To'la sanitariya ishlovi.
Fuqarolarni to'la sanitariya ishlovidan o'tkazish maxsus jihozlangan statsionar yuvuvchi punktlarda (SYuP), hammomlarda, dushlarda, sanpro pusnikda tashkil etiladi. Bundan tashqari, sanitariya ishlovi punkti ochiladi, unda odamlarni dushda yuvintirish uchun dezinfektsiyalovchi dush qurilmasidan (DDA) va pritsepidan (DDP) foydalaniladi.
DDA odamlarni dushda issiq suv va sovun bilan boshdan - oyoq yuvinib, kiyim - bosh, poyabzal, shaxsiy himoya vositalari va boshqa yumshoq predmetlarni dezinfektsiyalab, to'la sanitariya ishlovidan o'tkazishga mo'ljallangan. DDA-da bir vaqtda 24 kishi yuvinishi mumkin. Bir soat ichida 40 - 70 kishiga xizmat qila oladi, kiyimlarni dezinfektsiya qilmaganda esa 60 - 90 kishiga xizmat qiladi.
DDP-ning xizmat kuchi DDA-dan ikki marta kam.
Yuvuvchi punktlarida qo'yidagilar ochiladi: 1) sanpropusnik; 2) kiyim -bosh va poyabzalni dezaktivatsiyalovchi maydoncha; 3) ZM va bakteriologik vositalardan zararlangan kiyim - bosh va poyabzalni tozalash uchun maydoncha.
Sanpropusnik uch xonadan iborat: yechinish, yuvinish va kiyinish xonalari. Dushdan chiqaverishda DP-5A asbobi bilan dozimetrchi turadi. U tanani dozimetrik nazoratdan o'tkazadi. Agar tananing ba'zi joylarida radioaktiv zararlanish darajasi yo'l qo'yish mumkin bo'lgan darajadan yuqori bo'lsa, u kishi qaytadan yuvinishga yuboriladi.
Zararlanganlar va yaradorlar OPM-da yoki shahardan tashqaridagi kasalxonalarda to'la sanitariya ishlovidan o'tkaziladi. Bu yerda sanpropusnik yoki xuddi shu sxemadagi alohida maxsus tozalash xonasi tashkil etiladi. U fuqarolarni ishlovdan o'tkazish uchun ham ishlatiladi. Yechinish, dush, kiyinish va dezaktivatsiyalovchi maydonchadan iborat bo'lgan sanpropusnik ochiladi.
Echinish xonasida zararlanganlarning kiyim - boshi yechib olinib, zararsizlantirish uchun yuboriladi. Yaralarga odatdagi bog'ichdan tashqari, polietilen bog'ich ham qo'yiladi. Kiyim - boshni dezaktivatsiyalash dezaktivatsiya mydonchasida, dezinfektsiya DDA-da yoki bug'-formalin kameralarida o'tkaziladi. Degazatsiya qilish uchun qaynatiladi, shamollatiladi yoki zararsizlantiruvchi stantsiyaga jo'natiladi.
Tibbiyot xodimlari dezaktivatsiya maydonchasida va yechinish xonasida shaxsiy himoya vositalari bilan ishlaydilar, ish tugagach, to'la sanitariya ishlovidan o'tadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |