Fuqarolik huquqining obyektlari


Pullar va qimmatli qog`ozlar – fuqarolik huquqining obyekti sifatida



Download 39,53 Kb.
bet5/11
Sana14.07.2022
Hajmi39,53 Kb.
#796630
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
FUQAROLIK HUQUQINING OBYEKTLARI

8.4.Pullar va qimmatli qog`ozlar – fuqarolik huquqining obyekti sifatida

Pul ham fuqarolik huquqining obyektidir. Pul mamlakatning xo`jalik hayotida, xususan savdoda katta ahamiyatga ega. Pul o`zining uzoq davom etgan tadrijiy rivojlanishida, mol-hol, zaytun yog`i, oltin va kumush yombisi ko`rinishidagi ayirboshlash vositalaridan hozirgi elektron pullarga, kredit kartochkalariga qadar bo`lgan yo`lni bosib o`tdi. Pul bozor iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim qurollaridan biri hisoblanadi.


Mustaqil davlatning asosiy atributlaridan biri – bu uning milliy valutasidir. Shu borada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning gultoji O`zbekiston Respublikasining milliy valutasi – so`mni muomalaga kiritish bo`ldi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 16 iyundagi “O`zbekiston Respublikasining milliy valutasini muomalaga kiritish to`g`risida”gi Farmoni bilan O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasiga, “O`zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining Asoslari to`g`risida”gi Qonunning 11-moddasiga va O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993 yil 3 sentabrdagi 952-XII son qaroriga muvofiq 1994 yilning 1 iyulidan boshlab O`zbekiston Respublikasining hududida 1000 so`m pul kuponga bir “So`m” nisbati bilan O`zbekiston Respublikasining milliy valutasi – “So`m” muomalaga kiritildi.
O`zbekiston Respublikasining milliy valutasi – “So`m” O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 1,3,5,10,25,50, 100,200,500,1000 so`m bo`lgan bank qog`oz pullar “banknotalar” va 1,3,5,10,20,50 “Tiyin”, 1,5,10,25,50 so`m bo`lgan metall tanga-chaqalar holida naqd pul muomalasiga chiqarildi.
Mazkur Farmonning 4-bandiga muvofiq 1994 yilning 1 iyulidan boshlab O`zbekiston Respublikasi hududida “So`m” mulkchilik shaklidan qat'i nazar qonuniy to`lov vositasi hisoblanadi.
“So`m”lar va “Tiyin”lar O`zbekiston Respublikasi hududida mulkchilik shakllaridan qat'i nazar, hamma jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan barcha turdagi to`lovlarga, shuningdek banklar tomonidan omonatlar va hisob varaqlariga qo`shib qo`yish uchun hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi majburiydir.
O`zbekiston Respublikasi hududida milliy valuta – ”So`m” bilan bir qatorda erkin muomaladagi valutada to`lov vositasi sifatida belgilangan tartibda foydalanishga ruxsat berildi3.
O`zbekiston Respublikasi hududida amalga kiritilgan pul muomalasini mustahkamlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qator qarorlar qabul qildi. 1994 yil 12 iyuldagi “Muomaladagi naqd pullarni kamaytirishga oid chora-tadbirlar to`g`risida”4 gi va 1994 yil 23 iyuldagi “O`zbekiston Respublikasi milliy valutasining ichki erkin almashinuvini ta'minlashga oid chora-tadbirlar to`g`risida”ги5 qarorlar shular jumlasidandir.
Pullar jismoniy alomatlari bilan belgilangan ashyolar qatorida bo`lib, pul belgilarining soni bo`yicha hisoblanmay, balki bu belgilarda ko`rsatilgan summalarga qarab hisoblanadi.
Pul har xil bitimlarning, masalan, oldi-sotdi, qarz va boshqa bitimlarning predmeti bo`lib, xalq xo`jaligida, shuningdek, fuqarolik huquqiy munosabatlarda muhim ahamiyatga ega.
Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek, “Milliy iftixor, davlat mustaqilligining ramzi, suveren davlatga xos belgidir. Bu respublikaga tegishli umumiy boylik va mulkdir”6.
Pul (valuta), valuta qimmatliklari to`g`risidagi qoida FKning 94-95-moddalarida berilgan.Q
immatli qog`ozlar Fuqarolik kodeksining 96-moddasida ko`rsatilganidek, mulkiy huquqlarni belgilangan shaklga va majburiy rekvizitlarga amal qilgan holda tasdiqlovchi hujjatlardir.Q
immatli qog`ozlar boshqa shaxsga berilishi bilan ular tomonidan tasdiqlanadigan hamma huquqlar ham o`sha shaxsga o`tadi.Q
immatli qog`ozlar jumlasiga FKning 96-moddasi 2-bandida ko`rsatilganidek, obligatsiya, veksel7, chek, depozit va jamg`arma sertifikatlari, bankning taqdim qiluvchiga pul beriladigan jamg`arma daftarchasi, konosament, aksiya hamda qonun hujjatlari bilan qimmatli qog`ozlar jumlasiga kiritilgan boshqa hujjatlar kiradi.
Aksiyalar, obligatsiyalar va xazina majburiyatlarida aks ettiriladigan rekvizitlarni O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, depozit sertifikatlari va veksellarda aks ettiriladigan rekvizitlarni esa O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilaydi. Qimmatli qog`ozlar egasi yozilgan yoki taqdim etuvchiga deb nomlangan turlari mavjud bo`lib, bu qimmatli qog`ozning o`zida ko`rsatiladi.
Qimmatli qog`ozlar muomalasi deganda, O`zbekiston Respublikasida ularni sotib olish va sotish, shuningdek respublika qonunlarida nazarda tutilgan, qimmatli qog`ozlar egasi almashinuviga olib keladigan boshqa harakatlar tushuniladi.
O`zbekiston Respublikasi hududida qimmatli qog`ozlarni (depozit sertifikatlari va veksellardan tashqari) muomalaga chiqarish va ularni ro`yxatdan o`tkazish qoidalarini O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tasdiqlaydi. Davlat ro`yxatidan o`tkazilgan hamda belgilangan tartibda ro`yxat raqamini olgan qimmatli qog`ozlarninggina O`zbekiston Respublikasi hududida chiqarilishi va muomalada bo`lishiga yo`l qo`yiladi. Davlat ro`yxatidan o`tkazilmagan qimmatli qog`ozlarni chiqarish g`ayriqonuniy hisoblanadi. Bu ularni hamda mazkur qimmatli qog`ozlarni sotishdan tushgan pulning olib qo`yilishi va boy berilgan naf qoplanishini hisobga olgan holda investorlarga qaytarib berilishiga sabab bo`ladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 26 martda qimmatli qog`ozlar bozorining ishlash samaradorligini oshirish va uni davlat yo`li bilan tartibga solish, uning qatnashchilari faoliyatini muvofiqlashtirish, sarmoyadorlarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish maqsadida chiqarilgan “O`zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo`mitasi huzuridagi qimmatli qog`ozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazini tashkil etish to`g`risida”ги8 farmonini qimmatli qog`ozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, nazorat qilish va tartibga solish sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda qimmatli qog`ozlar bilan bo`ladigan munosabatlarni yanada rivojlantirishga qaratilgan “Qimmatli qog`ozlar bozorining faoliyat ko`rsatish mexanizmi to`g`risida” 1996 yil 25 aprelda O`zbekiston Respublikasining qonuni va boshqa qonun hujjatlari O`zbekiston Respublikasining bosqichma-bosqich bozor munosabatlariga o`tishda qimmatli qog`ozlar bilan bo`ladigan munosabatlarning huquqiy mexanizmini ta'minlashda muhim ahamiyatga egadir.



Download 39,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish