Fuqaro himoyasi



Download 24,37 Mb.
bet8/125
Sana30.04.2022
Hajmi24,37 Mb.
#599775
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   125
Bog'liq
FX Majmua

3. FV larning tavsifi.
Har qanday favqulodda vaziyatlar 8 ta ko’rsatkich bo’yicha anihlanadi:

  1. Favqulodda vaziyatning nomlanishi (FV ning ta’rifi);

  2. FVning mohiyati (mazmuni);

  3. FVning’ sabablari; ,

  4. FVning shikastlovchi omillari;

  5. FVda qaltislikni oshiruvchi omillar;

  6. FVni oldindan bilish mumkinligi (monitoring, bashorat, ogohlantirish, yumshatish);

7. FVni bartaraf qilish (falokatdan kutqarish va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni bajarish);
8. Moddiy zararni aniqlash (bevosita va bilvosita).
Har qanday turdagi xavf-xatarli holatlar muayyan sharoitlarda, muhitda favqulodda vaziyatlarga olib keladi.
FV oqibatlari turli-tuman bo’ladi. Ular FV turiga, tusiga va tarqalish miqyosi (masshtabi)ga bog’liqdir. FV oqibatining asosiy turlari: o’lim, odamlarni kasallanishi, inshootlarning buzilishi, radioaktiv ifloslanishlar, kimyoviy va bakterial zaharlanishlar. Yana shuni alohida qayd qilish kerakki, FVning ko’pgina holatlarida boshqa zararli omillar bilan birga ruhiy jarohatlovchi omili ham mavjud bo’ladi. Bu paytda o’ta kuchli tasodifiy ta’sirlar odamning ruhiy holatini buzilishiga olib keladi.Bu ta’sirning xavfli yeri shundaki, bu ruhiy holat faqatgina shu ta’sir hududidagana emas, undan chiqqandan keyin ham davom etishi mumkin. FV xavfini oldindan ma’lum aniqlikda bilish mumkin bo’lsada, ammo, uning ruhiy ta’sirini aniq aytish mushkul hisoblanadi.
FVning zararli va xavfli omillari ta’siri ostida joylashgan aholi, hayvonlar, inshootlar, moddiy resurslarning barchasi - «SHikastlanish o’chog’i» deyiladi. Oddiy (bir turli) shikastlanish o’choga deb, faqat bir shikastlovchi omil ta’sirida hosil bo’ladigan o’choq tushuniladi. Masalan, portlash, yong’in natijasida buzilish, kimyoviy zaharlanish kuzatiladi. Murakkab (ko’p turli) shikastlanish o’chog’i deganda bir necha shikastlovchi omillar ta’sirida yuzaga kelishi tushuniladi. Masalan, kimyo korxonasidagi portlash, binolarning buzilishiga, yong’in, kimyoviy zaharlanish kabi oqibatlarga, yer silkinishi, kuchli bo’ron, inshootlarning buzilishidan tashqari, suv toshqini, yong’inlar, elekgr tarmoqlarining ishdan chiqishi, zaharli gazlarning chiqib ketishi natijasida zaharlanish va boshqa talofatlarga olib kelishi mumkin.
FVlardan himoyalanishning asosiy shart-sharoitni baholay olish, keltirib chiqargan sababini va uning msxanizmini bilishdir. Jarayonning mohiyatini bilib, uning oqibatini oldindan aytib berish mumkin. Uz vaqtida va aniq olingan ma’lumot samarali himoya uchun o’ta muhimdir.
Kelib chiqishi va turidan qat’i nazar FVlarning rivojida to’rt fazalarni ajratish mumkin: :

  1. Uyg’onish, paydo bo’lish;

  2. Rivojlanish, avj olish fazasi;

  3. Eng yuqori darajasi, engyuksakdarajadagifazasi;

  4. Pasayish, o’tish fazasi (oqibatini tugatish).

Uygonish fazasida bo’lg’usi FVning zamini uchun sharoit yaratiladi: noxush tabiiy jarayonlar faollashadi, inshootlarning loyiha ishlab chiqarish nuqsonlari yig’ila boshladi va ko’plab texnik nosozliklar yuzaga chiqadi, uskunalar ishida, ynjener texnolog xodimlar ishida nuqsonlar paydo bo’ladi.
Uyg’onish fazasi davomiyligini aniqlash uchun, bu ham juda katta taxmin bilan seysmik, meterologik, sellarga qarshi va boshqa stanqiyalarning kuzatuvlarini juda sinchiklab o’rganish va muntazam yozib borish orqaligina bajariladi.
Rivojlansha, avj olish fazasida inson omili asosiy o’rinni egallaydi. Statistik ma’lumotlar 60% dan ortiq avariyalar inson xatosi tufayli ro’y berganligini ko’rsatadi.
Eng yuqori darajadagi fazada esa odamlar va atrof muhitga xavf solib turgan modda yoki energiyaning ozod bo’lishi, ya’ni FV kuzatiladi.
FVning o’ziga xosligi shundaki, u zanjirsimon xususiyatga ega. Unda energiya to’la, zaharli va biologik komponentlarning qo’shilib ketishi tufayli uning rivojlanishi ko’p martalab ortib ketadi.
Pasayish, o’tish fazasi vaqt bo’yicha xavf manbasini jilovlab olish davridan boshlab, to uning oqibatini bevosita va bilvosita bartaraf qilguncha ketgan vaqtdir. Bu fazaning davomiyligi yillar, gohida 10 yillar davom etishi mumkin.
FVlarning shikastlanish sabab - oqibat zanjirini konkret sharoitda bilish, bunday vaziyatning oldini olish ehtimolini oshiradi va oqibatlarini tezroq tugatishga yordam beradi.



Download 24,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish