Fuqarolik huquqining obyektlari


Fuqaroning ismga (nomga) bo`lgan huquqi va uni fuqarolik huquqiy himoya qilish



Download 39,53 Kb.
bet11/11
Sana14.07.2022
Hajmi39,53 Kb.
#796630
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
FUQAROLIK HUQUQINING OBYEKTLARI

8.8.4.Fuqaroning ismga (nomga) bo`lgan huquqi va uni fuqarolik huquqiy himoya qilish

Nomga bo`lgan huquq muayyan ismning sohibi sifatida tanilishiga bo`lgan subyektiv fuqarolik huquqidir. Mazkur nom vositasida fuqaro jamiyat a'zosi sifatida boshqa fuqarolardan ajralib turadi, individuallashadi. Fuqaroning ismi deganda uning ismini ham, ota ismi va nasabini (urug`-avlodi nomini) ham nazarda tutiladi.


O`tgan mavzularda aytganimizdek, nom olish, ya'ni nasab, ism va ota ismini olish, nomni o`zgartirish maxsus qonunlar bilan, jumladan, O`zbekiston Respublikasining Oila kodeksi va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish tartibi to`g`risidagi Qoidalar bilan tartibga solinadi.
FKning 19-moddasida fuqaroning ismi bilan bog`liq qator normalar belgilab qo`yilgan. Unga ko`ra agar qonundan yoki milliy odatdan boshqacha tartib kelib chiqmasa, fuqaro o`z familiyasi va nomidan, shuningdek otasining ismi bilan huquq va burchlarga ega bo`ladi hamda ularni amalga oshiradi.
Qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda fuqaro taxallusdan (to`qilgan nomdan) foydalanishi mumkin.
Fuqaro fuqarolik muomalasida yashirin (anonim) tarzda harakat qilishga faqat qonunda yo`l qo`yilgan hollarda yo`l qo`yiladi (masalan, mamlakatimizda muallif o`z asarini nomini ko`rsatmasdan, anonim tarzda nashr etishga haqli, tijorat banklarida xorijiy valutalar ko`rinishida omonatlar qo`yishga haqli).
Fuqaro qonunda belgilangan tartibda o`z ismini o`zgartirishga haqli. Fuqaroning o`z ismini o`zgartirishi avvalgi ismi bilan olgan huquq va burchlarini bekor qilish yoki o`zgartirish uchun asos bo`lmaydi.
Fuqaro o`z ismini o`zgartirganligi haqida qarzdorlari va kreditorlariga xabar berishi uchun zarur choralarni ko`rishi shart va u mazkur shaxslarda fuqaroning ismi o`zgarganligi haqida ma'lumot yo`qligi tufayli kelib chiqishi mumkin oqibatlar xavfini o`z zimmasiga oladi.
Ismni o`zgartirgan fuqaro o`zining avvalgi ismiga rasmiylashtirilgan hujjatlarga o`z hisobidan tegishli o`zgartirishlar kiritilishini talab qilishga haqli. Masalan, shaxs nikohga kirishi munosabati bilan eri (xotini) familiyasini olishi uning avvalgi hujjatlari (diplomi, omonat daftarchasi, xizmat guvohnomasi va shu kabilar)ni ham tegishli ravishda o`zgartirish berish haqida tegishli idoralardan talab qilish huquqini beradi. Biroq bu o`zgartirishlarni amalga oshirish xarajatlari manfaatdor shaxs zimmasiga tushadi.
Ayrim hollarda subyektlarni, (masalan, tergovda, sudda ayblanuvchi, sudlanuvchi sifatida qatnashayotgan shaxs, bankrotlik bo`yicha ish qo`zg`atilgan yakka tadbirkor yoki tadbirkorlik subyekti muassisi bo`lgan jismoniy shaxsni) muayyan vaqtinchalik belgilangan muddatda o`z ismini o`zgartirish haqidagi murojaati rad etilishi mumkin.
Fuqaro tug`ilgan vaqtida olgan ismini, shuningdek o`zgartirilgan ismini fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish uchun belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tkazishi kerak.
Boshqa shaxs ismidan foydalanib huquq va burchlarga ega bo`lishiga yo`l qo`yilmaydi.
O`z ismi bilan yashash huquqiga e'tiroz bildirilayotgan yoki ismidan qonunsiz foydalanilayotganligi munosabati bilan manfaatlari buzilayotgan shaxs manfaatlarini buzuvchidan bunday harakatlarga chek qo`yishni, raddiya berishni talab qilishi mumkin. Agar manfaat qasddan buzilayotgan bo`lsa, jabrlangan shaxs qo`shimcha sur'atda zararni qoplashni talab qilishi mumkin. Zararni qoplash uchun manfaati buzilgan shaxsning daromadini berish talab qilinishi mumkin. Manfaat qasddan buzilganida jabrlanuvchi ma'naviy zararning qoplanishini ham talab qilishga haqli. Masalan, bir shaxs o`zini mashhur san'atkorlardan birini nomi bilan ko`rsatib, chekka qishloqlarda konsertlar beradi. Bundan xabar topgan san'atkor uning nomidan foydalangan shaxsga nisbatan FKning 20-moddasida belgilangan tartibda va asoslarda da'vo qilishga haqli.
Ism yoki shaxsiy sha'n egasi bo`lmagan, lekin oilaviy mavqeiga ko`ra bundan manfaatdor bo`lgan shaxs ham FKning 20-moddasi 2-qismiga asosan o`zganing ismidan g`ayriqonuniy foydalanayotgan shaxsdan bu harakatlarga chek qo`yishni va raddiya berish haqidagi talablarni qo`yishi mumkin. Bu shaxs boshqa shaxsning o`limidan keyin ham uning ismini va sha'nini himoya qilishga qaratilgan talablarning bajarilishiga harakat qilishi mumkin. Ismni va sha'nini buzish tufayli keltirilgan zararni qoplash talabi o`limdan keyin tan olinmaydi.



1 Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси. 1995. 9-сон. 194-модда. Ўзбекистон-нинг янги қонунлари. 11-сон. -Т.: Адолат. 1996. -161-166 б.

2 Ўзбекистон Республикаси Ҳукуматининг қарорлари тўплами. 1995. 12-сон. 49-модда.

3 Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармонлари. -Т.: Адолат. 1995 йил. 3-сон. -73-76 б.

4// Халқ сўзи, 1994 йил 12 июл.

5 //Халқ сўзи, 1994 йил 23 июл.

6 Каримов И. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида. -Т.: Ўзбекистон. 1995 йил. -217 б.

7 Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 1995 йил 2 июн “Ўзбекистон Республикаси халқ хўжалигида векселларни қўллаш тўғрисида”ги қарори. Халқ сўзи, 1995 йил 6 июн.

8/ Халқ сўзи, 1996 йил 27 март.

9 Гражданское право. Ч.1. –М.: Проспект. 1996. -301 б.

10 Гражданское право. Ч.1. –М.: Проспект. 1996. -301 б.

11 Развитие советского гражданского права в современном этапе. –М.: 1986. -205 б.

12 Красавчикова Л.О. Личная жизнь граждан под охраной закона. –М.: 1983. -32-33 б.

13 Ниязова А. Гражданско-правовое регулирование неимущественных отношений в Киргызской Республике. Автореф.канд.дисс. -5-6 б.

14 Ўзбекистоннинг янги қонунлари. 10-сон. -Т.: Адолат. -213-242 б.

15 Ўша ерда. -201-212 б.

16 Ўзбекистоннинг янги қонунлари. 10-сон. -Т.: Адолат. -255 б.

17 Теория государство и право. –М.: Юрист. 1997. -173 б.

18 Ярошенко Н.Б. Жизнь и здоровье под охраной закона. –М.: Юр лит. 1990. -11 б.

19 Xasanov A.A. O`zbekiston Respublikasida shaxsiy nomulkiy huquqlarni fuqarolik-huquqiy tartibga solish va himoya qilishning ayrim muammolari. Avtoref. YU.f.n. dis. –T.: 2001 yil.

20 Гражданское право. Учебник. //Под ред.А.Г.Калпина, А.И.Масляева. –М.: 1997. -133 б.

21 Жакенов В.А. Личные неимущественные права в советском гражданском законодательстве и их социальное значение. Автореф. канд. дисс. –М.: 1984. -26 б.

22 Тоғайназаров Ш. Гражданско-правовое регулирование личных неимущественных прав граждан СССР. –Душанбе. 1990. -34 б.

23 Гражданское право. –М.: Проспект. 1996. -302 б.

24 Хасанов А.А. Ўзбекистон Республикасида шахсий номулкий ҳуқуқларни фуқаролик-ҳуқуқий тартибга солиш ва ҳимоя қилишнинг айрим муаммолари. Автореф. Ю.ф.н. дис. –Т.: 2001 йил.

25 Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлис Мажлисининг Ахборотмаси. 1996 йил. 1-сонга илова.


Download 39,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish