Fuqarolik huquqining obyektlari


Nomoddiy ne'matlar tushunchasi va tarkibi



Download 39,53 Kb.
bet6/11
Sana14.07.2022
Hajmi39,53 Kb.
#796630
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
FUQAROLIK HUQUQINING OBYEKTLARI

8.5. Nomoddiy ne'matlar tushunchasi va tarkibi

Moddiy ko`rinishdagi ne'matlar (ashyolar) bilan bir qatorda nomoddiy ne'matlar ham fuqarolik huquqining obyekti hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida nomoddiy ne'matlar tushunchasi berilgan bo`lib, unga asosan fuqaroga tug`ilishdan yoki qonun bo`yicha tegishli bo`lgan shaxsning hayoti, sog`lig`i, sha'ni, shaxsiy daxlsizligi, qadr-qimmati va pok nomi, kasbkor nufuzi, xususiy hayot daxlsizligi, shaxsiy va ommaviy sirlari, erkin ko`chib yurish, turish va yashash joyini tanlash, mualliflik va boshqa shaxsiy mulkiy huquqlari nomoddiy ne'matlar hisoblanadi. Ular shaxsdan begonalashtirilmaydi yoki boshqacha tarzda boshqa birovga o`tkazilishi (berilishi) mumkin emas. Ayni vaqtda qonunlarda nazarda tutilgan hollarda va tartibda marhumga tegishli bo`lgan shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy ne'matlar boshqa shaxslar, shu jumladan huquq egasining merosxo`rlari tomonidan amalga oshirilishi va himoya qilinishi mumkinligini ham qonun nazarda tutadi.


FKning 8-bobi nomoddiy ne'matlarga bag`ishlangan. Nomoddiy ne'mat fuqarolik huquqi obyektlarini alohida guruhini tashkil etadi.
Nomoddiy ne'matlar deganda qonun tomonidan tan olinadigan, muhofaza qilinadigan moddiy ko`rinishga ega bo`lmagan hamda egasini (sohibini) shaxsidan ajratish mumkin bo`lmagan ne'matlar va erkinliklar tushuniladi.
FKda nomoddiy ne'matlarning quyidagi turlari belgilab qo`yilgan:
1) intellektual faoliyat natijalari (FKning 97-moddasi);
2) xizmat va tijorat siri (FKning 98-moddasi);
3) shaxsiy nomulkiy huquqlar (FKning 99-moddasi);
Nomoddiy ne'matlarning bir qismi, ya'ni intellektual faoliyat natijalari, xizmat, tijorat sirlari iqtisodiy mazmunga ega bo`lib, tovar shakliga kiradi va mulkiy muomalada mutlaq huquqlar obyektlari sifatida namoyon bo`ladi.
Shaxsiy nomulkiy huquqlar esa fuqarolik muomalasida o`ziga xos tarzda, tovar shakliga kirmagan va iqtisodiy mazmunga ega bo`lmagan holda namoyon bo`ladi.
Ba'zi adabiyotlarda ishlar va xizmatlarni ham moddiy ko`rinishda bo`lmagani sababli nomoddiy ne'matlar guruhiga kiritadilar. Ushbu fikrni ham shartli ravishda qabul qilish mumkin, garchi FKning 8-bobida nazarda tutilmagan bo`lsa ham.
Nomoddiy ne'matlarning fuqarolik huquqi obyekti sifatidagi xususiyati shundan iboratki, bunda, birinchidan, buzilgan nomoddiy huquq mazmunidan, ikkinchidan, bunday buzilish oqibatlari xarakteridan kelib chiqqan holda fuqarolik huquqlarining himoya qilish usullaridan foydalanadi.
Nomoddiy ne'matlarga nisbatan huquqlar buzilgan taqdirda ko`p hollarda huquq sohibiga moddiy emas, balki ma'naviy zarar yetadi. Ma'naviy zarar huquqi buzilgan shaxsning jismoniy yoki ruhiy iztiroblari, qayg`u-alami, g`am-tashvishi singari ko`rinishlarda namoyon bo`ladi. Qonunga asosan, agar fuqaroga tegishli boshqa nomoddiy ne'matlarga tajovuz qiluvchi harakatlar orqali ma'naviy zarar yetkazilsa, shuningdek, qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda, sud huquqbuzar zimmasiga ko`rsatilgan zararni pul orqali (moddiy ko`rinishda) tovon to`lash bilan qoplashni yuklashi mumkin.
Ma'naviy zararni qoplash xarajatlarini belgilashda sud huquqbuzarning aybi darajasini va boshqa e'tiborga molik holatini hisobga oladi. Sud, shuningdek, zarar yetkazilgan shaxsni individual xususiyatlari bilan bog`liq jismoniy va axloqiy qiynoqlari (iztiroblari, ruhiy azoblari) darajasini ham hisobga olmog`i shart.
Nomoddiy ne'matga nisbatan huquqlarni himoya qilishda ko`p hollarda sud huquqni qayta tiklash yoki huquqbuzarliklarni to`xtatishni ta'minlovchi choralar ko`radi. Nomoddiy ne'matlar ichida shaxsning (yuridik shaxsning ham) sha'ni, qadr-qimmati va kasbkor nufuzi alohida o`rinni egallaydi. Ayni vaqtda nomoddiy ne'matlar shaxsiy huquqlar nomi bilan yuritiluvchi o`ziga xos huquqlar majmuini ham o`z ichiga oladi (masalan, nomga, yashash joyini tanlashga, yozishmalar daxlsizligi, ya'ni sir saqlanishiga bo`lgan huquqlar va boshqalar).
FKning 99-moddasida nomoddiy ne'matlar huquq sohibiga yo tug`ilgandan boshlab tegishli bo`ladi (yashash huquqi, sog`-salomat bo`lishiga bo`lgan huquq, shaxs sha'ni, shaxsiy daxlsizligi, shaxsiy hayot daxlsizligi, xususiy va oilaviy sirlarga bo`lgan huquq va h.k.) yoxud qonunga muvofiq huquq subyektiga tegishli bo`ladi (masalan, nomga bo`lgan huquq, erkin ko`chib yurish huquqi, yashash joyini tanlash huquqi va h.k.) deb ko`rsatilgan.
T.Fadeyeva FKda nazarda tutilgan «nomoddiy ne'mat» tushunchasini yig`ma ma'noda qo`llanilgan va ne'matning o`ziga ham, shaxsiy huquqqa ham taalluqli deb hisoblaydi. Ayni vaqtda u nomoddiy ne'matlarni ikki guruxga bo`ladi. Birinchi gurux ne'matlar shaxsning mavjud bo`lishi bilan bog`liq. Shaxsning hayoti va sog`lig`i ushbu qatlamga mansub. Ushbu ne'matlar obyektiv ravishda mavjud va bu ne'matlarga tajovuz qilingandagina ular huquqiy himoyaga muhtoj bo`ladi.
Ikkinchi gurux ne'matlar: nomga bo`lgan huquq, mualliflik huquqi va boshqa shaxsiy nomulkiy huquqlar muayyan huquqiy munosabatning mazmunini tashkil etuvchi subyektiv huquqlar bo`lib, shu sababli ham huquq normasi tomonidan tartibga solingan9.
Nomoddiy ne'matlar shaxsning o`zidan begonalashtirilmaydi, biroq ularni amalga oshirish va himoya qilish uchinchi shaxslarga topshirilishi mumkin (masalan, yangi tug`ilgan chaqaloqqa ism qo`yish ota-onasi tomonidan amalga oshiriladi).
Nomoddiy ne'matning ashyoviy mazmunga ega emasligi, uning sohibi bo`lgan subyektning shaxsi bilan uzviy bog`liq ekanligi zaruriy elementlar hisoblanadi, biroq ba'zan ularning birortasi bo`lmasligi ham mumkin. Ushbu nomoddiy ne'mat sohibi shaxsidan ajratib bo`lmasligi sababli, ushbu ne'matning mavjudligi uning sohibi shaxsini takrorlanmas qiladi, individuallashtiradi. Nomoddiy ne'mat uning sohiblari ijtimoiy mavqeini xarakterlaydi, bu mavqening ajralmas belgisi hisoblanadi, ayni vaqtda o`zining butun mavjudligi davomida o`zgarishlarga duchor bo`lishi ham mumkin. Nomoddiy ne'matlarning amal qilish muddati cheklanmagan.
Ayni vaqtda bu belgilar shartli xarakterga ega (masalan, intellektual mulk nomoddiy ne'mat sifatida qaralsa ham, fuqarolik muomalasida o`ziga xos tovar sifatida harakatda bo`lishi mumkin).
Yuqorida ko`rsatilganidek, nomoddiy ne'matlarga nisbatan shaxsiy huquqlarning vujudga kelishi o`ziga xos: ular yuridik fakt asosida emas, balki qonunda bevosita nazarda tutilgan hollardagina vujudga keladi deb yozadi T.Fadeyeva10. Uning bu fikrida muayyan ma'noda jon bor, haqiqatan ham FKning 99-moddasiga asosan shaxsiy nomulkiy huquqlar huquq sohibiga yo tug`ilgandan boshlab, yoki qonunga muvofiq tegishli bo`ladi. Biroq tug`ilishning o`zi yuridik fakt hisoblanadi. Bundan tashqari har qanday shaxsiy huquqni vujudga kelishi muayyan yuridik faktsiz mumkin emas, faqat bunday yuridik faktlar bilan shaxsiy huquqlar o`rtasidagi bog`lovchi vazifasini qonun bajaradi.
Uzoq vaqtlar sivilist olimlar ichida fuqarolik huquqi nomoddiy ne'matlar bilan bog`liq munosabatlarni tartibga soladimi yoki muhofaza qiladimi degan munozaralar bo`lib o`tgan edi. Oxir oqibatda tartibga solish muhofaza qilishni anglatadi, muhofaza qilish esa tegishli munosabatlarni tartibga solish orqali amalga oshiriladi degan murosaga kelindi11. So`nggi vaqtlar esa fuqarolik huquqi nomoddiy ne'matlar bilan munosabatlarni ham tartibga soladi, ham muhofaza qiladi degan fikrlar ilgari surilmoqda12. Fuqarolik qonunlarining rivojlanish jarayonini kuzatsak buning to`g`riligiga iqror bo`lamiz.
A.Niyozova nomoddiy ne'mat tushunchasiga nisbatan o`ziga xos qarashlarga ega. U nomoddiy ne'mat tushunchasida fuqarolik huquqlari obyekti sifatida shaxsiy huquqlar ham qamrab olinganiga e'tiroz bildirib, shaxsiy huquqlar ushbu nomoddiy ne'matlardan foydalanishning yuridik imkoniyatini ta'kidlaydi deb ko`rsatadi. Shaxsni individuallashtirish shaxsiy nomulkiy huquqlarning belgisi sifatida bir subyektning boshqasidan farq qilish imkoniyatini beradi. Shaxsiy nomulkiy huquqlar huquq layoqatining elementi bo`lib hisoblanmaydi, chunki huquq layoqati subyektlarda bir xil hajmda mavjud bo`ladi, ularni tenglashtiradi (chunki mavhum imkoniyat tariqasida namoyon bo`ladi)13.
Nomoddiy ne'matlar bilan shaxsiy huquqlar o`rtasidagi nisbat – bu FKning 8-bobi tizimida aniq ko`rinib turganidek, umumiylik va xususiylik o`rtasidagi nisbatdir.



Download 39,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish