3 - ma'ruza
Mavzu: Hudud va fuqarolarni epizootik hamda epifitotik holatlardan ximoya qilish.
Reja:
Zararsizlantirish turlari va usullari.
Oziq-ovqat mahsulotlari va suvni zararsizlantirish.
Ish joylari va uylarni zararsizlantirish
Odamlarga nisbatan sanitariya ishlovi olib borish.
Tayanch Iboralar:
Fuqaro himoyasi xizmati — fuqaro himoyasi maxsus tadbirlarini bajarish, fuqaro himoyasi tuzilmalarining harakatlarini ta'minlash uchun kuchlar va vositalarni tayyorlash maqsadida tuzilgan funktsional bo'linmalar majmui;
Himoya inshootlari — aholini va ishlab chiqarish xodimlarini zamonaviy qirg'in vositalaridan himoya qilishga maxsus mo'ljallangan muhandislik inshootlari majmui;
Fuqaro himoyasi kuchlari — qutqaruv va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishlarni amalga oshirish uchun tuziladigan fuqaro himoyasi harbiy qismlari, umumiy va maxsus hududiy, funktsional va ob'ekt tuzilmalari.
fuqaro muxofazasi qo'shinlari- favqulodda vaziyatlar vazirligining fuqaro himoyasi qo'shinlari O'zbekiston Respublikasi fuqaro himoyasi kuchlarining asosini tashkil etadi.
Fuqaro muxofazasi tuzilmalari - fuqaro himoyasi tuzilmalari qutqaruv va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishlarni amalga oshirish uchun hududiy-ishlab chiqarish printsipiga ko'ra tashkil etiladi.
Asosiy matin.
1. Zararsizlantirish turlari va usullari.
Dushman tomonidan qo'llanilgan qirg'in qurollari oqibatida insonlar, atrof-muhit, suv, oziq-ovqatlar, texnika, transport vositalari va inshootlar radioaktiv zarrachalar, zaharli moddalar va kasallik qo'g'atuvchi mikroorganizmlar bilan zararlanishi mumkin. Fuqarolarni mana shu zararlanishdan saqlash maqsadida zararsizlantirish - maxsus ishlov berish tadbirlari bajariladi. Maxsus ishlov berish tadbirlari - umumiy qirg'in qurollari talafotlarini yo'qotish jarayonining asosiy qismini tashkil etib, u qutqaruv va tiklash ishlarini olib borishda kompleks vazifalarni o'z ichiga oladi.
Zararsizlantirish qisman hamda to'liq maxsus ishlov berish turlariga bo'linadi. Qisman maxsus ishlov o'tkazish o'z ichiga qo'yidagilarni oladi: odamlarda qisman sanitariya ishlovi o'tkazish, suv, oziq - ovqatlar, texnika, yem - xashak, tibbiy mulk, ish va yashash joylarini qisman zararsizlantirishni. To'liq maxsus ishlov o'tkazish qo'yidagilardan iborat odamlarga nisbatan to'liq sanitar ishlovi o'tkazish va individual himoya vositalarini, kiyim -kechaklarni, asbob - anjomlarni, texnikani, yashash va ish joylarini to'liq zararsizlantirish.
Zararsizlantirish ishlari shaxsiy himoya vositalarini kiygan va jarayonni olib borish qoidalariga qat'iy rioya qilgan holda olib borilishi shart.
Zararlanish turiga qarab, qo'yidagi zararsizlantirish ishlari olib boriladi: dezaktivatsiya, degazatsiya, dezinfektsiya, dezinsektsiya va deratizatsiya
Do'stlaringiz bilan baham: |