2. Terida yara paydo qiluvchi ZMlar: iprit, azotli ipritlar, lyuizit.
Bu guruhiga kiruvchi moddalar par va aYerozol holda ishlatilib, ular
asosan teri va nafas yo'llari orqali ta'sir etadi. Bu guruhning tipik vakili ipritdir.
Iprit - rangsiz, moysimon suyuqlik bo'lib, organik Yerituvchilarda yaxshi, ammo suvda yomon Yeriydi. Iprit har xil g'ovak materiallarga, lak, moy qoplamalariga, rezina mahsulotlariga yaxshi yutilib, ulardan chiqib ketishi juda qiyin. Ipritning suvga nisbatan zichligi 1,3, qaynash harorati 217°S ga teng. Iprit bilan zaharlangan uchastkalardan uning uchib ketishi sekinlik bilan boradi. Shu sababdan u turg'un zaharli modda hisoblanadi: ya'ni yozda 7-14 kungacha, qishda bir oy va undan yuqori muddatlarda saqlanib turadi. Uning kuchli ta'siri tomchi holda kuzatiladi. Iprit - teri, ko'z, nafas organlari hamda oshqozon - ichak yo'llarini zaharlaydi. Uning o'rtacha o'ldirish dozasi nafas yo'li orqali ta'sir etganda 1,3 mg/l teri orqali ta'sir etganda 5 mg/l. ga teng. Iprit ta'sirining belgilari: 2-6 soat ichida terilar qizaradi, 24 soatdan keyin pufakchalar hosil bo'ladi, 2-3 sutkadan keyin esa ular yoriladi. Ipritning antidoti yo'q.
3. Umumzaharlovchi moddalar: tsianid kislota, xlortsian.
Bu guruh moddalari nafas a'zolarini ishdan chiqaradi. Odam organizmidagi to'qimalarni oksidlanish jarayonlarini to'xtatib qo'yadi.
TSianid kislota rangsiz, uchuvchan, achchiq bodom hidiga ega bo'lgan suyuqlik. Qaynash harorati +25,7°S, Shu sababli havoda tezda bug'lanadi. Muzlash harorati -13,4°S. Bug'ining zichligi havoga nisbatan 0,93 ni tashkil qiladi, ya'ni havodan yengil. Bug'lari faollashgan ko'mir yordamida yomon shimiladi, govakli materiallarga yaxshi shimiladi. Ishlatilgan joylarida yoz vaqtida 20 — 30 daqiqagacha saqlanib qolishi mumkin, noturg'un ZM. Suvda, organik erituvchilarda, fosgenda, ipritda va boshqa zaharlovchi moddalarda yaxshi eriydi.
TSianid kislota galogenlar bilan reaktsiyaga oson kirishadi va galogentsianidlarni hosil qiladi (xlortsian, bromtsian, yodtsian)
Shularning ichidan xlortsian zaharlovchi modda sifatida qo'llaniladi.
Xlortsian - o'ziga xos hidli, rangsiz suyuqlik bo'lib, qaynash harorati +12,6°S. muzlash harorati -6,5°S, suvga nisbatan zichligi 1,22. Bug'larining zichligi havoga nisbatan 2,1. Uning kuchli ta'siri bug' holda ro'y beradi.
TSianid kislota va xlortsian asosan nafas yo'li orkali organizmga tushadi. Odam uchun uning 0,1 - 0D2 mg/l kontsentratsiyali bug'i xavfli hisoblanadi. Undan 15-20 daqiqa ichida nafas olinsa og'ir zaharlanishga olib keladi. 0,2 - 0,3 mg/l kontsentratsiyasidan nafas olinsa 5-10 daqiqa ichida o'lim sodir bo'ladi, 0,4 - 0,8 mg/l miqdordagi kontsentratsiyasi esa 2-5 daqiqa ichida o'limga olib keladi. Xlortsian bug'i tsianid kislotaga nisbatan kam zaharli. 0,4 - 0,8 mg/l miqdoridan nafas olinganda 5 daqiqadan so'ng o'lim ro'y beradi.
Zaharlanish belgilari: og'izdan noxush, taxir, achchiq bodom ta'mi keladi, tinka - mador qurib, bosh aylanadi, ko'p so'lak oqadi, ko'ngil ayniydi. Tomoq, traxeyada va to'sh ortida timdalanish hamda ko'krak qisilishi sezgisi kuzatiladi. Og'ir zaharlanish belgilari tezda rivojlanadi, talvasalar paydo bo'ladi, hatto o'lim kuzatilishi mumkin.
Bu guruxdagi ZMga qarshi antidotlar: amilnitrit (1 ml li ampulalarda), natriy nitrit, 4-DAMF, natriy tiosulfat, vitamin V12, glyukoza.
Do'stlaringiz bilan baham: |