2. Boshpana.
Boshpana — odamlarni yadro qurolining hamma zararlovchi omillaridan (zarbli to'lqin, yorug'lik nurlanishi, singuvchi radiatsiya va joylarning radioaktiv ifloslanishi), shuningdek, kimyoviy, biologik qurollar va oddiy hujum vositalarining zararlaridan, KTZM, buzilgan inshootlar va texnikaning parchalari ta'siridan saqlaydi.
Boshpana binolarning yerto’lalariga joylashgan bo'ladi yoki alohida quriladi. Boshpanalar juda mustahkam qilib qurilgan, gYermetikligi yuqori, sanitar - gigiena va moddiy sharoiti mavjud bo'lib, u eYerda odamlarni bir necha kun davomida betalofat saqlash mumkin.
Boshpanalar odamlarni tsabul tsiligi soniga ko'ra 5 sinfga bo'linadi: kichik (150-300 kishi), o'rtacha (300-600 kishi), katta (600 dan ko'p) va boshqalar.
Boshpanani tsurishda tsuyidagi talablar ko'ygshadi:
1)3 sutkadan kam bo'lmagan muddatda saqlash;
Suv bosmaydigan joylarda qurish;
Oqar suvlardan, kanalizatsiya kommunikatsiyalaridan hamda qurilish
kommunikatsiyalaridan uzoqroq joylarda kurish;
CHiqish va kirish eshiklarining bo'lishi.
Boshpanalar tepasi juda pishiq va mustahkam, devorlari zarbli to'lqin, singuvchi radiatsiyaga chidamli bo'lishi kerak. Tashqaridan zaharli havo kirmasligi uchun gYermetik ishlangan bo'lishi zarur.Boshpanaga kirish uchun 3-ta eshik quriladi. Birinchi eshik zarbli to'lqindan buzilib ketmasligi uchun metalldan pishiq ishlangan bo'ladi, qolganlari gaz o'tkazmaydigan bo'lishi kerak. Eshiklar zich yopilishi uchun chetiga rezina yopishtiriladi. Bu eshiklar orasida ikkita tambur - koridor hosil qilinadi. Kirish eshiklaridan tashqari, ehtiyot chiqish joyi bo'lishi kerak. Ehtiyot chiqish joyi Yertagidan g'isht, temir - beton teshik (quvur) va tepasi juda pishiq eshik bilan bekitiladigan quduq shaklida ishlanadi.
Boshpana asosiy va qo'shimcha xonalardan tashkil topadi.
Asosiy xonalarga — odamlar, boshqaruv tizimlari, tibbiy xizmat tizimlari joylashtiriladi. Qo'shimcha xonalarga jihozlar, asbob - uskunalar, oziq-ovqatlar, suv va boshqa kerakli vositalar joylashtiriladi. Boshpanalar odamlar yotadigan va turib saqlanadigan holda bo'ladi. Turib saqlanadigan boshpanalar sifatida ishlab chiqarish, ma'muriy va xalq yashaydigan baland uylarning yerto’lalaridan foydalaniladi.
Boshpana bir necha bo'limlardan tashkil topib, har biriga 50-75 odam sig'ishi kerak. Ular yarusli qilib jihozlanadi va har bir odamga 0,5 m2 joy to'g'ri kelishi ko'zda tutiladi.
Boshpanada havo yetarli bo'lishi uchun Filtr - ventilyatsion qurilma, havo tortuvchi quvur, elektr yoki qo'l bilan ishlatiladigan havo nasosi, boshpananing har bo'lagiga havo o'tkazuvchi quvurlar, havoni RM, ZM va kasallik qo'zg'atuvchi mikroblardan tozalovchi yutuvchi Filtr bo'ladi. Ularda elektr, aloqa, suv, kanalizatsiya va isitish tarmoklari ham bo'ladi. Boshpanada radiatsion va kimyoviy razvedka jihozlari, himoyalovchi vositalar, o't o'chirish qurollari, oziq - ovqatlar, suv zaxirasi va dori - darmonlar bo'lishi shart.
Boshpanadagilar orasidan komendant va kundalik navbatchi tayinlanadi. Aholi boshpanaga «Havo tYerevogasi», «Radioaktiv zararlanish xavfi» , kimyoviy, biologik zararlanish xavfi haqidagi signallardan keyin kiradi.
«Himoya inshoolarini bYerkitish» signalidan keyin, gYermetik eshiklar bYerkiladi va odamlarning boshpanalarga kirishi to'xtatiladi..Birozdan keyin Filtr - ventilyatsion qurilma ishga tushiriladi.
Boshpanada chekish, shovqin solish, sham va lampa yoqish, uy hayvonlarini, qo'pol buyumarni, hidli va alangalanuvchi buyumlarni olib kirish man etiladi. SHaxsiy himoya vositalari taeor holda tutish kerak. Radiatsiya darajasi pasayib, ZM to'la bo'g'lanib bo'lgandan keyin yoki xudud zararsizlantirilgandan keyin signal bilan chiqarishga ruxsat etiladi.
Tibbiy xonada tibbiy xizmat ko'rsatiladi, boshpananing sanitariya holatini ana shu post nazorat qilib turadi, bemorlarga va jabrlanganlarga tibbiy yordam ko'rsatiladi.
Agar favqulodda vaziyatda alohida qurilgan boshpanalar bo'lmaganda tez jihozlanib, foydalanadigan boshpanalar quriladi. Bunday boshpanalarni metropolitenlar, Yerosti yo'llari, inshootlarning yerto’lalarini kerakli asbob - uskunalar bilan jihozlab taeorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |