qonunga xilof harakatlari tufayli yetkazilgan zarar uchun javobgarlik. Davlat hokimiyati organlari tomonidan yetkazilgan zarar uchun
javobgarlikning o'ziga xos holatlari sifatida fuqaroga quyidagi holatlarda
zarar yetkazish ko'rsatib o'tiladi:
- qonunga xilof tarzda hukm etish;
- qonunga xilof tarzda jinoiy javobgarlikka tortish;
- ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishni yoki munosib xulq-atvorda
bo'lish haqida tilxat olishni qonunga xilof qo'llanishi;
- qamoq tariqasidagi ma’muriy jazoni qonunga xilof tarzda berish.
Sanab o'tilgan holatlar har bir fuqaroning erkinlik va shaxsiy
daxlsizlikka nisbatan konstitutsiyaviy huquqlarini buzish hisoblanadi va
fuqaroninig ruhiy iztiroblari bilan birga ular uchun noxush mulkiy
oqibatlarni ham vujudga keltiradi. Shuning uchun ham qonun ular uchun
alohida huquqiy, shu jumladan fuqarolik-huquqiy oqibatni belgilaydi.
Birinchi navbatda mazkur holatlar huquqni muhofaza qiluvchi
organlar - surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sudning
mansabdor shaxslarining fuqarolar (jismoniy shaxslar) ga nisbatan
yuqoridagi oqibatlarni vujudga keltiradigan noqonuniy harakati natijasi
hisoblanadi. Agar zarar fuqaroga sanab o'tilgan organlarning boshqa
tarzdagi qonunga xilof faoliyati (gumonlanuvchi sifatida noqonuniy asosda
ushlab turish, unga nisbatan majburiy tibbiy choralarni ko'rish) natijasida
yetkazilgan zarar, fuqarolarga davlat organlari va mansabdor shaxslaming
noqonuniy harakatlari bilan yetkazilgan zarar uchun javobgarlikning
umumiy asoslaridan kelib chiqib qoplanadi (FKning 991-moddasi). Bu
holat huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlarining yuridik shaxslarga
yetkazilgan zararlariga nisbatan ham qoilaniladi.
Yuqoridagi davlat hokimiyati organlarining mansabdor shaxslari
sanab o'tilgan holatlarda O'zbekiston Respublikasi nomidan harakat qiladilar. Shu munosabat ularning noqonuniy harakatlari natijasida
yetkazilgan zararni qoplashni ham 0 ‘zbekiston Respublikasi o'z zimmasiga
oladi va bu zararlar davlat byudjeti hisobidan to‘la hajmda qoplanadi.
Bunda zararni qoplash bevosita davlat moliya organlari tomonidan amalga
oshiriladi. Sudning qarori bilan zararni qoplash zarar yetkazilishida aybdor
bo'lgan mansabdor shaxslar zimmasiga yuklanishi mumkin.
Huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari harakatining
noqonuniyligi sudning asosli hukmi yoki jinoyat ishining rebilitatsiya
qilish asoslari bo'yicha tugatilishi (jinoyatning sodir etilmaganligi, qilmishda
jinoyat tarkibining yo'qligi, fuqaroning qilmishni sodir etishda ishtirok
etganligi isbotlanmaganligi) bilan, shuningdek, ishning ma’muriy
huquqbuzarlik bo'yicha tugatilganligi bilan asoslanishi lozim. Ishning boshqa
asoslarda (amnistiya, vaziyatning o'zgarishi va shu kabilar) tugatilishi
yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish huquqini istisno qiladi.
Yuqorida ko'zda tutilgan harakatlar natijasida fuqaroga yetkazilgan
zarar surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sudning
mansabdor shaxslari aybidan qat’iy nazar to'lanishi lozim. Zero, bunda
huquqni muhofaza qiluvchi va sud organining mansabdor shaxslari insofli
harakat qila turib ham adashishlari mumkin. Masalan, sud aybdor
bo'lmagan fuqaroni dastlabki tergovda vujudga kelgan jinoyatni sodir
etish taxmini bo'yicha javobgarlikka tortishi mumkin. Bunday holatlarda
zarar yetkazuvchi aybi prezumpsiyasi mavjud bo'lib, zarar qoplanmasdan
qolib ketar edi.
110. Mulk ijarasi shartnomasi (ijara haqi va to’lash tartibi) 544-модда. Мол-мулкдан фойдаланганлик учун ҳақ тўлаш Ижарага олувчи мол-мулкдан фойдаланганлик учун ҳақни ўз вақтида тўлаб туриши шарт.
Мол-мулкдан фойдаланганлик учун ҳақ тўлаш тартиби, шартлари ва муддатлари мулк ижараси шартномаси билан белгиланади. Булар шартномада белгиланмаган ҳолларда одатда худди шундай мол-мулкни ўхшаш ҳолатларда ижарага беришда қўлланиладиган тартиб, шартлар ва муддатлар белгиланган деб ҳисобланади.
Мол-мулкдан фойдаланганлик учун ҳақ ижарага олинган барча мол-мулк учун яхлит ҳолда ёки унинг ҳар бир таркибий қисми учун алоҳида-алоҳида ҳолда қуйидаги кўринишларда белгиланади:
вақти-вақти билан ёки бир йўла тўланадиган қатъий суммада белгиланган тўловлар тариқасида;
ижарага олинган мол-мулкдан фойдаланиш натижасида олинган маҳсулот, мевалар ёки даромадларнинг белгиланган улуши тариқасида;
ижарага олувчи томонидан кўрсатиладиган маълум хизматлар тариқасида;
ижарага олувчи томонидан ижарага берувчига шартномада келишилган ашёни мулк қилиб ёки ижарага топшириш тариқасида;
ижарага олинган мол-мулкни яхшилаш бўйича шартномада келишилган харажатларни ижарага олувчи зиммасига юклаш тариқасида.
Тарафлар мулк ижараси шартномасида мол-мулкдан фойдаланганлик учун ушбу модданинг учинчи қисмида кўрсатиб ўтилган ҳақ шаклларини аралаш амалга оширишни ёки ҳақ тўлашнинг бошқа шаклларини назарда тутишлари мумкин.
Агар мулк ижараси шартномасида бошқача тартиб назарда тутилган бўлмаса, мол-мулкдан фойдаланганлик учун тўланадиган ҳақ миқдори шартномада белгиланган муддатларда, бироқ бир йилда кўпи билан бир марта тарафларнинг келишуви билан ўзгартирилиши мумкин. Қонун ҳужжатларида мулк ижарасининг айрим турлари учун, шунингдек айрим мол-мулк турларининг ижараси учун ҳақ миқдорини қайта кўриб чиқишнинг бошқача энг кам муддатлари назарда тутилиши мумкин.
Агар қонун ҳужжатларида бошқача тартиб назарда тутилган бўлмаса, ижарага олувчи ўзи жавобгар бўлмаган ҳолатларга кўра, шартномада назарда тутилган фойдаланиш шартлари ёки мол-мулкнинг ҳолати жиддий ёмонлашган бўлса, у мол-мулкдан фойдаланганлик учун ижара ҳақини тегишли равишда камайтиришни талаб қилишга ҳақли.
111. Yukni tashish shartnomasining tushunchasi va ahamiyatini yoritib bering?. 711-модда. Юк ташиш шартномаси Юк ташиш шартномаси бўйича юк ташувчи юк жўнатувчи томонидан ўзига ишониб топширилган юкни белгиланган манзилга етказиб бериш ва уни олишга ваколат берилган шахсга (олувчига) топшириш, юк жўнатувчи эса юкни ташиб берганлик учун белгиланган ҳақни тўлаш мажбуриятини олади.
Юк ташиш шартномаси тузилганлиги тегишли транспорт устави ёки кодексида назарда тутилган ҳужжат (транспорт юкхати, коносамент ёки юкка доир бошқа ҳужжат)ни тузиш ва уни юк жўнатувчига топшириш йўли билан тасдиқланади. Yuk tashish shartnomasida yuk tashuvchi sifatida faqat tegishli
litsenziya olgan shaxslargina qatnasha oladilar. Masalan, “Avtomobil
transporti to'g'risida”gi qonunning 13-moddasi, Havo kodeksining 96-
moddalariga ko'ra, avtomobilda tashish, havo transportida tashish Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilangan maxsus qoida va tartiblarga muvofiq,
ruxsatnoma (litsenziya) asosida amalga oshiriladi. Jumladan, bunday
shartnomalarning ishtirokchilari temir yo'lda - temir yo'l korxonasi;
daryo va dengiz transportida — paroxodchilik; havo transportida —
havo transporti qorxonasi; avtomobil transportida - avtoxo'jaliklar yoki
avtokolonnalar1 bo'ladi.
112 Omonat saqlash shartnomasi (shakli va muddati) Omonat saqlash shartnomasining shakliOmonat saqlash shartnomasi
yozma ravishda tuzilishi kerak bo'lgan hollarda (Fuqarolik Kodeksning
108-moddasi) agar ashyoni saqlashga qabul qilinganligi omonat saqlovchi
tomonidan yuk topshiruvchiga saqlash tilxati, pattasi, guvohnomasini,
omonat saqlovchi imzolagan boshqa hujjatni berish yo'li bilan
tasdiqlangan bo'lsa, shartnomaning yozma shakliga rioya qilingan
hisoblanadi. Agar ashyo saqlash uchun favqulodda holatlarda (yong'in, tabiiy
ofat, to'satdan kasal bo‘lish, hujum xavfi va boshqalar) topshirilgan
bo‘lsa, shartnomaning yozma shakliga rioya qilish talab etilmaydi.
Omonat saqlash shartnomasi omonat saqlovchi tomonidan vuk
topshiruvchiga, agar bunga qonun hujjatlarida yo‘l qo'yilsa yoki u
saqlashning ushbu turi uchun odatdagi hoi bo‘lsa, ashyolar saqlash uchun
qabul qilinganligini tasdiqlaydigan nomerli jeton (nomer) yoki boshqa
belgi berish yo‘li bilan tuzilishi mumkin.
Omonat saqlash shartnomasining oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik
saqlashga qabul qilingan ashyo bilan omonat saqlovchi qaytargan
ashyoning aynan o'ziligi xususida nizo chiqqan taqdirda, taraflarni
guvohlarning ko'rsatmalarini vaj qilib keltirish huquqidan mahrum
etmaydi (FKning 877-moddasi).