Fuqaro B. O davlat korxonasiga murojaat qilib, ishchi xizmatchilarga uy-joy ajratish uchun asos bo‘lgan hujjatlar bilan tanishtirishni so‘ragan. Davlat korxonasi masʼul xodimi tomonidan B. O



Download 37,35 Kb.
bet2/5
Sana20.06.2022
Hajmi37,35 Kb.
#681120
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ma\'muriy sud ish yurituvi o`z

Vaziyatga huquqiy baho bering.
Ishning ma’muriy sudga taalluqlilik va tegishlilik jihatlarini yoritib bering.
Vaziyat bo‘yicha chiqariladigan sud hujjatining asoslantiruvchi qismini tayyorlang.




Arizachi fuqaro Eshmatov "Barlos" MCHJ raxbari sifatida sudga shikoyat arizasi bilan murojaat qilgan. Arizada keltirilishicha Moliya vazirligi tomonidan qabul qilingan 2022-yil 15-apreldagi idoraviy normativ-huquqiy hujjati arizachining faoliyati hamda huquq va manfaatlariga zid ravishda qo`llanilmoqda. Sud majlisida ko`rsatma bergan arizachining vakili so`zlariga ko`ra, sud majlisida hujjatni chiqargan organdan hech qanday vakil ishtirok etmayotganligi vaj qilindi. Sudning javob berishicha javobgar vakillari sud majlisini o`zlarining ishtirokisiz ko`rish haqida iltimosnoma kiritishga hamda sud bu iltimosnomani qabul qilgan. Hal qiluv qarori bilan arizachining talablari qanoatlantirish rad etildi. Norozi bo`lgan arizachi yuqori turuvchi sudga apellatsiya shikoyati bilan murojaat qildi. 
Sudning harakatlariga baho bering.




Arizachi Toshkent viloyati Adliya boshqarmasi sudga ariza(shikoyat) bilan murojaat qilib, unda Ohangaron tuman hokimligiga nisbatan Ohangaron tuman hokimining 2021-yil 11-avgustdagi 46-10-134-Q/21-sonli qarorini haqiqiy emas deb topishni so'ragan. Ishni ko'rish davomida arizachi vakili sudga ariza taqdim etib, Ohangaron tuman hokimligiga nisbatan arizasi bo'yicha ko'rilayotgan ma'muriy ishni tuman hokimining 2021-yil 11-avgustdagi 46-10-134-Q/21-sonli qarori, tuman hokimining 23.02.2021 yildagi 107-10-134-Q/21-sonli qarori bilan bekor qilinganligi sababli ma'muriy ishni ish yuritishdan tugatishni so'radi. Sudya idh yuritish davom etayotganligi sabali hozir ish yuritishni tugatish qonunchilikka muvofiq emasligini ta'kidlab, hal qiluv qarori bilan arizachining talaablarini qanoatlantirdi. Bundan nozori bo`lgan hokimiyat vakili yuqori turivchi sudga apellatsiy ashikoyati bilan murojaat qildi. 
Sudning harakatlariga baho bering.




Arizachi "ARSLON PLASTIK" MCHJ sudga O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi, Davlat bojxona qo'mitasi Toshkent shahar boshqarmasi, "O'zbekekspertiza" AJ, "O'zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" dm "UZTEST" va O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi "loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi" DUKning xatti-harakatlari ustidan ariza bilan murojaat qilib, tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi bo'yicha tasniflanishi bo'yicha 27.10.2021 yildagi 209-sonli komission ekspertiza xulosani haqiqiy emas deb topishni, O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi va Davlat bojxona qo'mitasi Toshkent shahar boshqarmasi mansabdor shaxslarining harakatlarini qonunga xilof deb topishni va O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi "loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi" DUKning mansabdor shaxslarining harakatlarini qonunga xilof deb topishni so'ragan. Ariza sud muhokamasida ko`rish chog`ida sudning ish yurutishni tugatish haqidagi ajrimi bilan(108-modda 1-qism 1-band) ish yurutish tugatilgan. Arizachi apellatsiya shikoyati bilan yuqori turuvchi sudga murojaat qilgan. 
Sudning harakatlariga baho bering. 


Arizachi "Buloq" fermer xo`jaligi direktori .Mo`ydinov Ma'muriy sudga murojaat qilib, Piskent tuman hokimining 2021-yil 1-martdagi yerni zaxiraga olib qo`yish haqidagi qarorini haqiqiy emas deb topishni so`ragan. Sud majlisida arizachi talabini tuman hokimining xatti-harakatlarini qonunga hilof deb topishni so`ragan. Javobgar tomondan ishtirok etayotgan hokimiyat yuristi arizachining talablarini qanoatlantirmaslik haqida ko`rsatmalar bergan. Arizachining muzokara nutqidan ma'lum bo`lishicha u yer maydonining 20 gektar qismini ikkilamchi ijaraga bergan. U suddan ijarachi fuqaroning ham ishtirok etishini so`rab, iltimosnoma bilan murojaat qilgan. Sudning ajrimi bilan ishni ko`rish keyinga qoldirilgan. 
Sudning harakatlariga baho bering.

25.
Fuqaro Oqyo`lov Yunusobod tuman, Sarbon MFY, Bobur ko`chasida 0.04 gektar yer uchastkasi ajratish to`g`risida Yunusobod tuman hokimining 2020-yil 12-apreldagi qarori qabul qilingan. O`qyo`lov mazkur yer uchastkasining kadastr hujjatlarini tayyorlab berishni so`rab, ariza bilan Yer resurslari va davlat kadastri Yunusobod tuman filialiga murojaat qilgan. ​Yer resurslari va davlat kadastri Yunusobod tuman filiali hodimlari arizaga asosan, yer uchastkasi chizmasini chizish va kadastr hujjatlarini tayyorlash va boshqa harakatlarni amnalga oshirish uchun yer uchastkasiga kelganlarida fuqaro Oqyulov ularga qarshilik ko`rsatganligi, tuman hokimligi qarorida qayd etilgan hududdagi yer maydonining ma'lum qismidan u foydalanib kelayotganligi va yer maydonining ushbu qismlari devor bilan o`ralganligi, ushbu devor bilan o`ralgan qismiga fuqaro Barnoyev nomiga ham kadastr hujjatlari tayyorlab berilganligi aniqlangan. Yer resurslari va davlat kadastri yunusobod tuman filiali hodimlari yer uchastkasi nizoli bo`lganligi uchun Oqyo`lovning kadastr hujjatlarini tayyorlab berish haqidagi arizasini qanoatlantirishni rad etgan. 


Sudning 2021-yil 11-martdagi ajrimi bilan Yunusobod tuman hokimligi nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar nilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida jalb qilingan. Biroq tuman hokimligining vakili sud majlisiga kelmadi. Javobgar vakili arizachi talablarini qanoatlantirishni rad etishni so`rab ko`rsatma berdi. Ma'muriy sud ishlarini yurutish to`g`risidagi kodeksning 149-moddasini qo`llab, sud muhokamasini keyinga qoldirish to`g`risida ajrim chiqardi. 
Arizachi bundan norozi bo`lib shikoyat arizasi bilan yuqori turuvchi sudga murojaat qildi. 
Sudning harakatlariga baho bering. 

26.
Arizachi R.L.Dolimov ma'muriy sudga ariza bilan murojaat qilib, Qashqadaryo viloyati Kasbi tuman 4-sonli notarial idora notariusining xatti-harakatlarini qonunga hilof deb topishni so`ragan. Sudning 2021-yil 7-martdagi ajrimi bilan ishni ko`rish 2021-yil 18-martga tayinlangan. Arizachi sud majlisida videokonferensaloqa rejimi orqali Termiz tumanlararo ma'muriy sudidan(Surxondaryo viloyati) ishtirok etishni ma'lum qilgan. Biroq sud majlisini o`tkazish uchun videokonferensaloqa rejimi orqali Termiz tumanlararo ma'muriy sudi bilan bog`lanishning iloji bo`lmadi. Bu vaziyatda esa javobgarning vakili arz qilingan talabni qanoatlantirishni rad qilishni so`radi. Sud arizachining birinchi sud majlisiga kelmaganligini asos qilib, MSIYT ning 105-moddasi bilan arizani ko`rmasdan qoldirish haqida ajrim chiqardi. 


Ajrimdan norozi bo`lgan arizachi ​shikoyat bilan apellatsiya instansiyasiga murojaat qildi. Apellatsiya instansiyasining qarori bilan birinchi instansiya sudining ajrimi bekor qildi. 
Sudning harakatlariga baho bering. 

27.
2021-yil 19-fevral sanasida kech soat 19:00 lar atrofida Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi hodimlari tomonidan fuqaro Olmosova Kumush Toshkent shahar Yunusobod tumani, Istiqlol ko`chasida shaxsini tasdiqlash maqsadida to`xtatilganida, uning muayyan yashash joyi hamda yonida hech qanday shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari yo`qligi aniqlangan. Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i o`rinbosarining iltimosnoma bilan Olmosova Kumushga Toshkent shahrida muayyan yashash joyi yo`qligi va yonida hech qanday shaxsni tasdiqlovchi hujjatlari bo`lmaganligi sababli, uning shaxsni aniqlash maqsadida muayyan yashash joyiga ega bo`lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga 30 kunga joylashtirish so`ralgan. Sudning qarori bilan iltimosnomani qanoatlantirish rad etildi. Asos sifatida esa, davlat boji to`nmaganligini keltirdi. 


Sudning harakatlari asoslimi?

28.
Arizachi "Nodir" MCHJ ma'muriy sudga ariza bilan murojaat qilib, Chust tuman hokimining 2020-yil 20-dekabrdagi 983-sonli qarorini haqiqiy emas deb topishni so`ragan. Namangan tumanlararo ma'muriy sudining 2021-yil 18-yanvardagi hal qiluv qarori bilan arz qilingan talab qanoatlantirilgan. Viloyat ma'muriy sudining 2021-yil 21-dekabrdagi qarori bilan birinchi instansiya sudining haql qiluv qarori bekor qilinib, arizani qanoatlantirish haqida yangi qaror qabul qilingan. Shu sababli arizachi apellatsiya instansiyasi sudining qaroridan norozi bo`lib, sud qarorini bekor qilish va arz qilingan talabni qanoatlantirish to`g`risida kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan. Kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shokoyatini qaytarish to`g`risida ajrim chiqargan. Unga asos qilib esa, arizachi tomonidan sud hujjatining qaysi qonun hujjatlariga zid ekanligini tasdiqlovchi asoslarni keltirmaganligini keltirgan.


Sudning harakatlariga baho bering. 
29.
Arizachi "Fayz" fermer xo`jaligi rahbari Fayziyev ma'muriy sudga shikoyat qilib, Muborak tuman hokimining 2021-yil 15-martdagi 234-son qarorini haqiqiy emas deb topishni hamda tuman Yer resurslari va davlat kadastri Muborak tuman filiali mansabdor shaxslari xatti-harakatlarini g`ayriqonuniy deb topishni so`ragan. Arizaning mazmunidan aniq bo`lishicha, "Fayoz" fermer xo`jaligining 39 gektar yer maydini hokimning 234-sonli qarori bilan zaxira yeri sifatida olib qo`yilgan edi, shu bilan birga mazkur tuman hokimi tomonidan Fayziyevga 2019-yil 14-martda yakka tartibdagi xususiy uy-joy qurish uchun ajratib berilgan 0.08 gektar yer maydoniga kerakli hujjatlar rasmiylashtirib berilmayotganligidan norozizlik bildirib sudga murojaat qilgan. 
Arizachining talablarini qanoatlantirish haqida hal qiluv qarori chiqarilgan. Bu ajrimdan norizi bo`lib, tuman hokimligi apellatsiya shikoyati bilan yuqori turivchi sudga murojaat qildi.
Sudning harakatlariga baho bering. 

30.
Arizachi Nig'matov ma’muriy sudga ariza bilan murojaat qilgan. Arizaga ko‘ra, javobgar tuman hokimi tomonidan chiqarilgan 2020-yil 19-oktabrdagi yerni davlat zaxirasiga qaytarish to‘g‘risidagi qarorini haqiqiy emas deb topish va yerni zaxiraga olib qo‘yish natijasida yetkazilgan zararni undirish so‘ralgan. Ariza bo‘yicha ish sudda ko‘rib chiqilayotgan paytda sudya tomonidan arizada ikkita talab berilganligi hamda bu talablar bo‘yicha nizolar ikkita boshqa-boshqa sudga taalluqli ekanligini aniqladi. 


Ushbu vaziyatda sudya tomonidan Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksning 108-moddasiga asoslanib, sudga taalluqli bo‘lmagan nizo asosi bilan ish yuritishni tugatish haqida ajrim chiqardi. Bundan norozi bo‘lgan arizachi apellatsiya shikoyati bilan yuqori sudga murojaat qildi.
Sudning harakatlariga baho bering. 

31.
Arizachi “GRATIS-BUILDINGS” MCHJ rahbari M.M.Abdullayev sudga ariza bilan murojaat qilib, unda Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi tomonidan 10.02.2021 yilda “GRATIS-BUILDINGS” MChJga nisbatan qo‘shimcha ravishda QQS bo‘yicha 1.590.791.878,29 so‘m soliq hisoblashdan iborat harakatini qonunga xilof deb topishni va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi zimmasiga yo‘l qo‘yilgan buzilishlarni bartaraf etish majburiyati yuklashni so‘ragan.


Sud majlisida “GRATIS-BUILDINGS” MChJning ishonchli vakili A.A.Muxamedbayev, arizada keltirilgan vajlar kabi ko‘rsatuvlar berib, ariza talabini o‘zgartirib, Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi mansabdor shaxslarining “GRATIS-BUILDINGS” MChJga nisbatan Soliq kodeksining 14, 266-moddalari talabiga zid ravishda, dalil-isbotsiz bitimlarni ko‘zbo‘yamachilik uchun tuzilgan deb hisoblab, QQS bo‘yicha hisobga olishni bekor qilish va tuzatish amalga oshirishdan iborat 10.02.2021 yildagi harakatini qonunga xilof deb topishni so‘radi.
Dastlabki sud majlisida Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi vakili S.X.Nekov arizani tan olmay, Soliq kodeksining 14-15-moddalarida dalil-isbot bo‘yicha aniq yozilganligini, MChJning QQS bo‘yicha hisobga olishi o‘zidan-o‘zi bekor qilinmaganligini, ogohlantirish xati berilganligini, “GRATIS-BUILDINGS” MCHJ QQS guvohnomasi bekor qilingan korxonalar bilan faoliyat olib borganligini bildirib, keyingi sud majlisiga qo‘shimcha hujjatlar taqdim qilishini maʼlum qildi.
Sudning harakatlariga baho bering. 

32.
Arizachi G.Vastyanov sudga shikoyat bilan murojaat qilib, budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Navoiy bo‘limi mansabdor shaxsining unga 2014-yil 1-dekabrdan 2015-yil 30-aprelgacha bo‘lgan davrga pensiya tayinlashni rad qilishdagi harakatini qonunga xilof deb topishni so‘ragan.


Arizachi G.Vastyanov sudda shikoyati talabini o‘zgartirib, G.Vastyanovga Toshkent shahar Hamza tuman Ijtimoiy taʼminot bo‘limi tomonidan 2006-yil 31-avgustda umrbod yoshga doir pensiya tayinlanganligini, 2014-yil 12-noyabr kuni Rossiya Federatsiyasida doimiy yashash uchun ruxsatnoma olganligini, 30-noyabr kuni doimiy yashash uchun Rossiya Federatsiyasining Moskva viloyatiga ko‘chib ketganligini va shu sababli budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Yashnobod(eski Hamza tumani) tuman bo‘limi tomonidan hisobdan chiqarilganligini, Moskva shahar va Moskva viloyat bo‘yicha 12-sonli pensiya jamg‘armasi tomonidan unga murojaat qilishidan olti oy avvalidan, yaʼni 2015-yil 1-maydan boshlab yoshga doir pensiya tayinlanganligini, 2017-yil dekabr oyida O‘zbekistonga ko‘chib kelganligini, budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Navoiy shahar bo‘limiga murojaat qilganligini, Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Navoiy shahar bo‘limi unga 2018-yil 1-yanvardan pensiya tayinlaganligini, lekin 2014-yil 1-dekabrdan 2015-yil 30-aprelgacha bo‘lgan davrga pensiya to‘lab berish haqidagi talablari rad etilganligini va shu davrga pensiya to‘lab berilmaganligini ko‘rsatib, budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Navoiy shahar bo‘limi mansabdor shaxsining unga 2014-yil 1-dekabrdan 2015-yil 30-aprelgacha bo‘lgan davrga pensiya to‘lashni rad qilish bilan bog‘liq harakatini qonunga xilof deb topishni so‘radi.
Sudning harakatlariga baho bering. 

33.
“Gulbuloq” fermer xo‘jaligi raisi B.Qaysarov 2022-yil 5-yanvar kuni tumanlararo ma’muriy sudiga murojaat qilib tuman hokimining 2021-yil 21-avgustdagi o‘ziga ijaraga berilgan yerni hokimiyat balansiga qaytarish to‘g‘risidagi 213-son qarorini haqiqiy emas deb topishni va hokimning ushbu yerni boshqa fermerga ijaraga berish bilan bog‘liq harakatlarni amalga oshirishni taqiqlashni so‘radi. Tumanlararo ma’muriy sudi sudyasi F.Egamov ariza bilan murojaat qilish muddati o‘tganligi sababli arizani qaytarish to‘g‘risida ajrim chiqardi. Bundan norozi bo‘lgan arizachi apellatsiya shikoyati keltirgan.


Sudning harakatlariga baho bering. 

34.
Arizachi M.D. Raimov davobgar Olmazor tuman hokimligiga nisbatan sudga ariza bilan murojaat qilib, Olmazor tuman hokimining 2019-yil 18-noyabrdagi 22-sonli qarorini haqiqiy emas deb topishni so‘ragan. Sud majlisida arizachi tomnidan ishni mazmunan ko‘rish boshlanguniga qadar sudyani rad etish to‘g‘risida ariza taqdim etilgan.


Arizachi mazkur arizasida sudyani rad etish uchun asos sifatida D.R. Olimov 3-2101 -0119/1/26 sonli ish Toshkent shaxar tumanlararo sudida apellatsiya tartibida hayʼatda ko‘rilganda, sudya sifatida ishtiok etganligini asos sifatida ko‘rsatib o‘tadi. Sud majlisida arizachi arizani qo‘llab-quvvatlashni maʼlum qilib, sudya D.R. Olimov rad etishni so‘radi.
Javobgarning vakili sudya D.R. Olimov mazkur maʼmuriy ish apellatsiya instansiyasi sudida hayʼatda ko‘rilganda, sud hayʼati aʼzolaridan bittasi bo‘lganligini maʼlum qilib. Sudyani rad qilish yoki qilmaslik masalasini hal etishni sudga havola qildi.
Sudning harakatlariga baho bering. 

35.
Arizachi D.Mirsoatov ma’muriy sudga murojaat qilib, javobgar Bo`stonlik tuman hokimining 2020-yil 12-noyabrdagi 330-sonli qarorini haqiqiy emas deb topishni so`ragan.


Nurafshon numanlararo ma’muriy sudining 2021-yil 22-yanvardagi hal qiluv qarori bilan arizachining arizasi qanoatlantirilgan. Ushbu hal qiluv qaroridan noziri bo`lgan fuqaro O.Suyarov sudga hal qiluv qarorini bekor qilish va arz qilingan talabni qanoatlantirishni rad etish to`g`risidagi apellatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan.
Aniqlanishicha, fuqaro O.Suyarov Mirsoatovning qo`shnisi sanalib, u bilan universitetda kursdosh bo`lib o`qiganligi ma’lum bo`ldi.
Sud ajrim bilan apellatsiya shikoyatini ish yuritishga qabul qilishni rad etilgan.
Sudning harakatlariga baho bering. 

36.
Oltinko`l tuman hokimining 2021-yil 11-yanvardagi 33-sonli qarori bilan “Oltinoy”fermer xo`jaliga ajratilgan 70 gektar yer maydoni tuman zaxira yer fondiga qaytarilgan.


Shu sababdan, arizachi “Oltinoy” femer xo`jaligi rahbari B.Shirinova ma’muriy sudga ariza bilan murojaat qilib, javobgar Oltinko`l tuman hokimining 33-sonli qarorini haqiqiy emas deb topishni so`ragan.
Sud majlisida so`zga chiqqan arizachi, o`zi foydalanib kelayotgan yerni zaxiraga o`tkazish to`g`risidagi arizani u yozmagani va hatto imzolamaganini ma’lum qilgan. Va buning natijasida yer ijara shartnomasi noqonuniy bekor qilinganligini hamda tuman hokimining 33-sonli qarori soxta hujjatlarga asoslangan holda qabul qilinganligini va buni aniqlash uchun sud xatshunoslik ekspertizasi o`tkazilishini so`ragan.
Yerni zaxira yer fondiga o`tkazish to`g`risidagi ariza B.Shirinovaning o`zi tomonidan yozilganligini ma’lum qilib, ekepertiza tayinlash to`g`risidagi arizasini qanoatlantirishni rad etishni so`radi. Sud arizachining ekepertiza tayinlash haqidagi talabini qanoatlantirishni lozim topgan.
Javobgar appelatsiya shikoyati bilan viloyat ma’muriy sudiga murojaat qilgan.
Sudning harakatlariga baho bering. 

37.
K.Ochildiev va D.Yopildiev o'rtasida Yashnabod tuman, Barkamol MFY, Do'stlik ko'chasi 3-uy-joy bo'yicha oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan. Ular o'zaro tuzgan shartnomasini unda belgilangan shartlar asosida notarial tasdiqlab berishni so'rab, 5-son notarial idorasi notariusiga murojaat qilgan. Biroq notarius ushbu shartnomada belgilangan ayrim shartlar amaldagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq kelmasligini ma'lum qilib, uni tasdiqlab berishdan bosh tortgan.Shu sababli, arizachilar K.Ochildiev va D.Yopildiev Toshkent tumanlararo ma'muriy sudiga ariza bilan murojaat qilib, javobgar Yashnabod tuman 5-son notarial idorasi notariusining xatti-harakatlarini qonunga xilof deb topishni so'ragan. Sud majlisida arizachi K.Ochildiev arizadan voz kechish to'g'risidagi ariza bilan murojaat qilib, 5-son notarial idora notariusining oldi-sotda shartnomasiga tegishli o'zgartirishlar kiritgan holda tasdiqlash taklifi unga ma'qul kelganligini ma'lum qilgan va arizani qanoatlantirishni so'ragan.


Sud arizani qanoatlantirishni rad etgan. Bundan norozi bo'lgan arizachi K.Ochildiev ushbu ajrim ustidan Toshkent shahar ma'muriy sudiga apellatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan.
​Vaziyatga huquqiy baho bering.​

38.
Fuqaro D.Sotiboldievga Narpay tuman, "Ko'kcha" MFY, Beruniy ko'chasida 0,6 gektar yer uchastkasi ajratish to'g'risida Narpay tuman hokimining 2020-yil 5-dekabrdagi qarori qabul qilingan. D.Sotiboldiev mazkur yer uchastkasining kadastr hujjatlarini tayyorlab berishni so'rab, ariza bilan yer resurslari va davlat kadastri Narpay tuman filialiga murojaat qilgan. Yer resurslari va davlat kadastri Narpay tuman filiali xodimlari arizaga asosan yer uchastkasi chizmasini chizish va kadastr hujjatlarini tayyorlash va boshqa harakatlarni amalga oshirish uchun yer uchastkasiga kelganlarida fuqaro D.Sotiboldievning opasi L.Sotiboldieva ularga qarshilik ko'rsatganligi, tuman hokimligi qarorida qayd etilgan hududdagi yer maydonining ma'lum bir qismidan D.Sotiboldieva foydalanib kelgayotganligi va yer maydonining ushbu qismlari devor bilan o'ralganligi aniqlangan. Yer resurslari va davlat kadastri Narpay tuman filiali xodimlari yer uchastkasi nizoli bo'lganligi uchun D.Sotiboldievning arizasini qanoatlantirishni rad etgan. Shu sababli, arizachi D.Sotiboldiev sudga ariza bilan murojaat qilib, javobgar yer resurslari va davlat kadastri Narpay tuman filiali mansabdor shaxslari xatti-harakatlarini qonunga xilof deb topishni so'ragan. Samarqand tumanlararo ma'muriy sudining 2021-yil 20-martdagi hal qiluv qarori bilan arizachining arizasi qanoatlantirilgan.


Bundan norozi bo'lgan yer resurslari va davlat kadastri Narpay tuman filiali boshlig'i o'rinbosari
apellatsiya shikoyati kiritgan.
​Vaziyatga huquqiy baho bering.
39.
Arizachi "Oltin vodiy" MCHJ 2022-yil 15-mart kuni javobgar O'zbekiston Respublikasi Bojxona qo'mitasiga nisbatan Toshkent tumanlararo ma'umuriy sudiga murojaat qilib O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining 2017-yil 8-fevraldagi "Tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona to'lovlariga tuzatishlar kiritishni to'ldirish tartibi to'g'risidagi yo'riqnomani tasdiqlash haqida"gi 01-02/8-3-son qarorini haqiqiy emas deb topishni so'ragan.Toshkent tumanlararo ma'muriy sudi ariza bilan shikoyat qilish muddati o'tganligi sababli arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etdi. Bundan norozi bo'lgan arizachi apellyasiya shikoyati bilan Toshkent shahar ma'muriy sudiga murojaat qildi.
Vaziyatga huquqiy baho bering.

40.
Arizachi D.Sharipov Nurafshon tumanlararo ma'muriy sudiga murojaat qilib, javobgar Nurafshon shahar 2-son notarial idorasi notariusining xatti-harakatlarini qonunga xilof deb topishni so'ragan.


Sudning 2022-yil 5-yanvardagi ajrimi bilan ishni ko'rish 2022-yil 11-yanvarga tayinlangan. Shu kungi ajrim bilan ishni ko'rish 2022-yil 16-yanvarga qoldirilgan. 2022-yil 16-yanvardagi sudning ajrimi bilan ishda javobgar vakilining ishtirokini ta'minlash uchun ishni ko'rish 1 fevralga qoldirilgan. Shu sababli arizachi 2022-yil 20-yanvarda apellyasiya shikoyati bilan murojaat qilib, birinchi instantsiya sudining 2022-yil 16-yanvardagi sud muhokamasini keyinga qoldirish to'g'risidagi ajrimdan norozi bo'lib, uni bekor qilishni so'radi.
Apellyasiya instantsiyasi sudining 2022-yil 1-martdagi qarori bilan arizani qanoatlantirish rad etilgan.
​Vaziyatga huquqiy baho bering.
Fuqaro F.Ch.Soliyev Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida Lombardlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga litsenziya olish uchun murojaat qilib bir qator hujjatlarni taqdim qildi. Markaziy bank tomonidan hujjatlar o‘rganilganda fuqaro F.Ch.Soliyevning hujjatlarida kamchiliklar borligi aniqlanganligi tufayli unga litsenziya berish rad etildi. Ushbu holatdan norozi bo‘lgan fuqaro F.Ch.Soliyev Toshkent viloyati maʼmuriy sudiga ariza bilan murojaat qilib, Markaziy bank raisining hatti-harakatlarini qonunga xilof deb topilishini hamda unga zudlik bilan litsenziya berish majburiyatini yuklashni so‘radi. Toshkent viloyati maʼmuriy sudi arizani qabul qilishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqardi.
Vaziyatga huquqiy baho bering. O‘zbekiston Respublikasi MSIYutK tegishli moddalari va boshqa qonun hujjatlaridan foydalangan holda javobingizni asoslang.

41
Arizachi F.Xotamov Toshkent shahar Yunusobod tumani hokimligining 2021 yil 28 fevraldagi 28-sonli qarorini haqiqiy emas deb topishni so‘rab Toshkent shahar tumanlararo maʼmuriy sudiga murojaat qilgan.


Arizachi F.Xotamovning arizasida keltirishicha uning uyining oldida bir tashlandiq bino mavjud va ushbu binoni xususiylashtirish, obod qilib undan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish hamda jamiyat uchun foyda keltirishni o‘ylab tuman hokimiga ariza bilan murojaat qilgan.
Tuman hokimi ushbu arizani o‘rganib chiqib ushbu joyni fuqaro F.Xotamovga emas balki mahalla fuqarolar yig‘inining balansiga o‘tqazish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.
Bu holatdan norozi bo‘lgan fuqaro bu uning manfaatlariga zid ekanligini, uning huquqlari tuman hokimi tomonidan buzulganligini va buning uchun tuman hokimining qarorini haqiqiy emas deb topish hamda tuman hokimiga nisbatan fuqaro qilgan harajatlari uchun kompensatsiya to‘lashni yuklashni so‘ragan.
Birinchi instansiya sudi tomonidan ish arizachi F.Xotamovning foydasiga hal bo‘lgan. Sud hal qiluv qaroridan norozi bo‘lgan tuman hokimi yuristi yuqori turuvchi maʼmuriy sudga apelyasiya shikoyati bilan murojjat qilgan.
Apelyasiya instansiyasining qarori bilan birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bekor qilinib, fuqaro nizo predmeti bo‘yicha manfaatdor shaxs bo‘lmaganligi tufayli uning arizasini qanoatlantirish rad qilindi.
Vaziyatga huquqiy baho bering. O‘zbekiston Respublikasi MSIYutK tegishli moddalari va boshqa qonun hujjatlaridan foydalangan holda javobingizni asoslang.
42.
Tuman hokimining 2007 yil 11 iyundagi 111-sonli qarori bilan tumanning “Navruz” QFYdagi 122-konturdan 1,2 gektar yer uchastkasi fuqaro S.T.ga bog‘ barpo etish uchun 11 yil muddatga ajratilgan. Shundan keyin S.T. tomonidan “SH” fermer xo‘jaligi tashkil etilib, fermer xo‘jaligi va tuman hokimligi o‘rtasida ijara shartnomasi tuzilgan. Ajratilgan yer uchastkasining muddati 2018 yilda tugagan va taraflar o‘rtasida tuzilgan ijara shartnomasining amal qilish muddati uzaytirilmagan.
Keyinchalik tuman hokimining 2019 yil 16 fevraldagi 666-sonli qarori bilan fuqaro V.V.ga bog‘dorchilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaligini tashkil etish uchun tuman zaxira yerlaridan “Navruz” QFYdagi 122 va 126-konturlardan jami 9,85 ga yer uchastkasi 49 yil muddatga ijaraga berilgan.
Shu sababli, arizachi S.T. sudga ariza bilan murojaat qilib, tuman hokimining 2019 yil 16 fevraldagi 666-sonli qarorini haqiqiy emas deb topishni so‘ragan.
Vaziyatga huquqiy baho bering. O‘zbekiston Respublikasi MSIYutK tegishli moddalari va boshqa qonun hujjatlaridan foydalangan holda javobingizni asoslang.

43.
2019 yil 15 oktabrda fuqaro L.N.o‘ziga biriktirilgan “Spark” rusumli davlat raqami 80456AVS bo‘lgan xizmat avtomashinasida yo‘l-transport hodisasini sodir etgan. Sodir etilgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijalari bo‘yicha chiqarilgan xulosaga ko‘ra, ichki ishlar idoralari xizmatidan bo‘shatilishi belgilangan. Ushbu xulosaga asosan viloyat IIBning 2019 yil 11 noyabrdagi 18-sh/t-sonli farmoyishi chiqarilib, unga ko‘ra yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga bevosita bo‘ysunuvchi bo‘linmalar alohida yo‘l patrul xizmati otryadi uchinchi safarbar guruh yo‘l patrul xizmati inspektori L.N.ishdan bo‘shatilgan.


L.N.IIVning 2019 yil 15oktyabrdagi xizmat tekshiruvi xulosasi hamda viloyat IIBning 2019 yil 11 noyabrdagi 18-sh/t-sonli farmoyishidan norozi bo‘lib ichki ishlar va prokuratura organlariga bir necha marotaba murojaat qilgan. Uning murojaatlariga mazkur organlar tomonidan rad javobi berilgan.
Shu sababli L.N.IIV va viloyat IIBga nisbatan maʼmuriy sudga ariza bilan murojaat qilib, IIVning 2019 yil 15 oktabrdagi xizmat tekshiruvi xulosasi hamda viloyat IIBning 2019 yil 11 noyabrdagi 18-sh/t-sonli farmoyishi g‘ayriqonuniy chiqarilganligi sababli ularni bekor qilishni so‘ragan.
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan arizani qanoatlantirish rad etilgan.
Vaziyatga huquqiy baho bering. O‘zbekiston Respublikasi MSIYutK tegishli moddalari va boshqa qonun hujjatlaridan foydalangan holda javobingizni asoslang.

44.
Fuqaro K.Ismailov Toshkent shahar markazlashgan FHDYO arxivi mansabdor shaxslarining hatti-harakatlarini noqonuniy deb topish va nikohni qayd etish haqidagi dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish kiritish majburiyatini yuklash haqidagi shikoyat ariza bilan sudga murojaat qilgan.


Arizachi K.Ismailov shikoyatiga ko‘ra, ota-onasining arxivda saqlanayotgan 1940 yil 04 iyulda №359 son bilan qayd etilgan nikoh dalolatnoma yozuvida er ustunida ismini “Ismagilov Axmat”, xotini ustunida familiyasini “Ivadova” deb noto‘g‘ri qayd qilinganligini bilganligini, bu borada Toshkent shahar FHDYO arxiviga ota-onasining nikoh tuzilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish kiritishni so‘rab qilgan murojaatiga rad javobini olganligini va bu xolat uning merosga bo‘lgan huquq guvohnomasini olishda turli muammolarga sabab bo‘layotganligi maʼlum qilib, shu sababli ota-onasining nikohni qayd etish haqidagi dalolatnoma yozuviga er ustunida ismini “Ismagilov Axmat”dan “Ismailov Axmed”ga, xotini ustunida familiyasini “Ivadova”dan “Ibadova”ga o‘zgartirish va tuzatish kiritish majburiyatini yuklashni so‘ragan.
Biroq, sud Toshkent shahar Yunusobod tumani FHDYO bo‘limi mansabdor shaxslarining harakatlar (harakatsizlik) qonun hujjatlariga zid emasligi maʼlum qilib, K.Ismailovning muroajjatini qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qildi.
Vaziyatga huquqiy baho bering. O‘zbekiston Respublikasi MSIYutK tegishli moddalari va boshqa qonun hujjatlaridan foydalangan holda javobingizni asoslang.

45.
Arizachi “AYLIN” MCHJ direktori K.L.Aychurek Ma’muriy sudga ariza bilan murojaat qilib, javobgar Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi mansabdor shaxslari xatti-harakati va harakatsizligini g‘ayriqonuniy deb topish, “AYLIN” MCHJ o‘rtasida hamda “10-son umum ta’lim maktab” ishtirokida Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, “Xondoylik” fermerlar uyushmasida joylashgan “10-sonli maktabning bo‘sh turagan foydalanilmayotgan binosi”-davlat mulkini “nol” harid qiymatida sotish bo‘yicha 2015-yil 2-oktabrda 101/15-BP-sonli oldi-sotdi shartnoma bo‘yicha investitsiya shartnomalarini bajarilgan deb topish hamda “Davlat orderi”ni berish majburiyatlarini yuklashni so‘ragan.



Download 37,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish