11-rasm.Uzoq muddatli oraliqda o‘rtacha xarajatlar grafigi
Grafikda Q* dan chap tomonda yotgan qismida masshtab samarasi musbat (o‘suvchi), Q* dan o‘ng tomonda yotgan qismida masshtab samarasi manfiy va nihoyat Q* hajmi ning kichik atrofida u o‘zgarmasdir (Q1 Q2 oraliqda). Ishlab chiqarish Q* firmaning uzoq muddatli oraliqdagi samarali razmerini (quvvatini) Ifodalaydi.
Raqobatli firmalarning maqsadi foydani maksimallashtirishidir, bu esa umumiy daromaddan umumiy xarajatlarni ayirib tashlanishiga tengdir. Firmalarning taklifi qarorini tahlil qilishni 2 jadval bilan boshlasak. Jadvalning birinchi ustunida A firma ishlab chiqargan sut miqdorlarining ma‘lumotlari berilganIkkinchi ustun firmaning umumiy daromadini ifodalasa, ya‘ni 1 litr sut $6 narxinimiqdor ko‘paytmasiga teng, uchinsi ustun firmaning umumiy xarajatini ko‘rsatadi. Umumiy xarajat doimiy xarajatlarni o‘z ichiga olib, u 3$ deb belgilangan, o‘zgaruvchan xarajatlar esa mahsulotning miqdoriga bog‘liq. To‘rtinchi ustunda firmaning foydasi ko‘rsatilgan, bu umumiy daromaddan umumiy xarajatlarni ayirish orqali hisoblangan. Agar firma hech narsa ishlab chiqarmasa, u 3$ yo‘qotadi. Agar firma bir litr sut ishlab chiqarsa, uning foydasi 1$, agar ikki litr ishlab chiqarsa, 4 $ foyda qiladi. Sababi, A firmaning maqsadi foydani maksimallashtirishdir. Misolga ko‘ra, firma to‘rt yoki besh litr sut ishlab chiqarsa, uning foydasi 7$ ga chiqib, foyda maksimallashadi.
A firmaning qaroriga boshqacha nazar bilan ham qarash mumkin: A firma foydani maksimallashtirish imkoniyatini beruvchi miqdorini ishlab chiqarilgan mahsulotning chekli xarajatlarini chekli daromad bilan solishtirish orqali topishi mumkin. 2 jadvaldagi 5 chi va 6 chi ustunlarda umumiy daromad va umumiy xarajatlar hamda mahsulot miqdorlari o‘zgarishi natijasida hisoblab chiqarilgan chekli daromad va chekli xarajatlarni va oxirgi ustun har bir qo‘shimcha ishlab chiqarilgan miqdor uchun foydani ko‘rsatib beradi. Firma ishlab chiqargan birinchi litr sutning chekli daromadi 6 $, chekli xarajatlari esa 2 $dir. Shu sababli 225 1 litr sut ishlab chiqarishning foydasi 4 $ga (-3$ dan 1$ gacha) oshadi. Ikkinchi litr sutning chekli daromadi 6 $, chekli xarajatlari esa 3 $dir. Bunda 1 litr sut ishlab chiqrishning foydasi 3$ ga (1$ dan 4$ gacha ) oshadi. A firma sut ishlab chiqarishni 5 litrga etkazsa, vaziyat o‘zgaradi. Oltinchi litrning chekli daromadi 6 $, chekli xarajatlari esa 7 $dir. Shu sababdan ishlab chiqarish foydani 1 $ (7$ dan 6$ gacha) kamaytirishi mumkin. Natijada A firma 5 litrdan ortiq sut ishlab chiqara olmaydi. Agar chekli daromad chekli xarajatlardan yuqori bo‘lsa, firma yana sut ishlab chiqargani ma‘qul, bu ularga foyda keltiradi. Agar chekli daromad chekli xarajatlardan past bo‘lsa, mahsulot ishlab chiqarmagani ma‘qul. Agar A firma yaxshilab o‘ylab cheklilik tamoyillarga asoslangan holda mahsulotni ishlab chiqarsa ular foydani maksimallashtirgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |