Uchinchidan, Shartnoma yuzasidan taraflarning har ikkalasida ham
huquq va majburiyatlar mavjud bo'ladi. Shu nuqtayi nazardan haq
evaziga xizmat ko'rsatish ikki tomonlama shartnomalar guruhiga kiradi.
Haq evaziga xizmat ko'rsatish respublikamizda bozor munosabatlari
shakllanib borishi va demokratik jarayonlarning shiddat bilan o'zgarib
borayotganligi sababli aholiga keng jabha bo'ylab xizmat ko'rsatishga
qaratilgan shartnomadir.
121. Yo’lovchi tashish shartnomasining huqqiy beligilariga baho bering? Yo'lovchi va bagaj tashish shartnomasining huquqiy belgilari
quyidagilardan iborat:
birinchidan, shartnoma konsensual harakterga ega, ya’ni bilet yoki
bagaj kvitansiyasi olingandan so'ng shartnoma tuzilgan hisoblanadi, yo'lovchi esa tashuvchidan o'z majburiyatlarini bajarishini talab qilish
huquqiga ega bo'ladi;
ikkinchidan, bu shartnoma ikki tomonlama shartnoma hisoblanadi,
ya’ni taraflarning har biri muayyan. huquq va majburiyatlarga ega.
Shartnoma yozma shaklda tuziladi. Yo'lovchi chiptani qo'lga kiritgani
shartnoma tuzilganligini tasdiqpovchi hujjat vazifasini o'taydi.
Uchinchidan, yo'lovchi tashish shartnomasi haq baravariga tuziladigan
shartnoma hisoblanadi, ya’ni yo'lovchi tashuvchi xizmatidan foydalangani
uchun haq to'laydi.
122 Yukni tashish shartnomasining tushunchasi va ahamiyatini yoritib bering? Yuk tashish shartnomasining huquqiy belgilari quyidagilardan iborat:
birinchidan, yuk tashish shartnomasi real shartnoma hisoblanadi,
ya’ni yuk tashuvchi jo'natuvchi tomonidan o'ziga ishonib topshirilgan
yukni belgilangan manzilga yetkazib berish va uni olishga vakolat berilgan
shaxs (oluvchi)ga topshirish, yuk jo'natuvchi esa yukni tashib berganlik
uchun belgilangan haqni to'lash majburiyatini oladi. Bunday yuk tashish
shartnomasi shartlari tegishli transport hujjatlarida, aytaylik, temir yo'l,
daryo va havo transportida - transport yukxatida, dengiz transportida
- transport yukxati yoki konosamentda; avtomobil transportida - tovartransport
yukxatida yoki boshqa xil aktlarda va hujjatlarda
rasmiylashtariladi. Jo‘natuvchiga transport yukxati yoki boshqa tashish hujjatini tuzish
va berish bir vaqtning o'zida shartnoma tuzilganligining tasdig'i bo'lib
xizmat qiladi (O'zbekiston Respublikasi FK, 711-modda 2-bandi).
Demak, yuk tashish shartnomasi yozma shaklda tuziladi.
Ikkinchidan, yuk tashish shartnomasi ham odatda, ikki tomonlama
shartnomalar turkumiga kiradi. Shartnoma taraflarning har biri uchun
muayyan huquq va burchlar tug'diradi;
uchinchidan, yuk tashish shartnomasi haq baravariga tuziladi, chunki
jo'natuvchi yoki oluvchi yuk tashuvchiga yukni belgilangan manzilga
yetkazib berganligi uchun haq to'laydilar.
Tashish shartnomasining har ikki turida ham tashish shartlari,
shuningdek, taraflarning ularni tashish bo'yicha javobgarligi, agar FKda,
transport ustavlarida va kodekslarda, boshqa qonunlarda va ularga
muvofiq chiqarilgan qoidalarda boshqacha tartib belgilanmagan bo'lsa,
taraflarning kelishuvi bilan belgilanadi.
123. Transportning turlariga bog’liq holda tashish shartnomalarini qanday klassifikasiya qilish mumkin.
124. Hududiy belgilariga muvofiq tashish shartnomalarining klassifikasiyasi qanda ishlab chiqilgan?
125. Aralash yo’nalishlarda yuk tashish deganda nimani tushunsiz?
126. Yuk tashish shartnomasining huquqiy belgilari nimadan iborat? Yuk tashish shartnomasining huquqiy belgilari quyidagilardan iborat:
birinchidan, yuk tashish shartnomasi real shartnoma hisoblanadi,
ya’ni yuk tashuvchi jo'natuvchi tomonidan o'ziga ishonib topshirilgan
yukni belgilangan manzilga yetkazib berish va uni olishga vakolat berilgan
shaxs (oluvchi)ga topshirish, yuk jo'natuvchi esa yukni tashib berganlik
uchun belgilangan haqni to'lash majburiyatini oladi. Bunday yuk tashish
shartnomasi shartlari tegishli transport hujjatlarida, aytaylik, temir yo'l,
daryo va havo transportida - transport yukxatida, dengiz transportida
- transport yukxati yoki konosamentda; avtomobil transportida - tovartransport
yukxatida yoki boshqa xil aktlarda va hujjatlarda
rasmiylashtariladi. Jo‘natuvchiga transport yukxati yoki boshqa tashish hujjatini tuzish
va berish bir vaqtning o'zida shartnoma tuzilganligining tasdig'i bo'lib
xizmat qiladi (O'zbekiston Respublikasi FK, 711-modda 2-bandi).
Demak, yuk tashish shartnomasi yozma shaklda tuziladi.
Ikkinchidan, yuk tashish shartnomasi ham odatda, ikki tomonlama
shartnomalar turkumiga kiradi. Shartnoma taraflarning har biri uchun
muayyan huquq va burchlar tug'diradi;
uchinchidan, yuk tashish shartnomasi haq baravariga tuziladi, chunki
jo'natuvchi yoki oluvchi yuk tashuvchiga yukni belgilangan manzilga
yetkazib berganligi uchun haq to'laydilar.
Tashish shartnomasining har ikki turida ham tashish shartlari,
shuningdek, taraflarning ularni tashish bo'yicha javobgarligi, agar FKda,
transport ustavlarida va kodekslarda, boshqa qonunlarda va ularga
muvofiq chiqarilgan qoidalarda boshqacha tartib belgilanmagan bo'lsa,
taraflarning kelishuvi bilan belgilanadi.
127. Transport ekspedisiyasi shartnomasini tavsiflang. 726-модда. Транспорт экспедицияси шартномаси Транспорт экспедицияси шартномаси бўйича экспедитор ҳақ эвазига ва мижоз (юк жўнатувчи ёки юк олувчи) ҳисобидан экспедиция шартномасида белгиланган юк ташиш билан боғлиқ хизматларни бажариш ёки бажаришни ташкил этиш мажбуриятини олади.
Транспорт экспедицияси шартномасида экспедиторнинг экспедитор ёки мижоз танлаган транспортда ва йўналишда юк ташишни ташкил этиш мажбурияти, мижоз ёки ўзининг номидан юк ташиш шартномаси (шартномалари)ни тузиш, юкнинг жўнатилишини ва олинишини таъминлаш мажбурияти, шунингдек ташиш билан боғлиқ бошқа мажбуриятлари назарда тутилиши мумкин.
Қўшимча хизматлар сифатида транспорт экспедицияси шартномасида экспорт ёки импорт учун талаб қилинадиган ҳужжатларни олиш, божхона расмиятчиликлари ёки ўзга расмиятчиликларни бажариш, юкнинг миқдорини ва ҳолатини текшириш, уни ортиш ва тушириш, мижоз зиммасига юклатиладиган божлар, йиғимлар ва бошқа харажатларни тўлаш, юкни сақлаш, уни белгиланган манзилда олиш каби юкни етказиб бериш учун зарур бўлган ҳаракатларни амалга ошириш, шунингдек шартномада белгиланган бошқа операциялар ва хизматларни бажариш назарда тутилган бўлиши мумкин.
Ушбу бобнинг қоидалари транспорт экспедицияси шартномасига мувофиқ экспедиторнинг мажбуриятларини ташувчи бажарган ҳолларга ҳам тааллуқлидир.
Транспорт экспедицияси шартномасини бажариш шартлари, агар транспорт-экспедиция фаолияти тўғрисидаги қонун ҳужжатларида бошқача тартиб белгиланган бўлмаса, тарафларнинг келишуви билан аниқланади.
128. Transport ekspedisiyasi shartnomasini yuk tashish tushunchalari o’rtasida qanday farqlar bor? Транспорт экспедицияси шартномаси бўйича экспедитор ҳақ эвазига ва мижоз (юк жўнатувчи ёки юк олувчи) ҳисобидан экспедиция шартномасида белгиланган юк ташиш билан боғлиқ хизматларни бажариш ёки бажаришни ташкил этиш мажбуриятини олади.
Транспорт экспедицияси шартномасида экспедиторнинг экспедитор ёки мижоз танлаган транспортда ва йўналишда юк ташишни ташкил этиш мажбурияти, мижоз ёки ўзининг номидан юк ташиш шартномаси (шартномалари)ни тузиш, юкнинг жўнатилишини ва олинишини таъминлаш мажбурияти, шунингдек ташиш билан боғлиқ бошқа мажбуриятлари назарда тутилиши мумкин.
Қўшимча хизматлар сифатида транспорт экспедицияси шартномасида экспорт ёки импорт учун талаб қилинадиган ҳужжатларни олиш, божхона расмиятчиликлари ёки ўзга расмиятчиликларни бажариш, юкнинг миқдорини ва ҳолатини текшириш, уни ортиш ва тушириш, мижоз зиммасига юклатиладиган божлар, йиғимлар ва бошқа харажатларни тўлаш, юкни сақлаш, уни белгиланган манзилда олиш каби юкни етказиб бериш учун зарур бўлган ҳаракатларни амалга ошириш, шунингдек шартномада белгиланган бошқа операциялар ва хизматларни бажариш назарда тутилган бўлиши мумкин.
Ушбу бобнинг қоидалари транспорт экспедицияси шартномасига мувофиқ экспедиторнинг мажбуриятларини ташувчи бажарган ҳолларга ҳам тааллуқлидир.
Транспорт экспедицияси шартномасини бажариш шартлари, агар транспорт-экспедиция фаолияти тўғрисидаги қонун ҳужжатларида бошқача тартиб белгиланган бўлмаса, тарафларнинг келишуви билан аниқланади. 711-модда. Юк ташиш шартномаси
Юк ташиш шартномаси бўйича юк ташувчи юк жўнатувчи томонидан ўзига ишониб топширилган юкни белгиланган манзилга етказиб бериш ва уни олишга ваколат берилган шахсга (олувчига) топшириш, юк жўнатувчи эса юкни ташиб берганлик учун белгиланган ҳақни тўлаш мажбуриятини олади.
Юк ташиш шартномаси тузилганлиги тегишли транспорт устави ёки кодексида назарда тутилган ҳужжат (транспорт юкхати, коносамент ёки юкка доир бошқа ҳужжат)ни тузиш ва уни юк жўнатувчига топшириш йўли билан тасдиқланади. Transport ekspeditsiyasi shartnomasi yuk tashish shartnomasidan
farq qilgan holda tashishni tashkil etish xizmatlarini ko'rsatilishi bilan
bog'liq shartnoma hisoblanadi. Shartnoma asosida yuk tashish bilan bog'liq
xizmatlar bajariladi yoki bajarilishi tashkil etiladi.
129. Transport ekspedisiyasi shartnomasining huquqiy belgilari nimadan iborat? Transport ekspeditsiyasi shartnomasi ham o'zining maxsus belgilariga
ko'ra quyidagi huquqiy belgilarga ega:
- birinchidan, shartnomada ekspeditor va yuk tashuvchi boshqaboshqa
shaxs bo'lgan hollarda konsensual, yuk tashuvchi va ekspeditor
bir shaxs bo'lgan hollarda esa real bo'lishi mumkin.
Transport ekspeditsiyasi shartnomasi konsensual (huquq va
majburiyatlami o'zaro kelishish va bunday kelishuvni lozim tartibda
rasmiylashtirish paytda vujudga keltiradigan shartnoma) bo'lishi mumkin.
Chunonchi, ekspeditor ekspeditsiya xizmatlarini bajarishni tashkil qilishida
taraflarning huquq va majburiyatlari shartnoma tegishli tartibda
rasmiylashtirilgandan so'ng vujudga keladi.
Ayrim hollarda agar ekspeditorning o'zi shartnoma bo'yicha yuk
tashuvchi bo'lgan hollarda shartnoma real bo'lishi mumkin. Transport ekspeditsiyasi real bo'lishi uchun taraflarning o'zaro kelishuviga muvofiq
yukni topshirish paytida taraflarda huquq va va majburiyatni vujudga
kelishi lozim bo'ladi.
-ikkinchidan, transport ekspeditsiyasi taraflarining erklari
ifodalanishiga qarab, ikki tomonlama shartnoma hisoblanadi, ya’ni
taraflarning har birida muayyan huquq va majburiyatlar vujudga keladi.
Transport ekspeditsiyasi shartnomasida ekspeditor ham mijoz (yuk
jo'natuvchi yoki yuk oluvchi) ham bir paytning o'zida ham qarzdor,
ham kreditor bo'ladi. Masalan, ekspeditor haq evaziga shartnomada
belgilangan yuk tashish bilan bog'liq xizmatlarni bajarish yoki bajarishni
tashkil etish majburiyatini olsa, mijoz bu majburiyatlarni talab qilish
huquqiga ega. Mijoz bajarilgan xizmatlar uchun o'z vaqtida kelishilgan
haqni to'lash majburiyatini olsa ekspeditor shartnomada shartlashilgan
haqni o'z vaqtida to'lanishini talab qilish huquqiga ega.
-uchinchidan, shartnoma bo'yicha muqobil ijro mavjud, binobarin,
u haq evaziga tuziladi. Shartnomaning mazkur belgisi to'g'ridan-to'g'ri
FKning yuqorida keltirilgan 726-moddasida ifodalangan, ya’ni ekspeditor
haq evaziga yoki mijoz hisobidan shartnomada ko'rsatilgan yuk tashish
bilan bog'liq xizmatlarni bajaradi yoki bajarishni tashkil qilish
majburiyatini oladi.
130. Qarz shartnomasining huquqiy belgilari yoritib bering? Qarz shartnomasining huquqiy belgilari quyidagilardan iborat:
birinchidan, bu shartnoma real shartnoma bo'lib sanaladi, chunki
taraflar o'rtasida huquq va burchlar shartnoma predmeti bo'lgan pul
yoki ashyoning topshirilishi paytidan e’tiboran vujudga keladi va
shartnoma ham shu paytdan e’tiboran tuzilgan hisoblanadi;
ikkinchidan, qarz bir tomonlama shartnomalar toifasiga kiradi,
chunki bu shartnoma yuzasidan bir taraf qarz beruvchi huquqlar olsa,
ikkinchi taraf qarzdorda burchlar bo'ladi, Jumladan, qarz beruvchi
qarzning qaytarilishini talab qilish huquqiga ega bo'lsa, qarzdor olingan
qarzini qaytarishga majbur bo'ladi (FKning 735-moddasi);
uchinchidan, qarz shartnomasi agar qonunda yoki qarz
shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, qarz beruvchi
(yuridik shaxs yoki fuqaro) qarz oluvchidan qarz summasiga shartnomada
belgilangan miqdorda va tartibda foizlar olish huquqiga ega bo'ladi
(FKning 734-moddasi 1-bandi).
131. Qarz shartnomasining qanday tulari mavjud? Obligatsiyalar. Obligatsiyalar ularning egasi pul mablag'lari
berganligini tasdiq etuvchi va qimmatli qog'ozlarning belgilangan
qiymatini ularda ko'rsatilgan muddatda, qayd etilgan foiz to'langan
holda, basharti obligatsiyalarni chiqarish shartlarida o'zgacha qoidalar
nazarda tutilmagan bo'lsa, qoplash majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli
qog'ozlardir.
Quyidagi turlardagi obligatsiyalar chiqarilidi:
respublika ichki zayomlarining va mahalliy zayomlarning
obligatsiyalari;
korxonalaming obligatsiyalari.
Obligatsiyalar oddiy va yutuqli, foizli va foizsiz (maqsadli), erkin
muomalada yuritiladigan yoki muomala doirasi cheklangan qilib
chiqarilishi mumkin. Maqsadli obligatsiyalarning rekviziti obligatsiyalar
qaysi mollar (xizmatlar) uchun chiqarilgan bo'lsa, shu mollarni (xizmatlarni)
aks ettirishi shart. Veksel. Veksel beruvchining yoxud vekselda ko'rsatilgan boshqa
to'lovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga
muayyan summani to'lash yuzasidan qat’iy majburiyatini tasdiqlovchi
qimmatli qog'oz veksel hisoblanadi.
Veksellar oddiy va yuboriladigan veksellarga bo'linadi.
Veksel beruvchining muayyan summadagi pulni veksel oluvchiga
yoxud uning buyrug'iga binoan belgilangan muddatda yoki uning talabiga
ko'ra to'lashdan iborat qat’iy majburiyatini o'z ichiga olgan hujjat
oddiy veksel hisoblanadi.
Veksel oluvchining muayyan summadagi pulni oluvchiga yoxud
uning buyrug'iga binoan boshqa shaxsga belgilangan muddatda yoki
uning talabiga ko'ra to'lash to'g'risidagi qat’iy buyrug'idan iborat
to'lovchiga qaratilgan hujjat yuboriladigan veksel hisoblanadi.
Veksellarni (xazina veksellaridan tashqari) chiqarish, ro'yxatdan
o'tkazish qoidalari, ularni chiqarish va muomalada yuritish shartlarini
Markaziy bank Moliya vazirligi bilan birgalikda belgilaydi. Xazina
veksellarini chiqarish va muomalada yuritish qoidalarini O'zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi belgilaydi.
132 Qarz va kredit shartnomasida qanday ta’minlash usullari qo’llaniladi
133. Qarz va kredit shartnomalarining farqli jihatlarini yoriting? Kredit shartnomasi yozma shaklda tuzilishi shart. Yozma shaklga
rioya qilmaslik kredit shartnomasining haqiqiy bo'lmasligiga olib keladi.
Bunday shartnoma o'z-o'zidan haqiqiy bo'lmaydi.
Qarz va kredit shartnomalari o'rtasidagi umumiylik bilan birga
jiddiy farqlar ham mavjud.
Birinchidan, kredit shartnomasi bo'yicha kreditor sifatida faqat maxsus
subyektlar, bank yoki boshqa kredit tashkiloti qatnashadi.
Ikkinchidan, kredit shartnomasi bo'yicha qarz oluvchi kreditorga
foizlar to'lashi shart.
Uchinchidan, kredit shartnomasi faqat yozma shaklda tuziladi. Qarz
shartnmasida esa qarz summasi eng kam ish haqining 10 baravaridan
kam bo'lsa, og'zaki shaklda tuzilishi mumkin. To'rtinchidan, kredit shartnomasi real emas, balki konsensual
shartnomalar guruhiga mansub. Shu sababli shartnoma tuzilgandan keyin
u taraflar o'rtasida huquq va majburiyatlar vujudga keltiradi. Bunday
holda shartnomaning bajarilmasligiga FKning 746-moddasida belgilangan
hollardagina yo'l qo'yiladi.
134. Kredit olishning tartibi amaliyotda qanday. Masalan iste’mol krediti qanday olinadi. Iste’molchi krediti deganimizda tijorat banklari tadbirkorlik uchun
firmalarga qarz bersa, iste’molchilarga tovar sotib olish uchun qarz
beradi. Buning natijasida iste’molchi krediti paydo bo'ladi.
“Iste’mol krediti to'g'risida” O'zbekiston Respublikasi Qonuni‘da
iste’mol kreditiga shunday ta’rif berilgan:
“Iste’mol krediti - jismoniy shaxsga (iste’molchiga) uning iste’mol
ehtiyojlarini qondirish maqsadida tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olish
uchun beriladigan kreditdir. Moliyaviy iste’mol krediti va tovar iste’mol
krediti iste’mol kreditining shakllaridir”.
Moliyaviy iste’mol krediti - sotib olingan tovarlar (xizmatlar) haqini
to'lash uchun pul mablag'lari tarzida iste’molchiga beriladigan kreditdir.
Banklar yoki boshqa kredit tashkilotlari moliyaviy iste’mol krediti beruvchi
tashkilotlar sanaladi.
Tovar iste’mol krediti - sotib olingan tovarlar, bajarilgan ishlar
yoki ko'rsatilgan xizmatlar haqini bo'lib-bo'lib to'lash tarzida iste’molchiga
beriladigan kreditdir. Iste’mol tovarlarini (ishlar, xizmatlarni) ishlab
chiqaruvchi korxonalar yoki realizatsiya qiluvchi tashkilotlar tovar iste’mol
krediti beruvchi tashkilotlardir.
Iste’mol kreditining obyekti - jismoniy shaxsning iste’mol ehtiyojlari
uchun mo'ljallangan tovarlar, (ishlar, xizmatlar) dir. Ko'chmas mulk,
shuningdek, qonunga muvofiq muomaladan chiqarilgan yoki muomalada
bo'lishi cheklangan boshqa mol-mulk iste’mol krediti obyekti bo'lishi
mumkin emas. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro'yxatga olingan
1999-yil 19-martdagi 678-sonli, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki
boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan 1998-yil 24-yanvardagi 377-sonli
“O'zbekiston Respublikasida tijorat banklari tomonidan aholiga iste’mol
krediti berishni tashkil etish to 'g 'r is id a ” Nizom O'zbekiston
Respublikasining Fuqarolik Kodeksi, O'zbekiston Respublikasining
"O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g'risida"gi, "Banklar va
bank faoliyati to'g'risida"gi Qonunlari hamda boshqa qonunchilik
hujjatlariga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan bo'lib, tijorat banklari
tomonidan aholiga iste’mol krediti berish va qaytarish jarayonlarini
tartibga soladi.
Undagi ta’rifga ko'ra,
Iste’mol krediti - bu aholining iste’mol talablarini qondirishga yordam
beruvchi kreditdir va uy-ro'zg‘or buyumlari:
radio-elektron va boshqa maishiy asbob-uskunalar, mebellar,
interyer buyumlari, turar joyni ta’mirlash bilan bog'liq tovarlarni xarid
qilish uchun 3 yilgacha bo'lgan muddatga beriladi.
Iste’mol krediti faqat balog'at yoshiga yetgan va muomala layoqatiga
ega, doimiy yashash joyida ro'yxatdan o'tgan, shuningdek doimiy ish,
o'z faoliyatidan olinadigan daromadga ega bo'lgan yoki qarilik nafaqasi
oladigan fuqarolargagina beriladi.
Tijorat banklari tomonidan o'zining xodimlariga iste’mol krediti
berilishi taqiqlanadi.
Iste’mol krediti iste’mol krediti berish qoidalariga1 muvofiq iste’mol
krediti shartnomasi bo'yicha tijorat asosida qaytarilish, to'lovlilik,
muddatlilik, ta’minlanganlik va maqsadga muvofiq tarzda foydalanish
tamoyillariga rioya qilingan tarzda beriladi. Iste’mol krediti o'z faoliyati
natijasida olingan daromadlarga, pensiya va boshqa daromadlarga ega
jismoniy shaxslarga beriladi.
136 Omonat saqlash shartnomasining huquqiy belgilarini ko’rsatib bering? Omonat saqlash shartnomasining huquqiy belgilari asosan, quyidagicha:
Birinchidan, omonat saqlash real shartnoma bo'lib hisoblanadi, chunki
ashyoni omonat saqlash yuzasidan taraflar o'rtasida huquq va burchlar
omonat narsasining ikkinchi tarafga topshirilishi paytidan e’tiboran vujudga
keladi. Agar ashyoni omonat saqlash shartnomasi o'z kasb faoliyatining
maqsadlaridan biri sifatida amalga oshiradigan tashkilot (professional
omonat saqlovchi) yoki yuridik shaxslar o'rtasida tuzilsa, omonat saqlash
shartnomasi konsensual va ikki taraflama shartnomalar guruhiga taalluqli
bo'ladi, chunki bunday shartnoma bo'yicha omonat saqlashga qo'yuvchida
ashyoni omonat saqlashga qo'yish va ikkinchi tarafda, ya’ni omonat
saqlovchida ashyoni qabul qilish burehlari shartnoma tuzilgan paytdan
boshlab vujudga keladi;
ikkinchidan, omonat saqlash shartnomasi bo'yicha qonun hujjatlarida
yoki shartnoma bilan boshqacha hoi belgilanmagan bo'lsa, tekinga
tuziladigan shartnoma deb faraz qilinadi va bunday holda u bir tomonlama
shartnoma bo'lib hisoblanadi;
uchinchidan, omonat saqlash shartnomasining asosiy maqsadi, omonat
narsasini saqlash va keyinchalik butun holda qaytarishdan iborat.
Omonat saqlash shartnomasi bo'yicha omonat saqlovchiga, odatda
subyektiv mulk huquqining faqat bir unsurigina, ya’ni mulkni egallash
huquqigina o'tadi.
136. Omonat saqlash shartnomasining bank omonati shartnomasidan qanday farqi bor? 875-модда. Омонат сақлаш шартномаси
Омонат сақлаш шартномаси бўйича бир тараф (омонат сақловчи) унга иккинчи тараф (юк топширувчи) берган ашёни сақлаш ва бу ашёни тўла ҳолида қайтариш мажбуриятини олади.
Омонат сақлашни ўз касб фаолиятининг мақсадларидан бири сифатида амалга оширадиган ташкилот (профессионал омонат сақловчи) омонат сақлаш шартномасида сақловчининг юк топширувчидан ашёни шартномада назарда тутилган муддатда сақлашга қабул қилиш мажбурияти кўзда тутилиши мумкин. 896-модда. Бойликларни банкда сақлаш
Банк қимматли қоғозларни, қимматбаҳо металлар ва тошларни, бошқа бойликларни, шунингдек ҳужжатларни сақлаш учун қабул қилиши мумкин.
Банкда бойликларни сақлаш шартномаси банк томонидан бойлик топширувчига номи ёзилган сақлов ҳужжатини бериш йўли билан расмийлаштирилади. Бу ҳужжатни тақдим этиш банк томонидан сақланаётган бойликларни бойлик топширувчига бериш учун асос бўлади.
Қимматли қоғозларни сақлаш (депозит) шартномасида назарда тутилган ҳолларда банк уларнинг тўлиқ сақланишини таъминлашдан ташқари, ушбу қоғозларга нисбатан юридик аҳамиятга эга ҳаракатларни ҳам (вакиллик ва ҳоказо) амалга оширади.
Бойликларни якка тартибдаги пўлат сандиқдан (пўлат сандиқ бўлинмасидан, сақлаш учун мўлжалланган алоҳида бинодан) фойдаланган ҳолда сақлаш шартномаси банк томонидан бойликларни сақлаш учун қабул қилиш ҳаракатларини амалга ошириш ва бойлик топширувчига пўлат сандиқ калитини, бойлик топширувчини кўрсатадиган варақча, кўрсатувчининг пўлат сандиқни очиш ва ундан бойликларни олиш ҳуқуқини тасдиқлайдиган бошқа белги ёки ҳужжат бериш йўли билан тузилиши мумкин.
Агар шартномада бошқача тартиб назарда тутилган бўлмаса, бойлик топширувчи истаган вақтда бойликларни пўлат сандиқдан олиши, уларни қайта қўйиши, сақланаётган ҳужжатлар билан ишлаши мумкин. Бунда банк бойлик топширувчининг бойликларни олишини ва қайтариб топширишини ҳисобга олиш ҳуқуқига эга.
Бойлик топширувчи бойликларнинг бир қисмини пўлат сандиқдан олган тақдирда, банк бойликларнинг қолган қисми бут сақланиши учун жавобгар бўлади. Ушбу моддада белгиланган банкнинг пўлат сандиғида бойликларни сақлаш қоидалари банк ўз пўлат сандиғини мулк ижараси шартлари асосида фойдаланиш учун бошқа шахсга берадиган ҳолларга тааллуқли бўлмайди.
137 Omonat saqlash shartnomasi qanday shaklda rasmiylashtiriladi? 894-модда. Ломбардда омонат сақлаш
Ломбардда омонат сақлаш учун фуқаролардан шахсий истеъмолга мўлжалланган кўчар ашёлар қабул қилиниши мумкин.
Ашёни ломбардда омонат сақлаш шартномаси ломбард томонидан юк топширувчига (мижозга) унинг номи ёзилган сақлов паттаси бериш йўли билан расмийлаштирилади.
Ломбардга сақлаш учун топшириладиган ашё тарафларнинг келишуви билан сақлаш учун қабул қилиш пайтида ва жойида одатда савдода шу турдаги ва сифатдаги ашёга белгиланадиган нархларга мувофиқ баҳоланиши керак.
Ломбард сақлаш учун қабул қилинган ашёларни ушбу модданинг учинчи қисмига мувофиқ чиқарилган нархнинг тўлиқ суммасида ўз ҳисобидан юк топширувчи фойдасига суғурталаши шарт.
138 Agar omonatga yuk topshirgan shaxs uni qaytarib olmasa qanday oqibatlar kelib chiqadi?
139. Qanday hollarda ashyo yo’qolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi uchun omonat saqlovchi javobgarlikdan ozod bo’ladi? Омонат сақловчи сақлаш учун қабул қилинган ашё йўқолганлиги, кам чиққанлиги ёки шикастланганлиги учун ушбу Кодекснинг 333-моддасида назарда тутилган асосларга кўра жавобгар бўлади.
Профессионал омонат сақловчи ашёнинг йўқолиши, кам чиқиши ёки шикастланиши:
енгиб бўлмас куч таъсири оқибатида;
ашёнинг уни сақлаш учун қабул қилиш чоғида омонат сақловчи билмаган ва билиши шарт бўлмаган яширин хоссалари туфайли;
сақланаётган ашёнинг йўқолганлиги, кам чиққанлиги ёки шикастланганлиги юк топширувчининг қасддан қилганлиги ёки қўпол эҳтиётсизлиги натижасида юз берганлигини исботламаса жавобгар бўлади.
Шартномада назарда тутилган сақлаш муддати ёки омонат сақловчининг талабига кўра ашёни қайтариб олиши шарт бўлган вақт тугагач, юк топширувчи сақланаётган ашёни қайтариб олмаса, омонат сақловчи бундан буён ашё йўқолганлиги, кам чиққанлиги ёки шикастланганлиги учун қасддан ҳаракат қилган ёки қўпол эҳтиётсизлик қилган тақдирдагина жавоб беради.
140. Ashyolarni egasizlantirib saqlash deganda nimani tushunasiz? Misollar orqali tushuntiring? Omonat saqlashning yana bir turi — ashyoni egasizlantirib saqlashdir.
Amaliyotda ashyolarni egasizlantirib saqlanganida saqlash uchun
qabul qilingan ashyolar boshqa yuk topshiruvchilaming shunga o‘xshash
va shunday sifatli ashyolari bilan aralashtirib yuborilishi mumkin. Masalan,
og‘irlik va o‘lchov bilan belgilanadigan donni elevatorlarda omonat
saqlash, turli shaxslarga qarashli bo'lgan bir xildagi buyumlami maxsus
xonalarda saqlash va xokazo. Saqlash uchun topshirilgan bunday ashyolar,
narsalar bir-birlariga aralashtirilishi, ya’ni egasizlantirilishi sababli omonat
qo'ygan shaxs o‘zi topshirgan buyumlarni qaytib olganida o'z buyumlarini
emas, balki jism va xil jihatidan o'sha buyumlarga to'g'ri keladigan
boshqa narsalami oladi. Bunday saqlashga egasizlantirib saqlash deb aytiladi
Bu haqda Fuqarolik kodeksining 879-moddasida shunday deyiladi. Ashyo
egasizlantirib saqlanganida saqlash uchun qabul qilingan ashyolar boshqa
yuk topshiruvchilaming shunga o'xshash va shunday sifatli ashyolari
bilan aralashtirib yuborilishi mumkin. Yuk topshiruvchiga teng miqdorda
yoki taraflar kelishgan miqdorda shunga o'xshash va shunday sifatli
ashyolar qaytarib beriladi.
Egasizlantirib saqlash omonat saqlash shartnomasida bevosita nazarda
tutilgan hollardagina amalga oshiriladi.
141. Qanday hollarda omonat saqlovchi ashyoni saqlashni uchinchi shaxsga topshirishi mumkin? 884-модда. Ашёни сақлаш учун учинчи шахсга топшириш
Агар қонун ҳужжатларида ёки омонат сақлаш шартномасида бошқача тартиб назарда тутилган бўлмаса, омонат сақловчи юк топширувчининг розилигисиз ашёни сақлаш учун учинчи шахсга топширишга ҳақли эмас, башарти буни юк топширувчининг манфаатлари зарур қилиб қўйган ва омонат сақловчи унинг розилигини олиш имкониятидан маҳрум бўлган бўлмаса. Омонат сақловчи ашёни учинчи шахсга топширганлиги ҳақида юк топширувчини кечиктирмай хабардор қилиши шарт. Сақлаш учун ашё топширилган учинчи шахснинг ҳаракатлари учун омонат сақловчи жавоб беради.
142. Omonat saqlashda ta’minlash usullarining qaysi biri qo’llaniladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |