1. Mulk ijarasi shartnomasi (ijara haqi va to’lash tartibi) Fuqarolik Kodek,sining 535-moddasida mulk ijarasi shartnomasiga
quyidagicha ta’rif berilgan: “Mulk ijarasi shartnomasi bo'yicha ijaraga
beruvchi ijaraga oluvchiga haq evaziga mol-mulkni vaqtincha egalik qilish
va foydalanish yoki foydalanish uchun topshirish majburiyatini oladi”. Ushbu ta ’rifda mulk huquqi elementlarining bir egadan ikkinchi
egaga o'tishiga qarab ijara shartnomasining ikki turini farqlash mumkin.
1. Ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga haq evaziga mol-mulkni vaqtincha
egalik qilish va foydalanish uchun topshirish majburiyatini oladi.
2. Ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga haq evaziga mol-mulkni
vaqtincha faqat foydalanish uchun topshirish majburiyatini oladi.
Birinchisida ijaraga oluvchida mulkka nisbatan egalik qilish va foydalanish
huquqi mavjud boisa, ikkinchisida esa faqat mulkdan foydalanish huquqigina mavjud bo'ladi. Masalan, uy-joy egasi o'zi yashab turgan
uyni ijara shartnomasi asosida boshqa shaxslaming yashashlari uchun
faqat foydalanishga beradi.
Mulk ijarasi shartnomasining oldi-sotdi shartnomasidan farqlaydigan
muhim xususiyati har doim mulkni tasarruf etish huquqi mulkdor qo'lida
saqlanib qolishi hisoblanadi. Mulk ijarasi shartnomasida
ha r doim taraf sifatida ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi ishtirok
etadi. Fuqarolik Kodeksining 538-moddasida kimlar ijaraga beruvchi
bo'lishi nazarda tutilgan, jumladan mol-mulkini ijaraga berish huquqi
shu mol-mulk egasiga tegishlidir. Qonun yoki mulkdor tomonidan molmulkni
ijaraga berish vakolati berilgan boshqa shaxslar ham ijaraga
beruvchi bo'lishlari mumkin.
2. Vorislik huquqi (Meros va vorislik tushunchalari.) Fuqaro vafot etgandan keyin ham uning barcha huquqi va
majburiyatlari o'z kuchini saqlab qolmaydi, ayrimlari bekor bo'ladi.
Vafot etgan shaxsning hayotligida boshqa shaxsga o'tishi mumkin
bo'lgan uning huquq va majburiyatlari meros tariqasida vorislarga o'tadi.
Shunday qilib, shaxsning hayotligida boshqa shaxslarga o'tishi mumkin
bo'lgan uning har qanday huquq va majburiyatlari meros hisoblanadi
va vorislik huquqi asosida merosxo'rlarga o'tadi.
Aniqroq qilib aytganda, vafot etgan shaxsga tegishli bo'lgan mulk -