FUNKSIONAL OVQATLANISH UCHUN CHILONJIYDA MEVASIDAN FOYDALANISH
Baxtiyarov A.N., Sobirov N.N., Xolmurodov B.B.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali, +998755225047
Sifatli oziq-ovqat mahsulotlari inson hayotiy faoliyatining muhim omillaridan biri bo’lib hisoblanadi. Rivojlangan davlatlarda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga jiddiy e’tibor qaratiladi. Shu jumladan, funksional ovqatlanish orqali ovqatlanish ratsioni me’yorini ushlab turishga urg’u beriladi. Respublikamizda oziq-ovqat mahsulotlari sifati va havfsizligini tartibga solish qonun bilan belgilab qo’yilgan[CITATION OZB97 \l 1033 ] hamda shu vaqtga qadar bu borada yangiliklar va izlanishlar olib borilmoqda.
Respublikamiz hududida funksional ovqatlanish uchun foydalansa bo’ladigan mahsulotlar yetarlicha bo’lib, shulardan biri Chilonjiyda mevasidir. Chilonjiyda Rhamnaceae oilasiga tegishli bo’lib, butun dunyoda mashhur meva hisoblanadi. Chilonjiyda an'anaviy turdagi sog'liq uchun foydali bo’lgan oziq-ovqat mahsuloti sifatida uzoq tarixga ega. Chilonjiyda mevalarini maxsus nazorat ostida bo'lmagan sharoitda o'n kundan ortiq saqlash murakkab hisoblanadi. Shuning uchun, chilonjiyda mevalarini mahsulot sifatida qayta ishlash uzoq vaqt saqlashning eng yaxshi variantlaridan biridir. Ushbu ishda chilon jiyda mevasining ozuqaviy ahamiyatini va uning tijorat oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda qo'llash imkoniyatlarini ko’rib chiqishga qaratilgan. Shuningdek, chilonjiyda mevasi asosidagi oziq-ovqat mahsulotlarining sog'liq uchun foydalari haqida fikr yuritiladi. Bundan tashqari, chilonjiyda mahsulotlari yuqori sifatli va biologik qiymatga ega bo'lib, ular mahsulot sifatini yaxshilash uchun turli xil oziq-ovqat mahsulotlariga tarkibiga qo’shimcha sifatida kiritilishi mumkin. Shu sababli, chilon jiyda mevalari iste'molchilar tomonidan yuqori darajada qabul qilinadigan va sog'liq uchun foydalarga erishish uchun funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun istiqbolli oziq-ovqat mahsuloti yoki qo’shimchasi sifatida foydalanilishi mumkin[ CITATION ETA17 \l 1033 ].
Chilonjiyda sog'liq uchun turli xil foydali xususiyatlarga ega bo'lgan, iste'mol qilinadigan va mazali mevadir. Tropik va subtropik mintaqalarda, ayniqsa Sharqiy Osiyo (Xitoy, Hindiston), Shimoliy Afrika va Yaqin Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan. O‘zbekistonda chilonjiydaning ikki xil navi mavjud. Biri marjondek dum-dumaloq shaklda bo‘lib, Qashqadaryo va Surxondaryoda chilonjiyda, Xorazmda annob jiyda deyishadi. Ushbu daraxtning antiseptik xususiyatga ega. Ikkinchi turi esa “unabi” deb ataladi . U nok shakliga o‘xshaydi, uzunchoq bo‘ladi. Har ikkisi ham shifobaxsh bo‘lib, o‘ziga xos chiroyli, barglari yaltiroq, gullaganda o‘zgacha ifori va go‘zalligi bilan ajralib turadi. U xalqaro nomenklaturaga ko’ra asosan Ziziphus deb nomlanadi. Dunyoda keng tarqalgan qirqqa yaqin turi mavjud. Shu bilan birga, chilonjiyda turlarining aksariyati vatani Xitoyda bo'lib, u erda 4000 yildan ortiq vaqt davomida 400 dan ortiq nav yetishtirilib kelinmoqda. Bundan tashqari, Hindiston va boshqa sharqiy osiyo mamlakatlarida yetishtiriladi. Hozirgi kunda chilonjiyda yetishtirishning ko'payishi dunyoning boshqa mintaqalarida, jumladan Rossiyada, Janubiy Osiyoda, Evropaning janubida, Qo'shma Shtatlarning janubi-g'arbiy qismida va Avstraliyada kuzatilgan[ CITATION AlS16 \l 1033 ].
Chilonjiyda hayotiy oziq-ovqat va an’anaviy tibbiyot vositasi sifatida uzoq vaqtdan beri foydalanib kelinmoqda. Farmakologik vositalar sifatida chilonjiyda o’simligining turli qismlari, shu jumladan ildizlari, poyasi, barglari, gullari va mevalaridan foydalaniladi. Shu bilan birga, meva qismi (qobig'i va pulpa) biofaol birikmalarning ko’p qismini o’z ichiga olgan asosiy qism sifatida qaraladi. Ilmiy dalillar shuni ko’rsatdiki, chilonjiyda mevalari tarkibida askorbin kislotasi, triterpen kislotalar, fenol kislotalar, aminokislotalar, saponinlar, serebrosidlar, flavonoidlar, polisaxaridlar va mineral tarkibiy qismlarni o’z ichiga olgan turli xil bioaktiv birikmalar mavjud. Ushbu fitokomponentlar antioksidant, yallig'lanishga qarshi, yurak-qon tomir kasalliklari, gepatoprotektiv, antidiabetik, mikroblarga qarshi, saratonga qarshi va oshqozon-ichakni himoya qiluvchi ta’sirlarni ko’rsatib, inson organizmini turli xil kasalliklardan himoya qilishda muhim rol o’ynaydi[CITATION Gow20 \l 1033 ].
Chilonjiyda oqsillar, yog’, uglevodlar, vitaminlar (askorbin kislotasi, tiamin va riboflavin), fenol va minerallar kabi ko’p miqdordagi ozuqa moddalari va fitokimyoviy moddalar mavjudligi sababli yuqori oziqaviy qiymatiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |