Dezinfektsiya — zararlangan ob'ektlardan kasallik qo'zg'atuvchi mikroblarni va ularning toksinlarini yo'qotishdir.
Dezinfektsiya kimyoviy, fizik, mexanik va kombinatsiyalashgan usullar bilan amalga oshiriladi. Kimyoviy usulda — kasal tarqatuvchi mikroblar dezinfektsiyalovchi moddalar bilan yo'q qilinadi. Dezinfektsiyalovchi moddalarga xlorli ohak, xloramin, fenol, lizol, formalin va boshqalar kiradi. Fizik usulda kiyim-kechaklar, idish-tovoqlar va boshqa vositalarni, materiallarni qaynatish yo'li bilan dezinfektsiya qilish, kiyim-kechaklarni, materiallarni quyosh tushadigan joyga osish, xonalarni kvarts lampalari yordamida zararsizlantirish kabilar tushuniladi. CHiqindilar va boshqa narsalarni yoqib yuborish ham dezinfektsiyaning fizik usullaridan hisoblanadi. Mexanik usul deyilganda yer ustidagi zararlangan qismlarni yo'qotish, transport vositalarini, yashash joylarini suv bilan yuvish, ho'l latta bilan artish kabilar tushuniladi.
Dezinsektsiya — yuqumli kasalliklarni tarqatuvchi turli hasharot va qurt - qumusqalarni yo'qotishdir. Dezinsektsiya fizik va kimyoviy usullarda olib boriladi. Kimyoviy dezinsektsiya maqsadida insektitsid moddalar: DDT, geksaxloran, xlorofos, dixlofos, dust va boshqalardan foydalaniladi.
Deratizatsiya - yuqumli kasalliklarning tarqalishiga sabab bo'ladigan kemiruvchi hayvonlar (kalamush, sichqon, yumronqoziq va boshqalar)-ni yo'q qilish. Deratizatsiyaning mexanik, kimyoviy va biologik vositalaridan foydalaniladi. Mexanik vositalar sifatida tuzoq, qopqon va to'r qo'llaniladi. Kimyoviy vositalar krisid, rux fosfid va zookumarin qo'llaniladi. Deratizatsiyaning biologik metodi kemiruvchilarga sun'iy ravishda salmonellyoz kasalligini yuqtirib, ularni qirishdan iborat.
2. Oziq-ovqat mahsulotlari va suvni zararsizlantirish.
Agar oziq - ovqatlar RM, ZM hamda bakterial vositalarning ruxsat etilgan dozasi yoki kontsentratsiyasidan yuqori darajada zararlangan bo'lsa, bunday oziq - ovqatlar ta'minot uchun yaroqsiz hisoblanadi. Bunda ularni dezaktivatsiya, degazatsiya, dezinfektsiya qilish kerak bo'ladi yoki yo'qotib tashlanadi.
Germetik idishda saqlanadigan oziq - ovqatlarni dezaktivatsiya qilish uchun zararlangan sirtlar toza suv yoki dezaktivatsiya qiluvchi eritmalar yordamida yuviladi. SHundan so'ng oziq - ovqatlar idishdan chiqarib olinadi va ularning zararlanganligi tekshirib ko'riladi.
Lavlagi, sabzi, kartoshka, yangi uzilgan karam, piyoz va mevalarni ko'p miqtsordagi suv bilan yuvish natijasida dezaktivatsiya qilinadi. Dezaktivatsiya o'tkazishdan oldin karam va piezning yuqori qavati olib tashlanishi kerak.
Un, shakar, yorma va boshqa sochiladigan mahsulotlar ko'p qavatli qog'ozdan tayyorlangan qoplarda saqlangan bo'lsa, uning yuqori qavatlari olib tashlanadi va ichki qavatining RM-lar bilan zararlanganligi tekshirib ko'riladi. Zarur hollarda ba'zi mahsulotlar toza idishlarga solib shamollatiladi.
Bir qavatli matoli qoplardagi mahsulotlarning zararlanmagan qismini olish uchun ikki tarafi ochiq tsilindrlardan foydalaniladi. TSilindrlarning ko'ndalang kesimi o'lchami (diametri) qopning ichki qismi ko'ndalang kesimidan 4-5 sm kam bo'lishi kerak. TSilindr toza idishga solinadi. Mahsulotning olinishiga qarab tsilindr qop ichiga kirgizib borilaveradi.
Makaron va undan tayyorlangan boshqa mahsulotlar, oziq - ovqat kontsentratlari, quritilgan mevalar va sabzavotlarning zararlanganligini tekshirib ko'rish uchun ular yashiklardan sekin - asta o'ralgan qog'ozlari bilan chiqarib olinadi va toza joyga qo'yiladi. RM-lardan qay darajada zararlanganligi aniqlanadi, ifloslangan joylardagi mahsulotlar olib tapshanadi.
Go'sht va baliqlar ham ko'p miqdordagi suv bilan yuvib dezaktivatsiya qilinadi, agar yuvilgandan keyin ham ruxsat etilgan ko'rsatkichdan yuqori bo'lsa, unda shu mahsulotlarning 0,5 sm qavati kesib olinadi, so'ngra tozalab yuviladi.
Kolbasalarni degazatsiya qilish uchun oldin u toza suv bilan yuviladi va terisi olib tashlanadi.
Sariyog', qattiq moylar, pishloqlarni dezaktivatsiya qilish uchun pichoq yoki metalldan tayyorlangan qiruvchi moslama yoki sim yordamida 2-3 mm qalinlikdagi tashqi qavati kesib olinadi, so'ngra zararlangan-zararlanmaganligi tekshirib ko'riladi.
Oziq - ovqat mahsulotlari va tayyorlangan oziq - ovqatlar RM-ning ruxsat etilgan darajasidan yuqori bo'lsa, bunday mahsulotlar va oziq -ovqatlar iste'mol qilish uchun berilmasdan yo'qotib tashlanadi. Buzilmaydigan mahsulotlar omborga topshiriladi va RM ko'rsatkichi pasayguncha 2 - 3 oy mobaynida saqlab turiladi.
Suyuq tomchi holdagi ZM oziq - ovqatlarga tushgan bo'lsa, bunday oziq -ovqatlar degazatsiya qilinmasdan yo'qotiladi. Ko'p qavatli yoki bir qavatli qoplarga solingan mahsulotlar ( un, yormalar, shakar va boshqalar) suyuq -tomchi holidagi ZM-lardan zararlangan bo'lsa, bunday mahsulotlar degazatsiya qilinadi. Buning uchun qopning yuqori qavatlari olib tashlanadi yoki zararlangan idishlarga tegib turgan mahsulotlar ehtiyotlik bilan olib tashlanadi.
Qattiq yog'lar zararlangan bo'lsa, ularning tashqi qavati 0,7-0,8 sm qalanlikda kesib tashlanadi va to'rt hajm suv bilan 4 soat mobaynida qaynatiladi. Azotli ipritdan zararlangan yog'lar qaynatilmaydi.
Zararlangan sabzavotlar ochiq havoda shamollatiladi, so'ngra ko'p miqdordagi suv bilan yuviladi va 0,2-0,3 mm qalinlikdagi qavati olib tashlanadi.
Makaron mahsulotlari va yormalar uzoq vaqt ochiq havoda yoyib qo'yiladi va ko'p miqdordagi suvda pishiriladi. So'ngra suvi to'kib tashlanadi va yana suv solib qaynatiladi. Germetik idishlarga solingan oziq - ovqat mahsulotlariga ZM-lar tushgan vaqtda ushbu idishlar degazatsiya qiluvchi eritmalarga ho'llangan latta bulan uch marta artiladi, so'ngra toza suv bilan yuvib tashlanadi va quritiladi.
Ko'chma oshxona, oshxona idish - tovoqlari va asbob - anjomlari RM va ZM-lardan zararlangan vaqtda ular dezaktivatsiya yoki degazatsiya qiluvchi eritmalar yordamida bir necha marta artib chiqiladi. Ko'p miqtsordagi toza suvda yuviladi va qaynatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |