Fuqaro himoyasi


Xabar berish signallari va ularga binoan aholini harakatlari



Download 24,37 Mb.
bet18/125
Sana30.04.2022
Hajmi24,37 Mb.
#599775
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   125
Bog'liq
FX Majmua

Xabar berish signallari va ularga binoan aholini harakatlari.
Aholi himoyasi xavf-xatar haqida yoki uning yuz berishi mumkinligi to'g'risida o'z vaqtida xabar berishdan boshlanadi. Xabar berish aholiga tushunarli, avvaldan belgilangan shartli signallardan (sirena ovozi, korxona va muassasalardan beriladigan signallar) boshlanadi. Maqsad aholining e'tiborini insonlar hayoti va salomatligiga taxdid soluvchi xavfli vaziyat sodir bo'lishi mumkinligiga qaratish va bunday vaziyatlarda harakat tartibini tushuntirishdan iborat.
Aloqa vositalari va xabar berish usullari avvaldan rejalashtirilgan va tashkil qilingan bo'lishi kerak. Fuqaro himoyasi tadbirlarini o'tkazishning barcha rejimlarida aloqa va xabar berish vositalari asosiy o'rinni egallaydi.
Har qanday xavf-xatar holatida elektr sirenalari ishga tushiriladi. Ularning hayqirig'iga korxonalarning uzuq-uzuq gudoklari jo'r bo'ladi. Fuqaro himoyasining «Diqqat barchaga!» degan yangi signali ana shu.
Sirena ovozi eshitilgan zahoti televizor, radiopriemnik, radiokarnaylarni ishlatib qo'yib, mahalliy hokimiyat organlarining yoki favqulodda vaziyatlar boshqarma, bo'limlarining xabarlarini tinglash kerak.
Bu tabiiy ofat yoki avariya oqibatlarini tugatguncha davom etishi lozim. Aholi punktlarining va xalq xo'jaligi ob'ektlarining radiotranslyaqiya tarmoqlari kechayu-kunduz ishlashga o'tkazilishi kerak.
Radioeshittirish va televidenie (jo'r ovoz bo'ladigan radiouzatgichlarni ham qo'shib) respublika aholisiga xabar berish va axborotni yetkazishning asosiy vositalari hisoblanadi. Xabar berish signallari va tegishli axborot butun hududga ham, shuningdek hududlarni tanlab olib (viloyat tumanini) ham berilishi mumkin.
Ovozli xabarlarni Aloqa vazirligining yoki davlat telYeradiosining eshittirish studiyalaridagi suxandonlar (diktorlar) yoki viloyat, shahar, qishloq tumanlari ma'muriy markazlardagi studiyalarning va xalq xo'jaligi inshootlari dispetchYerlik punktlarining suxandonlari eshittiradilar.
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmalari asoslangan ovozli xabarlar matnini davlat va rus tillarida ishlab chiqishlari, ularni magnit tasmasiga (videokassetaga) yozib qo'yishlari kerak. Magnit plenkasidagi yozuvlar (videokassetalar) FV-lar boshqarmasida (tezkor navbatchida) va inshootlarda hamda Aloqa vazirligining va Davlat telYeradiosining studiyalarida belgilangan tartibda uyushqoqlik bilan saqlanishi kerak.
Kechiktirib bo'lmaydigan favqulodda hollarda ovozli qisqa xabarlarni favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor navbatchisining bevosita ish o'rnidan turib magnit tasmasidan yoki to'g'ridan to'g'ri eshittirish tarzida (magnit tasmasiga oldin yozib olmagan tarzda) eshittirishga tegishli fuqaro himoyasi boshliqlarining ijozati bilangina yo'l qo'yiladi. Radiotranslyaqiya tarmog'ini tanlab olish uchun P-164R apparatidan foydalaniladi. Bildirish signallari televidenieda ham, efirga bevosita uzatib yoki videomagnit tasmaga yozib olib yetkaziladi. Bu maqsadda respublika eshittirish dasturlari ishga solinadi. Viloyatlarda respublika dasturiga istalgan vaqtda kirib, viloyat telYeradiomarkazlaridan axborot bYerib xabardor qilish imkoniyati bor.
Favqulodda vaziyat sodir etshganda aholiga bildirish tartibi quyidagicha bo'lishi mumkin. Kimyoviy xavfli ob'ektda avariya bo'lganda bunday axborot beriladi: «Diqqat barchaga!!! SHahar favqulodda vaziyatlar bo'limidan gapiramiz. Fuqarolar! Kimyo kombinatida kuchli ta'sir etuvchi zaharli modda -xlor chiqib ketib, avariya sodir bo'ldi. Zaharlangan havo buluti ... yo'nalishida tarqala bormoqda. Quyidagi shahar kvartallari va viloyat aholi punktlari kimyoviy zaharlanish hududida qoladilar... Zaharlanish hududiga tushib qolgan kishilar uylaridan, muassasa, korxona, o'quv yurtlaridan chiqsinlar, shamol yo'nalishiga pYerpendikulyar, eng qisqa yo'l bilan xavfsiz joylarga o'tsinlar. Tashqariga chiqishdan oldin ho'llangan yoki 2% li ichimlik soda Yeritmasi shimdirilgan paxta-dokali bog'ich taqib olinglar.
Agar zaharlangan havo buluti yetib kelguncha xonadoningizdan, uyingizdan chiqib ulgurmasangiz, qolgan joyingizda yashrinib, dYeraza-eshiklarni zichlab yopib, xonangizga tashqaridan havo kirmaydigan qilib oling.
Yerto'lalar va uylarning pastki qavatlariga yashirinmang. Xlor havodan og'ir bo'lgani uchun, pastqam joylarga, jumladan, yerto’lalarga oqib kiradi. Keyin esa favqudodda vaziyatlar bo'limining ko'rsatmasiga binoan yo'l tuting. Avariyani bartaraf qilish choralari ko'rilayapti. Xabarlarimizni kuzatib boring».
Mana shu tartibdagi axborot bir necha marotaba beriladi.
Atom elektr stanqiyasida yuz bergan avariya haqida fuqaro himoyasi quyidaga tartibda xalqni ogoh qiladi: «Diqqat, Fuqaro Himoyasi shtabidan gapiramiz. Fuqarolar! Atom elektr stanqiyasida avariya sodir bo'ldi. SHu AES atrofida joylashgan «O'zBAT» korxonasi, Hamza aloqa uzatish tarmog'i, yangi qurilayotgan metro stanqiyasi, Toshkent minYeral suv quyish zavodi va uy-joylarga, mahallalarga radioaktiv changlarning tushishi kutilmoqqa.
SHu hududda yashovchi hamma fuqarolar o'zlarining, yashovchi uylari gYermetikligini (zichligini) mustahkamlashlari, uy hayvonlarini pana joyga kiritishlari, oziq-ovqat mahsulotlarini, suvlarni radioaktiv chang tushishidan saqlashlari, o'zlari esa yodli preparatdan qabul qilishlari kerak. Keyingi hatti-harakatlar fuqarolar himoyasi shtabi yo'riqnomalari asosida olib boriladi».
Suv bosish ehtimoli tug'ilganda bunday axborot beriladi: «Diqqat barchaga!!! Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan (bo'limidan) gapiramiz. Fuqarolar! Qor qattiq Yerib, CHirchiq daryosida suv sathi ko'tarilishi natijasida kuyidagi joylardagi uylar va xo'jalik qurilishlarini suv bosishi kutilmoqda. Pasqam joylardagi aholi kerakli buyumlarini chordoqlarga, yuqori qavatlarga chiqarib qo'ysin. Evakuaqiyaga taeor turilsin. Eng zarur kiyim va poyafzal, ovqat mahsulotlarini olib ketishga taeorlab qo'yilsin. Suv yanada ko'tariladigan bo'lsa, uylardan chiqib, tepalik joylarga o'tishga taYerturilsin. Ketishdan oldin elektr toki, suvni to'xtatib, pechlardagi o't o'chirib qo'yilsin. Pul va hujjatlarni olish yodingizdan chiqmasin! Hayvonlarni, ozuqa va yem-xashaklarni ehtiyotlab qo'yishni o'ylang. Suv bosish xavfi borligini qo'shnilaringizga eslating. Bolalarga, keksalarga va xastalarga yordam bYering. Vazminlik, tartibni saqlang. Agar suv dalada ekaningazda kelib qolsa - balandlik joylarga chiqing, bordiyu, buning iloji bo'lmasa daraxtga chiqib oling. Juda bo'lmasa, odamni suv betida tutib tura oladigan xoda, taxta, yog'och devor parchalari, yog'och eshik, dYeraza, avtomobil kamYeralari singari narsalardan foydalaning. Suv bosish hududidan evakuaqiya qilish choralari ko'rilayapti».
Yer silkinishi ehtimolida: «Diqqat Fuqaro himoyasi shtabidan gapiramiz. Fuqarolar! Yer silkinishi ehtimoli bor! Gaz, suv, elektroenergiya, yonayotgan moddalarni o'chirib, uylarni xavfsiz holatda qoldirib, eshitgan ma'lumotlaringizni qo'ni-qo'shnilarga yetkazing. Kerakli narsalarni: kiyim-kechak, hujjat, oziq-ovqat, suv olib baland qurilgan imoratlardan uzoqroq joylarda saqlaning!
Yersilkinganda inshootlarda bo'lsangiz, darhol eshik, oyna ustunlari tagiga turib oling.Tartib va osoyishtalik saqlansin. Fuqaro himoyasi shtabi yo'riqnomalariga e'tiborni qarating!»
Favqulodda vaziyat xavfi tug'ilganda va sodir bo'lganda xavf darajasini ko'rsatadigan ikkita bildirish rejimi belgilangan:
1.Yuqori Tayyorgarlik rejimi.
2. Favqulodda rejim.
Bunday hollarning hammasida hokimiyatlarga, tuzilmalariga, huquq-tartibot organlari (IIB, prokuratura)ga, tibbiy xizmatga, yong'in xavfsizligi xizmatiga va davlat kuzatish xizmatiga xabar beriladi.
Axborot manbalari (datchiklar) bevosita ko'chki (sel) xavfi bor joylarga o'rnatiladi. Axborot kuzatish postiga keladi, kuzatish posti navbatchisi telefonda mahalliy hokimiyatlarni va xavf ostidagi muassasalarning bevosita o'zini xabardor qiladi, shuningdek sirenalarni va yorug'lik signallarini ishlatib yuboradi. SHu bilan bir vaqtda kuzatish stanqiyasi navbatchisiga ro'y bergan hodisa haqida axborot bYeradi, tuman favqulodda vaziyatlar bo'limini, tuman hokimiyatini, Ichki ishlar boshqarmalarini, prokuraturani, tibbiy xizmatni, yong'inga qarshi kurash xizmatini va davlat kuzatish xizmatini xabardor qiladi.

Download 24,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish