamiyatini shakllantirish jarayonida huquqiy madaniyatning o’rni aholining huquqiy
savodxonligi
tizimli ravishda ishlashi, mustaqil ravishda huquqni qo’llash, yakka
tartibda ahloqiy, huquqiy madaniyati takomillashib borilishida aks etadi. Bundan
ko’rinadiki, agar fuqaroning huquqiy ongini oshirish va fuqarolik jamiyati
shakllanishida uning roli haqida gapiriladigan bo’lsa quyidagilarni
inobatga olish
lozim bo’ladi:
– fuqaro qanday darajada o’z huquq, majburiyatlari va erkinliklarini
baholashi;
43
– ushbu huquqlarni qo’llash darajasi qanaqa, ya’ni shaxsning ushbu
huquqlarni o’z hayoti davomida qo’llay olishi.
Fuqarolik jamiyatining huquqiy madaniyatini oshirishda oldinga qo’yilgan
maqsadlarga erishishda huquqiy madaniyatni oshirishning asosiy yo’nalishlarini
ishlab chiqishga asoslanadi. Biz quyidagi yo’nalishlarni taklif etamiz:
1) “huquq” va “qonuniylik” kabi tushunchalarni tushunish va anglash;
2) muntazam ravishda qonunchilik bazasini takomillashtirish;
3) huquqiy faoliyat darajasini rivojlantirish;
4) ilmiy izlanishlar yutuqlarini ishlab chiqish va o’zlashtirish;
5) yangi natijalarni tizimlashtirish
va analiz qilish, yangi maqsad va
vazifalarni belgilash.
Fuqaroviy ong demokratik qadriyatlar, ideallar,
huquq va erkinliklar nuqtai nazaridan shaxs, jamiyat
va davlat o’rtasidagi
munosabatlarni anglashdan
iborat. Albatta har bir davlat va jamiyatda demokratik qadriyatlar o’ziga xos
tamoyillir va me’yorlar asosida qabul qilinadi. Fuqarolik ongi jamiyat
taraqqiyotining shunday bosqichidagi ruhiy holatini anglatadiki, bu davrda
demokratik me’yorlar va qadriyatlar hayotning asosiga aylanadi.
Fuqaroviy
ong iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy sohalarda me’yoriy,
shakllantiruvchi, yo’naltiruvchi, muloqotga yetaklovchi singari rang-barang
vazifalarni bajaradi. Bu vazifalar ta’sirlashgan holda o’zaro kesishadilar va bir-birini
to’ldiradi. Ularning ko’pchiligi davlat va uning institutlariga xosdir. Ammo davlat
organlari qonunlar, me’yoriy hujjatlar, qoida va talablardan iborat huquqiy doirada
faoliyat yuritsa, fuqarolik ongi erkin shakllanadi.
Fuqaroviy ong me’yorlari ijtimoiy-siyosiy jarayonlar natijasida shakllanadi,
uni muvofiqlashtiradigan yoki uni amalga oshiradigan maxsus tuzilmalar bo’lmaydi.
Fuqarolik ongining vazifalari alohida individ emas, balki butun jamiyat faoliyati
bilan bog’liq.
Fuqaroviy ong jamiyat hayotida turli shakllarida namoyon bo’ladi.
Kishilar
shaxsiy va ijtimoiy qadriyatlar borasida o’z qarashlari, tasavvurlari, qadriyatlari,
Do'stlaringiz bilan baham: