Nemis tiliutcangela Merkel Vikipediya, ochiq ensiklopediya



Download 1,01 Mb.
Sana22.01.2022
Hajmi1,01 Mb.
#399189
Bog'liq
Qisqacha malumot


Germaniya 

 Nemis tiliUTCAngela Merkel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ushbu maqolaning nomi Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasida (2000-y.) Germaniya deb belgilangan. Uning nomini oʻzgartirish lozim deb hisoblasangiz munozara sahifasida murojaat qoldiring.



Germaniya Federativ Respublikasi
Bundesrepublik Deutschland




 



Bayroq




Gerb




ShiorEinigkeit und Recht und Freiheit
(Olmoncha: „Birlik va Huquq va Ozodlik“)

Madhiya: Das Lied der Deutschen, 3rd stanza
(Einigkeit und Recht und Freiheit)



Poytaxt

Berlin

Rasmiy til(lar)

Nemis tili

Hukumat

Parlamentlik Respublika

 • 

Prezident

 

Frank-Walter Steinmeier

 • 

Kansler

 

Angela Merkel




Mustaqillik

 




 • 

Germaniya imperiyasi birlashishi

 

18-yanvar 1871

 • 

Germaniya Federativ Respublikasi: G`arbiy Harbiy zonasidan

 

23-may 1949

 • 

GDR: Sharqiy Harbiy zonasidan

 

7-oktabr 1949

 • 

G`arbiy van Sharqiy Germaniya birlashishi

 

3-oktabr 1990




Maydon

 

 • Butun

357,021 km² (62-)

 • Suv (%)

2,24

Aholi

 

 • 2012 roʻyxat

81 903 000 (16- oʻrin)

 • Zichlik

229/km²

YaIM (XQT)

2011- yil roʻyxati

 • Butun

AQSh$3,089 trln. (5-)

 • Jon boshiga

AQSh$37,814

Pul birligi

Yevro (EUR)

Vaqt Mintaqasi

(UTC+1)

 • Yoz (DST)

(UTC+2)




Qisqartma

De

Internet domen

.de

Telefon prefiksi

+49







Germaniya (nem. Deutschland), Germaniya Federativ Respublikasi (nem. Bundesrepublik Deutschland) — Markaziy Yevropadagi davlat. Shimoliy Boltiq dengizlari sohilida joylashadi. Maydoni 357 ming km2. Aholisi 81,084 million kishi (30. Sentyabr 2014).[1] Poytaxti — Berlin shahri. Maʼmuriy jihatdan 16 yer (shtat) ga, yerlar okruglarga, okruglar tumanlarga, tumanlar jamoalarga boʻlinadi.

Davlat tuzumi

Germaniya





Reichstag (Reyhstag)



GFR — federativ respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1949-yil 23-mayda qabul qilingan, unga 1954, 1956, 1990, 1993 va 1994-yillarda qoʻshimchalar kiritilgan. Davlat boshligʻi — federal prezident. U maxsus chaqiriladigan federal majlis tomonidan 5 yil muddatga saylanadi va yana faqat bir marta saylanishi mumkin. Federal majlis bundestag raisi tomonidan chaqiriladi va u bundestag deputatlari hamda landtaglar (yer parlamentlari) tomonidan saylangan aʼzolardan iborat. Prezident ish qobiliyatini yoʻqotsa yoki vafot etsa, bundesrat raisi prezident vakolatlarini bajaradi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni parlament amalga oshiradi. U ikki palata: bundestag va bundesratdan iborat. Bundestag aholi tomonidan 4 yil muddatga saylanadi. Bundesrat esa yer hukumatlari oʻz orasidan 4 yil muddatga tayinlaydigan vakillardan iborat. Ijroiya hokimiyat federal kansler boshchiligidagi federal hukumat qoʻlida. Federal kansler bundestagda prezidentning taklifiga binoan koʻpchilik ovoz bilan saylanadi. Vazirlar federal kanslerning taklifi bilan prezident tomonidan tayinlanadi. Har bir yerning oʻz konstitutsiyasi, parlament va hukumati bor.

Hududiy boʻlinishi

Federal Yerlar

Asosiy maqola: Germaniya yerlari.






Federal Yerlar

Poytaxti

Yuzasi(km²)

Aholisi(2)

1

Baden-Vyurtemberg

Stuttgart

35.751,65

10.717.000

2

Bavariya

Myunhen

70.549,19

12.444.000

3

Berlin

(1)

891,75

3.388.000

4

Brandenburg

Potsdam

29.477,16

2.568.000

5

Bremen

Bremen(1)

404,23

663.000

6

Hamburg

(1)

755,16

1.735.000

7

Hessen

Visbaden

21.114,72

6.098.000

8

Meklenburg-Old Pomeraniya

Schwerin

23.174,17

1.720.000

9

Quyi Saksoniya

Hannover

47.618,24

8.001.000

10

Shimoliy Reyn-Vestfaliya

Dyusseldorf

34.042,52

18.075.000

11

Reynland-Pfalz

Mains

19.847,39

4.061.000

12

Saarland

Saarbrücken

2.568,65

1.056.000

13

Saksoniya

Drezden

18.414,82

4.296.000

14

Saksoniya-Anhalt

Magdeburg

20.445,26

2.494.000

15

Shlesvig-Holshtein

Kiel

15.763,18

2.829.000

16

Turingiya

Erfurt

16.172,14

2.355.000

(1) Berlin va Hamburg shaharlari ham yer, ham shahar hisoblanishadi; Bremen ham xutdi shunday va unga Bremenhaven ham kiradi.
(2) Stichtag: 31. Dezember 2004

Eng katta shaharlar

Nr.

Shahar

Maydoni km²

Aholisi

E./km²

1

Myunhen

310,43

1.288.065

4.149

2

Berlin

891,75

3.389.579

3.801

3

Herne

51,41

171.325

3.333

4

Shtuttgart

207,36

591.114

2.848

5

Oberhauzen

77,04

219.147

2.845

6

Essen

210,37

588.084

2.802

7

Nyurnberg

186,38

495.546

2.657

8

Dyusseldorf

217,00

574.066

2.647

9

Boxum

154,40

382.087

2.628

10

Gelsenkirhen

104,85

272.445

2.598

11

Frankfurt Mayn

248,31

655.079

2.595

12

Hannover

204,01

520.100

2.530

13

Kyoln

405,15

965.954

2.384

14

Hamburg

755,16

1.737.000

2.300

15

Mannheim

144,96

324.940

2.241

16

Bonn

141,22

313.605

2.220

17

Duisburg

232,82

503.664

2.164

18

Wuppertal

168,41

363.502

2.150

19

Dortmund

280,30

587.272

2.095

20

Kiel

118,40

229.850

1.941

21

Mainz

97,75

186.061

1.903

22

Augsburg

146,78

261.208

1.880

23

Mülheim an der Ruhr

91,26

170.327

1.866

24

Kassel

106,77

198.503

1.820

25

Augsburg

146,93

260.407

1.772

26

Halle (Saale)

135,01

238.497

1.767

27

Krefeld

137,68

238.270

1.731

28

Leipzig

297,62

498.491

1.675

29

Bremen

326,72

544.746

1.667

30

Karlsruhe

173,46

283.227

1.633

31

Aachen

160,83

256.486

1.596

32

Mönchengladbach

170,43

266.684

1.565

33

Castrop-Rauxel

51,66

78.619

1.514

34

Dresden

328,30

487.421

1.480

35

Würzburg

87,65

129.050

1.470

36

Freiburg im Breisgau

153,06

213.998

1.398

37

Osnabrück

119,80

164.773

1.375

38

Wiesbaden

203,90

271.351

1.331

39

Braunschweig

192,09

245.872

1.280

40

Bielefeld

257,80

329.692

1.278

41

Hagen

160,36

198.780

1.239

42

Magdeburg

200,94

226.675

1.128

43

Chemnitz

220,85

248.365

1.125

44

Rostock

181,39

198.993

1.097

45

Saarbrücken

167,07

180.269

1.079

46

Koblenz

105,02

107.064

1.020

47

Lübeck

214,14

211.874

989

48

Münster (Westfalen)

302,83

269.579

890

49

Hamm

226,26

184.926

817

50

Erfurt

269,17

211.874

752

Tabiati

Germaniya manzarasi benihoya xilma-xil va jozibador. Past va baland togʻ tizmalari oralarida yassitogʻliklar, oʻrqirlar, koʻllar, keng va ochiq tekisliklar uchrab turadi. Shimoldan janubga tomon Germaniya 5 landshaft zonasiga boʻlinadi: Shimoliy Germaniya payettekisligi, oʻrtacha balandlikdagi togʻ ostonasi, Janubi-gʻarbiy Germaniya burma poydevorli oʻrta togʻligi, Janubiy Germaniya Alpoldi yassitogligi va Bavariya Alp togʻlari. Shimoldagi payettekisliklarda koʻllar, qirli, qum va tuproqli platolar, yaydoq yerlar va torfli botqoqlar koʻp. Oʻrta togʻ ostonasidan shimoliy tomondagi yerlar (Quyi Reyn, Vestfaliya va Saksoniya-Tyuringiya havzasi) serhosil. Janubda Sharqiy Alp togʻlari qad koʻtargan (eng baland nuqtasi SugShpitse togʻi, 2962 m). Shimoliy dengiz bilan Boltiq dengizi oraligʻidagi past-baland qirgʻoqlarda „Golshteyn Shvey-sariyasi“ joylashgan. Germaniya yer ostida tosh-koʻmir, qoʻngʻir koʻmir, tuzlar juda koʻp. Oz miqdorda temir rudasi, neft, tabiiy gaz bor. Iqlimi moʻtadil, dengiz iqlimi, gʻarb va shimoli-gʻarbdan janubi-sharqqa tomon dengiz iqlimidagi moʻtadil-kontinental iqlimga oʻta boradi. Yanvarning oʻrtacha harorati pasttekislikda 1,5 °C dan togʻlarda — 6 °C gacha; qishda sertuman, qor tez erib ketadi. Iyulning oʻrtacha harorati pasttekislikda 18 °C dan janubiy vodiylarda 20 °C gacha. Yillik yogʻin miqdori 600-800 mm. Baland togʻlarda yoz salqin, yogʻin 1000-2000 mm. Daryolari: Elba, Reyn, Dunay, Mayn, Vezer, Shire, Mozel. Yirik koʻllari: Voden, Myurits. Tuprogʻi asosan podzol, chimli podzol va qoʻngʻir oʻrmon tuproqlaridan iborat. Gars togʻlarining sharqiy va shimoliy togʻ oldi joylarida unumdor qoramtir tuproq uchraydi. Togʻlarda qoraqayin, dub, oq va qora qaragʻay oʻsadi. Bugʻu, elik, serna (togʻ echkisi), ohu va boshqalar yashaydi. Milliy bogʻlari — Bavariya oʻrmoni, Berxtesgaden . muallif;ADA furqat t.



Aholisi

Aholisining 90 % dan koʻprogʻi nemislar; qisman dan (daniyalik)lar va gollandlar yashaydi. Shahar aholisi 85 % dan ortiq[2]. Rasmiy tili — nemis tili[3]. Dindorlar — protestantlar (lyuteranlar, 50 % dan ziyod) va katoliklar[4]. Aholi zichligi bir km2ga 229 kishi toʻgʻri keladi[5][6]. Mamlakatda 7,2 mln. chet elliklar ham yashaydi. Ular umumiy aholining 8,9 % ini tashkil etadi. Yirik shaharlari: BerlinHamburgMyunxenKyolnFrankfurtmaynDortmundShtutgartDyusseldorfHannoverNyurnbergLeypsigDrezden[7].



Tarixi

Arxeologiya maʼlumotlariga koʻra, Germaniya hududida inson 500-300 ming yillar muqaddam paydo boʻlgan. Mil. av. 1-ming yillik oxirlarida Germaniyada joylashib olgan nemis qabilalari Rim davlati bilan toʻqnashdi. Xalgʻlarning buyuk koʻchishi deb ataladigan davrdan soʻng Germaniyada alemanlar, bavarlar, sharqiy franklar, sakslar, tyuringlar va frizlar qolgai.



6—8-asrlarda Germaniyaning barcha hududini franklar egallab oldi. 9-asrda Germaniya yerlari Sharqiy franklar qirolligi tarkibiga kirgandan soʻng mustaqil nemis davlatiga yoʻl ochildi. Shtaufenlar sulolasi (1138—1268) davrida Germaniya hududi ancha kengaydi. Ayrim nemis knyazliklari, ayniqsa Saksoniya knyazligi „salib yurishi“ niqobi ostida Elba va Boltiqboʻyi xalqlarining yerlarini bosib oldi. 15-asr oxiri — 16-asr boshlarida dehqonlar va shaharliklarning jabr-zulmga qarshi qoʻzgʻolonlari boʻlib turdi. Ayniqsa, aholidan har xil bahonalar bilan turli soliqlar undirib oladigan katolik cherkoviga qarshi qattiq norozilik tugʻildi. Martin Lyuter rahbarligida katolik cherkoviga qarshi harakat —reformatsiya boshlandi (1517). Reformatsiya davridagi ommaviy harakatning eng yuqori choʻqqisi 1524—26 yillardagi dehqonlar urushi boʻldi. Bu davrda Sharqiy Germaniyada oʻz mahsulotini tashqi bozorga moʻljallagan yirik xoʻjaliklar paydo boʻldi. 1618-yilga kelib katolik va protestantlarning oʻzaro kurashlari Yevropadagi oʻttiz yillik urush (1618—48) kelib chiqishiga sabab boʻldi. Urush oqibatida Germaniya katta talofat koʻrdi. 1648-yilgi Vestfaliya sulx. shartnomasiga koʻra, Germaniya bir necha knyazliklarga boʻlindi. Oʻzining muhim geografik oʻrni tufayli Brandenburg-Prussiya kurfyurstligi (1701-yildan Prussiya qirolligi) eng yirik nemis davlatlaridan biriga aylandi. 1740-1786 yillarga kelib, Fridrix II qirolligi davrida prus militarizmi avj oldi. Prussiya Yevropada buyuk davlatga aylanib, Germaniyada hukmronlik oʻrnatish uchun Avstriya bilan kurashni kuchaytirdi. 1740-yil Prussiya qoʻshinlari Avstriya Sileziyasiga bostirib kirdi. Savdo-sotiq va sanoatning rivojlanishi Germaniyada feodal krepostnoy tuzumini bekor qilishni taqozo qilar edi. Fransuz burjua inqilobi taʼsirida Germaniyada dehqonlar harakati avj oldi. nemis knyaz va feodallari Fransiyadagi inqilobni boʻgʻib tashlashni maqsad qilib olishdi. 1792-yil Avstriya bilan Fransiya oʻrtasida urush chiqdi. Prussiya Avstriya tomonida turib urushdi. Urushda Germaniya armiyasi yengildi. 1793-yil 18-martda fransuzlar tomonidan ozod qilingan Mayns shahrida nemis tuprogʻida birinchi demokratik respublika eʼlon qilindi. 1803—1804 yillarda Napoleon Germaniyadagi mayda davlatlarni tugatib, oʻz hukmronligida Reyn ittifoqi tashkil qildi. 1812-yilgi urushda Rossiyaning gʻalabasi Germaniyani Napoleon hukmronligidan xalos qildi. 1813-yilgi Leypsig urushu (xalqlar urushi)dan soʻng Germaniyaning barcha hududi ozod qilindi. 1814—185 yillar Vena kongressi qaroriga koʻra, 39 davlatni birlashtirgan Germaniya ittifoqi tuzildi. 1834-yil 18 davlat ishtirokida Germaniya bojxona ittifoqi tashkil togshi. Unda Prussiya rahbarlik rolini oʻynar edi. Bu ittifoq sanoat va savdoni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega boʻldi. Ayniqsa temir yoʻl qurilishida Germaniya katta yutuqlarni qoʻlga kiritdi va 1850-yilga kelib, Yevropada ikkinchi oʻringa chiqib oldi. 1848—49 yillarda Germaniyada burjua-demokratik inqilobi boʻlib oʻtdi. Uning maqsadi — mamlakatni birlashtirish, monarxiya tuzumini tugatish. agrar masalani demokratik asosda hal etish edi. Biroq, burjuaziyaning qoʻrqoqligi va xoinligi, proletariatning zaifligi tufayli inqilob magʻlubiyatga uchradi. Bu Prussiya hukmdorlarini mamlakatni inqilob yoʻli bilan emas, qurol kuchi va urushlar yoʻli bilan birlashtirish kerak degan xulosaga olib keldi. Prussiya Daniya (1864), Avstriya (1866) va Fransiya (1870) ga qarshi olib borilgan urushlardan soʻng Mayn daryosidan Shimolgacha boʻlgan yerlarda Shimoliy Germaniya ittifoqini tuzishga erishdi. 1871-yilgi Fransiya-Prussiya urushidan soʻng Germaniya pruss militarizmi asosida birlashtiriddi. 1871-yil 18-yanvarda nemis knyazlari Versalda Prussiya qiroli Vilgelm 1 ni Germaniya imperatori deb eʼlon qildi.

Germaniya birinchi jahon urushi davrida

20-asr boshlariga kelganda sanoat rivoji boʻyicha Germaniya Yevropada birinchi oʻrinni egalladi. Birinchi jahon urushiga tayyorgarlik koʻrayotgan Germaniya hukumati Fransiya-Rossiya ittifoqini buzib, Fransiyani yakkalab qoʻymoqchi boʻldi. Bu narsa amalga oshmadi, aksincha, 1907-yil FransiyaRossiya va Angliya birlashib, Antanta deb ataladigan ittifoq tuzishdi. Oʻz harbiy qudratiga ishongan hamda Angliya Rossiyani qoʻllamaydi deb oʻylagan Germaniya birinchi jahon urushini boshlab yubordi. 1914-yil 1-avgustda Germaniya Rossiyaga, 3-avgustda Fransiyaga urush eʼlon qildi. 4-avgustda esa Angliya Germaniyaga qarshi urush eʼlon qildi. 1917-yil AQSh Antanta tomonida turib Germaniyaga qarshi urushdi. 1918-yilning bahorida Germaniya armiyasi gʻarbga yurish qildi, biroq magʻlubiyatga uchradi. Sentyabrda esa ingliz-fransuz qoʻshinlari tomonidan tor-mor etildi. Nihoyat, 1918-yil 5-oktyabrda sulh soʻrab, Antantaga murojaat qiddi. 1918-yil 11-noyabrda Kompyenda yarash ahdi tuzildi. 9-noyabrda Berlinda qoʻzgʻolon koʻtarilib, monarxiya tuzumi agʻdarib tashlandi va Germaniya respublika boʻldi. 1919-yil fevralda Veymar shahrida chaqirilgan taʼsis majlisida ishlab chiqilgan Germaniya Respublikasi (Veymar respublikasi) konstitutsiyasi 31-iyulda qabul qilindi. Germaniya burjuaziyasining mavqei mustahkamlana bordi. Chet el, ayniqsa AQSh sarmoyasi Germaniyaning harbiy va sanoat iqtisodiyotini qayta tiklash imkonini berdi. Veymar respublikasi reaksion tusga kira bordi. 1929-yilda boshlangan jahon iqtisodiy boʻhroni Germaniya iqtisodiyotiga katta taʼsir qildi. Bu sharoitda natsional-sotsialistik partiya (1919-yil tuzilgan) faollasha bordi. 1932-yil mart—apreldagi prezident saylovida Adolf Hitler 13 mln .dan ortiq ovoz oldi. Oʻsha yil noyabr oyida hokimiyat natsional-sotsialistlar qoʻliga oʻtdi. 1933-yilda fashistlar diktaturasi oʻrnatildi. A. Hitler reyxskansler, keyinchalik esa davlat boshligʻi boʻlib oldi. Shu davrdan boshlab mamlakatda terror rejimi oʻrnatiddi. Antifashistlar qattiq taʼqib ostiga olindi. 1935-yil umumiy harbiy xizmat joriy qilindi.



Germaniya ikkinchi jahon urushi davrida

Germaniya 1936—39 yillarda Italiya bilan birgalikda Ispaniyaga qarshi intervensiya uyushtirdi. 1938-yil martda Avstriyani qoʻshib oldi. 1939-yil 1-sentyabrda Germaniya Polshaga hujum qilib, ikkinchi jahon urushi (1939-45)ni boshlab berdi. 3-sentyabrda Angliya va Fransiya Germaniyaga qarshi urush eʼlon qildi. 1940-yil aprelda Germaniya Daniya va Norvegiyani, may—iyunda esa BelgiyaGollandiyaLyuksemburg va Fransiyani bosib oldi. 1940-yil sentyabrda Berlinda Germaniya, Italiya va Yaponiya oʻrtasida harbiy ittifoq tuzildi. 1941-yil aprelda Germaniya Yugoslaviya va Yunoninstanni bosib oldi. Shu yili 22-iyunda esa Germaniya urush eʼlon qilmasdan SSSRga hujum qildi. Dastlabki muvaffaqiyatlariga qaramay, nemis fashistlari shiddatli zarbaga duch keldi. 1945-yil 2-mayda ittifoqchilar qoʻshinlari Berlinni egalladi. 8-mayda Germaniya soʻzsiz taslim boʻlganligi haqidagi hujjatga imzo chekdi.



Germaniya urushdan keyingi yillarda

Germaniya toʻrt okkupatsiya zonasiga boʻlindi. 1949-yil avgustda Gʻarbiy Germaniyada parlament saylovi oʻtkazildi. Oʻsha yili 20-sentyabrda OFR tuzildi. 1949-yil 7-oktyabrda Xalq kengashi Germaniya Demokratik Respublikasi (GDR) tuzilganligini eʼlon qildi. Ikki suveren nemis davlati 1990-yil oktyabrgacha alohida-alohida yashab keldi. Lekin sotsialistax jamiyat qurish yoʻlini tutgan GDRning ijtimoiy turmush darajasi Gʻarbiy Germaniya darajasiga nisbatan ancha orqada qoldi — Gʻarbiy Germaniya jahonning taraqqiy etgan mamlakatlari qatoridan oʻrin oldi. nemis xalqining birlashish orzusi 1989-yilning soʻngida taqiq ramzi boʻlmish Berlin devorining buzilishi bilan ushaldi (Berlin devorining qulatilishi). 1990-yil 12-sentyabrda Moskvada Germaniya masalasini uzil-kesil hal etish toʻgʻrisidagi shartnoma imzolandi. GDR Xalq palatasining qaroriga binoan GDR OFRga qoʻshildi. Natijada yagona Germaniya davlati tashkil topdi. 1999-yildan Germaniya federal prezidenta — Yoxannes Pay. 1998-yildan federal kansler—Gerhard Shreder. Germaniya —1973-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Rerspublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil 6-martda oʻrnatgan. Milliy bayrami — 3-oktyabr, Germaniya birligi kuni (1990).



Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari



Angela Merkel va Dmitriy Medvedev2008-yil oktyabrda

Germaniya kommunistik partiyasi, 1968-yilda tuzilgan; Demokratik sotsializm partiyasi, sobiq GDRda 1946-yilda tuzilgan Germaniya birlashgan sotsialistik partiyasi (GBSP) negizida 1989-yilda tashkil etilgan; Germaniya sotsial-demokratik partiyasi[8], 1946-yilda tuzilgan; Xristian-demokratik ittifoqi, 1945-yildan faoliyat kursatadi, 1950-yilda tashkiliy jihatdan yagona partiya sifatida rasmiylashgan; Xristian-sotsial ittifoqi, 1945-yilda Bavariyada asos solingan; Erkin demokratik partiya, 1990-yilda tuzilgan: „Ittifoq-90“ „koʻkatparvarlar“ partiyasi. 1993-yilda „Koʻkatparvarlar“ bilan „Ittifoq-90“ partiyasining birlashuvi natijasida barpo etilgan; Germaniya milliy demokratik partiyasi, 1964-yilda yangi natsistlar tomonidan tuzilgan; Respublikachilar partiyasi, 1983-yil asos solingan. nemis kasaba uyushmalari ittifoqi[9]1949-yilda tuzilgan, Germaniya birlashganidan soʻng sobiq GDRdagi kasaba uyushmalari unga qoʻshildi. Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi va Yevropa kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi[10].



Xoʻjaligi

OFR — yuksak darajada rivojlangan industrial mamlakat. Umumiy iqtisodiy qudratiga koʻra dunyoda uchinchi oʻrinda, jahon savdosida ikkinchi oʻrinda turadi. Yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoat va qurilishning ulushi 33,6 % ni, qishloq xoʻjaligining ulushi 1,2 % ni tashkil etadi.



Sanoati

nemis iqtisodiyotining asosiy tayanchidir. Qoʻngʻir ko'mir (dunyoda birinchi oʻrin), toshkoʻmirnefttabiiy gazpolimetall rudalarkaliy va oshtuzi qazib olinadi. Energetika, qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, kemasozlik, kimyo va neft kimyosi, yogʻochsozlik, oziq-ovqat sanoati, chinnisozlik gʻoyat rivojlangan. Germaniya sanoati asosan oʻrta korxonalardan iborat. Sanoatda band boʻlgan barcha xodimlarning 32 % dan koʻprogʻi (2,2 mln. kishi) yirik firmalarda ishlaydi. „Simens“ konserni, „Folksvagen“, BMV va „Daymler Bens“ kabi avtomobilsozlik firmalari, „Xyoxst“, „Bayer“ va BASF kabi kimyo konsernlari, „Rurkole AG“ koʻmir qazish firmasi, „FEBA“ va „RVE“ elektr texnika konserni yoki „Bosh“ guruhi butun dunyoga mashhur boʻlib, dunyoning hamma joylarida filiallari, korxonalari yoki tadqiqot muassasalari bor. Yirik firmalar koʻpdan-koʻp mayda va oʻrta korxonalarning buyurtmachisi hisoblanadi. Bu muvaffaqiyatlarda boshqariladigan iqtisodiyotdan 1948-yilda bozor xoʻjaligiga oʻtilganligi hal qiluvchi omil boʻldi. Transport vositalari ishlab chiqarish, mashinasozlik, kimyo sanoati, elektr texnika, oziq-ovqat, metallurgiya, konchilik, aniq mexanika va optika, aviatsiya va kosmik sanoati asosiy tarmoqlardir. Texnika taraqqiyoti sohasida Germaniya sanoati dunyoda oldingi oʻrinlardan birini egallaydi. Germaniya iqtisodiyoti yuksak texnologiyalardan foydalanish tufayli farmatsevtika mahsulotlari, eng yangi organik kimyoviy moddalar va sunʼiy materiallar, tibbiyot elektronikasi, optika va oʻlchov asboblari ishlab chiqarishda, yangi avtomobillar yaratish va mashinasozlikda, telekommunikatsiya, atrof muhitni muhofaza qilish texnologiyalari sohasida dunyoda yetakchi oʻrinda. Germaniyada qadimdan va goʻzal anʼ-analarga ega boʻlgan hunarmandchilik rivoj topgan.



Qishloq xoʻjaligi

Germaniyada qishloq xoʻjaligiga yaroqli 36 mln. ga yer bor. U moʻl-koʻl yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beradi. Qishloq xoʻjaligining asosiy mahsulotlari: bugʻdoyarpaqand lavlagikartoshka, shuningdek uzum, mevasabzavot va boshqalar. Chorvachilikda mol goʻshti, choʻchqa goʻshti, tovuq goʻshti va sut yetishtiriladi.

Germaniya hududining qariyb uchdan bir qismi (10,7 mln.ga) oʻrmon bilan qoplangan. Mamlakatda har yili salkam 30—40 mln. kub metr yogʻoch tayyorlanadi, bu hajm ichki ehgiyojning uchdan ikki qismini krplaydi. Germaniya yogʻoch eksport qiladigan eng yirik davlatlardan biridir. Shimoliy va Boltiq dengizlarida, Grenlandiya oroli atroflarida baliq ovlanadi. dsdawdwdwadwdawdawdawd

Transporti

ICE tez yurar poezdi

Temir yoʻl uzunligi — 91,4 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi — 496,6 ming km. Eng katta aeroporti — Frankfurtmayn shahrida. Boshqa yirik aeroportlari: Berlin — Tegel, Berlin — Shenefeld, BremenHamburgGannoverDrezdenDyusseldorf, Kyoln /Bonn, Leypsig, Myunxen, Nyurnberg, Saarbryukken va Shtutgart. Suv yoʻllari uzunligi — 7467 km. Asosiy dengiz portlari: Hamburg, Bre-menBremerxafen, Vilgelmsxafen, Rostok[11].

Eksport va import

Germaniya dunyodagi tashki savdo aylanmasi hajmi boʻyicha AQShdan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Germaniya chetga asosan avtomobillarstanoklarmashinalar, kimyo mahsulotlari va elektr texnika buyumlari chiqaradi. Chetdan xom ashyo, elektr texnika va toʻqimachilik mahsulotlari oladi. Tashki savdodagi asosiy mijozlari: FransiyaItaliyaBuyuk BritaniyaNiderlandlarBelgiya, AQSh, RossiyaLyuksemburg. Pul birligi — nemis markasi.



Ijtimoiy soha

Tibbiy xizmati

nemis kasalxonalari uchun xarajatlar 1993—2006

Germaniya 620 mingga yaqin oʻrinli 2300 kasalxona, 267 ming vrach ishlaydi. Bundan tashqari 1300 sogʻlomlashtirish muassasalari mavjud[12].

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari

Konstitutsiyaga binoan davlat maorif tizimini umumiy nazorat qilish huquqini oʻzida saqlab qoladi. Har bir yerda maorif masalalari bilan shugʻullanuvchi vazirlik bor. 6 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun taʼlim majburiy. Oʻqish muddati — 12 yil Jumladan, bolalar toʻla oʻquv haftasi dasturi boʻyicha maktabda 9 yil, soʻnfa toʻliqsiz oʻquv haftasi dasturi boʻyicha hunartexnika bilim yurtida 3 yil oʻqiydi. Maktablar bir necha bosqichga boʻlinadi: boshlangʻich bosqich — 1—4 sinflar (baʼzi yerlarda 1—6 sinflar). Soʻng oʻquvchilar umumiy taʼlim maktabining uch toifasiga ajratiladi; keyinchalik hunar taʼlimi olish huquqini beradigan asosiy maktab (5—6 yil), kasbkor yoʻnalishidagi toʻliqsiz oʻrta taʼlim huquqini va oʻrta hunar-texnika oʻquv yurtiga kirish va uni bitirgach, texnika oliy oʻquv yurtiga kirish huquqini beradigan real maktab; toʻliq oʻrta maʼlumot beradigan va universitet hamda oliy oʻquv yurtlariga kirish huquqini beradigan gimnaziya. Umumiy taʼlim beradigan maktabning yangi toifasi — umumiy maktab ham mavjud. Unda bolalar 5sinfdan 10-sinfgacha oʻqiydi. Baʼzi umumiy maktablarda gimnaziyalarning yuqori sinflari tarzida tashkil etilgan yuqori sinflar bor. Aqli zaif va nogiron bolalar uchun maxsus maktablar bor. Ularga ham majburiy taʼlim joriy etilgan.

Hunar-texnika taʼlimi tizimida hunar maktablari, texnika va muhandislik bilim yurtlari, turli ixtisoslikdagi oʻrta maxsus taʼlim maktablari hamda maxsus oliy maktablar bor. Oliy taʼlim tizimiga universitetlar, oliy oʻquv yurtlari, oliy badiiy maktablar, texnika maktablari va boshqalar kiradi. Ularda oʻqish pulli. Eng yirik va qadimgi oliy oʻquv yurtlari: Geydelberg, Leypsig, Rostok, Berlin universitetlari. 1960-yildan keyin yana 20 ta universitet tashkil etildi. Ularning yonida texnika oliy bilim yurtlari va pedagogika institutlari mavjud. Maxsus oliy oʻquv yurtlari oliy taʼlimning eng yosh va hammaga manzur toifasi hisoblanadi. Ulardagi taʼlim ayniqsa muhandislik, iqtisodiyot, ijtimoiy taʼminot, dizayn va qishloq xoʻjaligi sohalarida koʻproq amaliy tarzda olib boriladi. Germaniyada har yili 10 mln. fuqaro bilim saviyasini oshirish imkoniyatiga ega. Malaka oshirishning eng yaxshi va samarali shakli xalq universitetlaridir. Germaniyada 11 ta mintaqalararo iqtisodiyot oʻquv markazi va 30 ta malaka oshirish instituti mavjud. Yirik firmalar oʻz xodimlari uchun alohida kurslar tashkil etadi.

Mamlakatdagi ilmiy tadqiqot ishlari oliy oʻquv yurtlarida, davlat va xususiy ilmiy tadqiqot muassasalarida va iqtisodiyot ilmiy tadqiqot boʻlimlarida olib boriladi. Tadqiqotlarda Dyusseldorf, Gyottingen, Geydelberg, Leypsig, Mayns va Myunxenda joylashadi Fanlar akademiyasilari va 1992-yil qayta tashkil etilgan Berlin-Brandenburg badiiy akademiyasi oliy oʻquv yurtlari bilan uzviy hamkorlik qiladi. Mamlakatda 60 dan ortiq ilmiy muassasa va ularning filiallari mavjud. „21-asr texnologiyalari“ deb atalgan ishlardan tashqari, jumladan, transport, ekologiya, sogʻliqni saqlash, informatika, shuningdek mayda va oʻrta korxonalarni qoʻllab-quvvatlash sohalarida tadqiqotlar olib boriladi.

Germaniyada 3 mingdan koʻproq muzey bor. Yerlar, shaharlar, uyushmalarning muzeylari, oʻlkashunoslik va xususiy muzeylar, ibodatxonalar, qasrlar, saroylardagi muzeylar, ochiq havo ostidagi muzeylar shular jumlasiga kiradi. Eng yirik muzeylari: Axendagi sobor xazinasi, Yangi galereya, Berlindagi „Prussiya madaniy bisoti“ davlat muzeyi, Bonndagi shahar sanʼat asarlari majmuasi, Drezdendagi Eski va Yangi ustalarning rasmlar galereyasi, „Kuk gumbaz“, Essendagi „Folkvang“ muzeyi kabi sanʼat muzeylari, Bonndagi Reyn viloyat muzeyi, Kyolndagi Rim-Germaniya muzeyi, Myunxendagi Bavariya milliy muzeyi kabi madaniytarixiy muzeylar, Berlin, Frankfurtmayn, Gyottingen, Hamburg, Kil, Kyoln, Lyubeke, Myunxen va Shtutgartdagi etnografiya muzeylari va boshqalar. Yirik kutubxonalari: Myunxendagi Bavariya davlat kutubxonasi (6 mln.dan ortiq asar saqlanadi). „Prussiya madaniy bisoti“ning Berlindagi davlat kutubxonasi (4 mln. asar), Kyolndagi Markaziy kutubxona, Volfenbyuttedsagi gersog Avgust nomidagi kutubxona (660 mingdan ortiq asar) va boshqalar.

Matbuoti, radnoeshittirishi va telekoʻrsatuvi

Germaniyada nashr etiladigan asosiy gazeta va jurnallar: "Algemayne saytung („Umumiy gazeta“, kundalik gazeta, 1850-yildan), „Berliner morgenpost“ („Berlin tonggi xabarlari“, kundalik gazeta, 1898-yildan), „Bonner rundshau“ („Bonn sharhi“, kundalik gazeta, 1945-yildan), "Generalansayger („Hammabop xabarnoma“, kundalik gazeta, 1725-yildan), „Noyes Doychland“ („Yangi Germaniya“, kundalik gazeta, 1946-yildan), „Shpigel“ („Koʻzgu“, haftalik suratli jurnal, 1947-yildan), „Shtern“ („Yulduz“, haftalik suratli jurnal, 1948-yildan). Doycher Depeshendinst Algemayner Doycher Naxrixtendinst — DDP/ ADN axborot agentligi; 1946-yilda sobiq GDRda tuzilgan ADN agentligining 1993-yilda Gʻarbiy Germaniyaning DDP agentligi bilan qoʻshilishi natijasida vujudga kelgan. Doyche Presse-Agentur-DPA jahon axborot agentligi, aksiyadorlik jamiyati boʻlib, 1949-yilda tuzilgan. „Arbaytsgemaynshaft der effentlix-rextlixen rundfunkanshtalgen der Bundesrespublik Doychland“ — ARD OFR radio va televizion kompaniyalari birlashmasi, mamlakat radioeshittirish va telekoʻrsatuvlarini nazorat qiladi.



Adabiyoti

Adabiyotnning eng qadimgi namunalari 8—9-asrlarga mansub („Gildebrand qoʻshigʻi“, „Mazreburg sehri“). Ekkehardning lotin tilidagi „Valtarius“ asari 11-asrda yaratilgan. Uygʻonish davri adabiyotiga Volfram fon Eshenbax, M. Lyuter, T. Myunser, G. Saks (16-asr) kabi shoir va adiblar salmokli hissa qoʻshdi. „Til Eylenshpigel“, „Reyneke Lis“, „Faust“ kabi xalq kitoblari nashr qilindi. Klassitsizm namoyandasi shoir M. Opits mistik va dabdabali barokko sheʼriyatiga qarshi nemis tilining sofligi uchun kurashdi. „Minna fon Barnxelm“, „Emiliya Galotti“, „Donishmand Natan“ pyesalari muallifi G. E. Lessing nemis milliy adabiyotiga asos soldi. I. V. Gyote („Egmont“, „nemis va Doroteya“, „Faust“) va F. Shiller („Qaroqchilar“, „Makr va muhabbat“, „Orlean qizi“, „Vilgelm Tell“) ijodi 18-asr va 19-asr boshlari nemis adabiyotidagi taraqqiyparvar gʻoyalarning rivojida yuksak bosqich boʻldi. 18-asr 2-yarmi va 19-asr boshlarida romantizm paydo boʻldi. Romantiklar (aka-uka A. va F. Shlegellar, L. Tik, L. Uland va boshqalar) oʻrta asrni, din va xurofotni ideallashtirib, poeziyada subʼyektivizmni targʻib etishdi. 19-asrning 30-yillaridagi siyosiy koʻtarilish adabiy hayotni ham jonlantirdi. Dramaturg G. Byuxner, L. Berne demokratiya uchun kurashdilar. Buyuk shoir G. Geyne „Qoʻshiqlar kitobi“ siyosiy lirikasi va boshqalar toʻplamlarida feodal reaksiyani tanqid qildi. 1848-49 yillardagi nemis burjuademokratik inqilobi magʻlubiyatidan soʻng adabiy hayotda reaksion kayfiyat kuchaydi. 20-asr boshlarida dramaturgiyada naturalistik oqim paydo boʻldi (G. Gauptman, A. Gols va boshqalar), tanqidiy realizm yuksak bosqichga koʻtarildi. Birinchi jahon urushi davrida va undan soʻng A. Sveyg, B. Kellerman, K. Tuxolski, E. M. Remark kabi tanqidiy realistlar ijtimoiy tuzumning reaksion mohiyatini fosh etdilar. Fashistlar hokimiyat tepasiga kelgach, koʻpchilik taraqqiyparvar yezuvchilar vatanni tark etishdi va chet ellarda fashizmni fosh etuvchi asarlar yozishdi. 1945-yilda mamlakat ikkiga boʻlingach, nemis adabiyoti turli yoʻllardan rivojlandi. Sharqiy G. (sobiq GDR)da yashagan taniqli yezuvchilar T. Mann, G. Mann, L. Feyxtvanger kabilar adabiy oqimdagi ilgʻor anʼanalarni ijodiy davom ettirdilar. Eski ziyolilardan B. Kellerman, A. Sveyg, G. Fallada yangicha adabiy hayotga faol qoʻshildilar. I. R. Bexer, B. Brext, A. Zegers, F. Volf, F. Fyuman fashizmning jirkanch qiyofasini fosh etuvchi, insonning jamiyat oldidagi masʼuliyatini ifodalovchi asarlar yozishdi. Ammo bu yerda axborot imkoniyati va fikrlar erkinligi boʻlmagan sharoitda ularning ijodiy imkoniyatlari cheklangan edi.

Germaniyaning gʻarbi (OFR)da yashagan va fashizm qabohatlarining shohidi boʻlgan V. Borxert, X. V. Rixter, G. Byoll kabi adiblar oʻzlarining koʻrgan-kechirganlari haqida taʼsirchan asarlar yaratishdi. Xans Verner Rixterning tashabbusi bilan tuzilgan „47lar guruhi“ katta rol oʻynadi. Shu guruh har yili oʻtkazib turgan yozuvchilarning uchrashuvlari adabiy doiradan chiqib, siyosiy voqeaga ham aylana bordi. Bir qator adiblar (Yu. Bekker, R. Brinkman, A. Kluge, D. Vellersxof) ijtimoiy voqelikni talqin etmay, shunchaki tasvirlash yoʻlidan bordilar. 70 va 80-yillarda esa koʻpgina yozuvchilar ijtimoiy va iqtisodiy faollikka intildilar. Mamlakat birlashishi bilan nemis adabiyoti yangi rivojlanish bosqichiga kirdi. Yangi voqelikii badiiy idrok qilish va aks ettirish uchun vaqt kerak boʻladi.

Meʼmorligi

Berlin


nemis qabilalarining qadimgi meʼmoriy yodgorliklari (yogʻochdan ishlangan) saqlanmagan. Toshdan ishlangan meʼmoriy yodgorliklari (Axendagi saroy kapellasi, 790—805: Fulddagi muqaddas Mixail cherkovi, 822) keyingi antik va Vizantiya meʼmorligi taʼsirida paydo boʻlgan. 9—10-asrlarda bazilika xilidagi bezaksiz cherkovlar qurildi. 11-12-asrlarda roman uslubidagi cherkov va soborlar (Mariya Lax cherkovi, 1093—1230; Maynsdagi sobor, 1100-1230 va boshqalar) qad koʻtardi. 13-14-asrlarda Germaniyada gotika uslubiga xos binolarni yangi konstruksiyalar asosida qurish avj oldi. Uygʻonish davrida ham gotika uslubi oʻz mavqeini yoʻqotmadi. 17-asrda meʼmorlik va tasviriy sanʼatda dabdabali barokko uslubi keng tarqaldi. 18-asrning 1-yarmida saroy va cherkovlar qurilishi yanada rivojlandi va baʼzan barokko bilan rokoko qisman birlashtirildi, 2-yarmida esa klassitsizm uslubida teatr, muzey va oʻquv muassasalari qurildi. 19-asrda yangi qurilish materiallari — temir va beton konstruksiyalari paydo boʻlishi tufayli modern uslubi urf boʻldi. 20-asrda texnika taraqqiyoti bilan konstruktivizm va funksionalizm qonunlari asosida (P. Berens, B. Taut, V. Gropius, L. Mis van der Roe va boshqalar) sanoat va turar joy binolari barpo etilib, shaharlar loyihasi tuzildi. Fashistlar diktaturasi davrida Germaniyada dagʻal va besoʻnaqay koʻrinishli, klassitsizmga yot binolar qurildi. Bu davrda koʻpgina atoqdi meʼmorlar chet ellarga ketib qoldilar. Urushdan keyin ayniqsa GDRda bir qolipdagi koʻrimsiz binolar qad koʻtardi. Keyingi yillarda koʻrkam jamoat binolari, qulay turar joylar qurila boshladi, shaharlarni obod qilishga kirishildi. Germaniyada insonning ehtiyojlarini har tomonlama nazarda tutgan zamonaviy yangi meʼmorlik namunalari tobora koʻpayib bormoqda. Meʼmorlikdagi yangi yoʻnalishlar goʻzal va qulay inshootlar yaratilishiga olib kelmoqda. Turli ranglarga boʻyalgan liftlareskalatorlar, bino tashqarisiga oʻrnatilgan kommunikatsiyalar meʼmoriy bezak vazifasini ham oʻtaydi. Ustunning qoshi, karniz va naqshlar esa bino husniga husn qoʻshib, kishi koʻzini quvontiradi. Shtutgartdagi yangi davlat galereyasi binosi (meʼmorlar J. Sterling, M. Uilford). Frankfurtmayndagi 256 metrlik yarmarka minorasi (meʼmor X. Yan) shu jumlaga kiradi.

Tasviriy sanʼati

Germaniya hududida paleolit va neolit, jez va temir davrlari sanʼati yodgorliklari topilgan. Mil. boshlarida nemis qabilalarining ibtidoiy sanʼati paydo boʻlgan. 8—9-asrlarda karolinglar sanʼati (suyak oʻymakorligi, miniatyura)ga Vizantiya, qadimgi dunyo madaniyati taʼsir etdi. 11-13-asrlar sanʼati (Xildesxeym soborining bronza eshiklari, 1015, Reyxenau orolidagi Obersel cherkovining devoriy rasmlari, miniatyuralar) diniy harakterdagi roman uslubiga oʻtish davri boʻldi. 13—14-asrlarda nemis gotikasi taraqqiy etib, saroyritsarlik madaniyati elementlari oʻsayotgan shaharlar madaniyati bilan qoʻshilib ketdi. Uygʻonish davrida insonparvarlik gʻoyalari bilan sugʻorilgan realistik sanʼat vujudga keldi. 15-asrda paydo boʻlgan bu sanʼat (S. Loxner, L. Mozer, G. Mulcher, M. Shongauer) 16-asrning 30-yillarida A. Dyurer, X. Xolbeyn asarlarida yuksak choʻqqiga koʻtarildi. Sanʼatda 16-asrning 2-yarmidan manyerizm, 17-asrdan barokko hukmron boʻlib, 18-asr oʻrtalarida klassitsizm paydo boʻldi (R. Mengs, A. Kaufman, A. Ya. Karstens va boshqalar). 1848—49 yillardagi inqilob davrida jangovar demokratik ruhdagi kartinalar yaratildi (I. P. Gazenklever, K. Gyubner, K. F. Lesing). 19-asrning yirik realist rassomi A. Mensel ijodida nemis hayoti oʻzining toʻla aksini topdi. 20-asr boshlarida Germaniya mayda burjuaziya oqimi—ekspressionizm vatani boʻlib qoldi (haykaltarosh V. Lembruk va boshqalar). Fashistlar hokimiyat tepasiga kelgach, quvgʻin va taʼqiblarga qaramay, baʼzi rassomlar (Barlax, Kolvits, O. Nagel) insonparvarlik ideallariga sodiq qoldilar. Urushdan keyin utmish anʼanalariii tiklashga kirishildi va Yevropa hamda Amerika sanʼatidagi yangi oqimlardan foydalanildi. Hozirgi vaqtda yoʻnalishlar naqadar xilma-xil boʻlmasin, mutanosiblik yoʻliga intilish seziladi.



Teatri

Teatr sanʼati tarixi xalq urf-odatlari va oʻyinlaridan iborat. 11—15-asrlarda xalq sayyor aktyorlari—shpilmanlar sanʼati avj oldi (yengil, shoʻx, kichik pyesalar quyilgan). 16-asr oxirlarida maktab dramalari keng tarkaldi. nemis aktyorlarining birinchi truppalari yuzaga keldi. 18-asrda aktrisa K. F. Neyber nemis teatri sahnasiga fransuz klassitsizmi badiiy tamoyillarini olib chiqdi, teatrning tarbiyaviy roli uchun kurashdi. 19-asrda Berlin, Braunshveyg, Drezden, Dyusseldorf, Hamburg va boshqa shaharlar teatr markaziga aylandi. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida E. Possart, L. Barnay, Y. Kayns kabi yirik aktyorlar yetishib chikdi. l-jahon urushi yillarida Germaniya teatri realistik anʼanalardan chekindi. 1927-yilda ochilgan „Piskator teatri“ publitsistik yoʻnalishdan bordi. Dramaturglardan B. Brext, F. Volf, E. Toller, aktyorlardan A. Moisei, G. Otto, E. Bush, rejissyorlardan M. Reyngardt, E. Piskator, G. Vangenxeym, K. X. Martinlar teatr sanʼatining rivojlanishiga katta hissa qoʻshdilar. Fashizm davrida teatr sanʼati natsistlarning targʻibot quroliga aylandi. Fashizm tor-mor etilgach, natsizmga qarshi ruxdagi pyesalar paydo boʻldi. Berlinda 150 ta teatr va sahna bor. Boshka shaharlardagi teatrlarning ham repertuarlari xilma-xil. Klassiklarning pyesalari ham katta muvaffaqiyat qozonmoqda. Shiller, Lessing va Kleystdan keyin B. Brext asarlari paydo boʻldi. Zamonaviy dramaturglardan baʼzilari muvaffaqiyatga erishdi. Rolf Xokxut, Harald Myuller, Tankred Dorst, Klau Pol shu jumlaga kirdi.



Musiqasi

Oʻrta asrlarda ritsarlar sanʼati paydo boʻldi, minnezingerlar maktabi shakllandi (Volfram fon Eshenbax va boshqalar); 14-asrda meysterzingerlar sanʼati, 16-asrdan cholgʻu (ayniqsa organ) musiqasi (K. Pauman singari kompozitorlar ijodida) rivojlandi. Islohot davrida xalq qoʻshiqlari zaminida protesta ntxorali paydo boʻldi. Germaniya Shyuts nemis musiqasida oratoriya va kantata janrlarini ishlab chiqdi, birinchi nemis operasi „Dafna“ (1627)ni yezdi. 1723-yildan I. S. Bax faoliyati boshlangap Leypsig yirik musiqa markaziga aylandi. 18-asr 2-yarmida musiqali sahna janri—zingshpil paydo boʻldi (I. Xiller va boshqalar). Asosan chet ellarda ishlagan Germaniya Gendel, X. Glyuk kabi kompozitorlar AngliyaFransiya va boshqa mamlakatlar musiqa taraqqiyotiga katta hissa qoʻshdi. Y. Gaydn, V. A. Motsart, L. Betxoven singari Vena klassik maktabi ustalari nemis musiqasi rivojiga kuchli taʼsir oʻtkazdi. L. Betxoven ijodi nemis musiqasining choʻqqisidir. 19-asr boshida musiqiyromantizm namoyandalari F. Shubert, K. Veber, F. MendelsonBartoldi, R. Shuman, 19-asr 2-yarmida R. Vagner. I. Brams, M. Regerlar ijod qildi. 20-asr boshidan Germaniyada ekspressionizm (R. Shtraus, A. Shyonberg), neoklassitsizm (P. Xindemit), atonalizm kabi musiqiy avangardizm oqimlari tarqaldi. Fashistlar rejimi mamlakat musiqiy madaniyatiga halokatli taʼsir qildi. Ilgʻor kayfiyatdagi musiqa arboblari xorijdan boshpana topdi. Urushdan keyin keksa avlodga mansub kompzitorlarning ijodi va faoliyati (K. Orf va boshqalar) yetakchilik qildi. 60-yillardan keyingina yosh kompozitorlar (X. Xense, K. Shtokxauzen) koʻzga koʻrina boshladi. Berlin, Hamburg, Myunxen, Frankfurtmayn, Shtutgart, Leypsig, Drezden va boshqa shaharlarda opera va balet teatrlari, simfonik orkestrlar, Oliy musiqa maktablari bor.



Kinosi

Germaniyada kinematografiya 1895-yil yuzaga kelgan. Birinchi jahon urushi arafasida badiiy filmlar ishlab chiqarila boshlandi. 1916-17 yillar UFA deb atalgan yirik ishlab chiqarish firmasi tuzildi. F. F. Murnau, G. V. Pabst, E. Lyubich kabi rejissorlarning filmlarida zamonasining ijtimoiy mavzulari aks ettirildi. 20-yillarda nemis kinosida ekspressionizmning kuchli taʼsiri sezilib turadi. 20-yillar oxiri va 30-yillar boshida „Krauzen buvining baxt tomon safari“ (rejissor P. Yutsi) va boshqa realistik filmlar yaratildi. 1933-yil yuzaga kelgan siyosiy reaksiya nemis kinematografiyasi rivojlanishini toʻxtatib qoʻydi. Ikkinchi jahon urushi davrida kino natsizm targʻibotining quroliga aylantirildi. OFRda 1949-yildan tijorat va koʻngilochar filmlar chiqarila boshladi. 60-yillardan eʼtiboran yosh rejissorlar badiiy yetuk ekran asarlari yaratishdi. Keyinchalik zamonaviy voqelik va axloq mavzulariga eʼtibor berila boshladi. Doris Durrining „Erkaklar“ komediyasi, Volfgang Petersonning urush haqidagi „Suv osti kemasi“ filmi kabi badiiy puxta kartinalar yuzaga keldi. 1984-yilda yaratilgan „Parij, Texas“, 1988-yilda suratga olingan „Berlin osmoni“, 1986-yilda dunyo yuzini koʻrgan „Roza Lyuksemburg“ filmlari tomoshabinlarga manzur boʻldi. Tarixiy va zamonaviy mavzudagi adabiy asarlarni ekranlashtirishga kirishildi.[13]



Biz bilgan va bilmagan Germaniya


Germaniya - tabiati goʻzal va qiziqarli shaharlarga boy mamlakat. Bu mamlakat iqtisodiyoti Yevropadagi eng kuchli boʻlib, jahonda beshinchi oʻrinda turadi. 2017 yilda Germaniya YAIP 3,685 trillion AQSH dollar (aholi jon boshiga 44 550 dollar)ni tashkil qildi. Aynan Germaniyada olmashumul ilmiy kashfiyotlar amalga oshirilgan: bu mamlaktda ilm-fan azaldan rivojlanib kelgan.
Germaniya oʻzining goʻzal va turli-tuman tabiati bilan kishini oʻziga rom qiladi. Shimoliy va Boltiq dengizlari sohillaridagi qumli plyajlar sayyohlarni oʻziga chorlaydi. Oʻrmonlar, oʻrta asrlarga oid qasrlar asrlardan beri shoirlarga ilhom bagʻishlab kelgan. Baland togʻlar va tiniq koʻllar ham Germaniya timsollaridan hisoblanadi.
Hududi 357 408,74 km²ni tashkil qiluvchi Germaniya aholisi 82 milliondan oshib ketgan boʻlib Yevropadagi aholisi eng zichmamlakatlardan biri hisoblanadi. Aholisi soni boʻyicha jahonda 17- oʻrinda, Yevropada 2-oʻrinda turadi. Mamlakat aholisining yarmidan koʻpi 76 ta shaharda istiqomat qiladi. Eng yirik shaharlari sifatida Berlin (3,3 mln), Gamburg (1,7 mln) va Myunxen (1,3 million) hisoblanadi. Germaniyadagi har bir shahar-(u katta boʻladimi, yokikichik, qadimiy boʻladimi yoki zamonaviy) oʻzining boy tarixi bilan faxrlana oladi. Koʻplab shaharlarda oʻrta asr devorlari bilan oʻralgan tarixiy markazlar yaxshi saqlanib qolgan.
Germaniya Federativ Respublikasi– parlament demokratiyasi qaror topgan davlatdir. 1949 yilda qabul qilingan konstitutsiyasi inson xuquqlarini, diniy erkinlikni, soʻz erkinligini va qonun oldida barcha fuqorolarning tenglgini kafolatlaydi. 1990 yilning oktyarida Sharqiy (GDR) va Gʻarbiy (GFR) Germaniya birlashganidan keyin mamlakat poytaxti sifatida Berlin shahri tanlandi.
Germaniya 16 ta federal oʻlkadan tashkil topgan, ularning har biri qandaydir, masalan madaniyatva taʼlim sohasida masalanihal qilishda maʼlum darajada siyosiy erkinliklardan foydalanadi. Germaniyada taʼlim tizimi markazlashtirilmagan: barcha 16 ta federal oʻlka oliy taʼlim sohasida oʻzining qonun va normativ hujjatlariga ega. Nemis universitetlari ham mustaqildir, shu sababli bu oliy taʼlim dargohlarining oʻzidan taʼlim shartlari va qabul talablarini olish kerak boʻladi.
Germaniya iqtisodi jahonda yetakchi oʻrinlarda turadi. Mamlakat asosan elektrotexnika, mashinasozlik, avtomobil sanoati, ekologiya sohasidagi texnologiyalar, farmatsevtika va kimyo sanoati mahsulotlarini eksport qiladi. „Made in Germany“ (“Germaniyada ishlangan”) – umumeʼtirof etilgan sifat belgisidir: jahonda Mercedes, BMW, Audi, Bayer, Siemens brendlari ancha mashhur.
Innovatsion gʻoyalar Germaniya taraqqiyotining dvigateli hisoblanadi. Aynan Germaniya koʻplab kashfiyotlarning vatani sanaladi. Masalan, avtomobillar va xavfsizlik yostiqchalari, rentgen va aspirin, kompyuterlar, chiplar va MP3 formati Germaniyada yaratilgan. Fan va tadqiqotlar qadimiy anana boʻlib, ularning nufuzi hamon yuqori. Ilk universitet 1386 yilda Geydelberg shahrida tashkil etilgan. Nobel mukofoti sohiblari boʻyicha Germaniya oldingi oʻrinlarda turadi. Birgina tabiiy fanlar va tibbiyot sohasida 70 nafar germaniyalik Nobel mukofotini olgan. Ular orasida Vilgelm Konrad Ryontgen, Robert Kox, Maks Plank, Albert Eynshteyn, Kristiana Nyuslyayn-Folxard va Xarald sur Xauzenlar bor.
Germaniya shoirlar va mutafakkirlar vatani deya tan olingan. Chunki bu yurtda Kant, Gegel, Adorno, Gyote, Geyne, Brext, Bax, Betxoven, Brams va boshqalar tavallud topgan. Zamonaviy nemis dizaynerlari, rassomlari, aktyorlari, musiqachilari va sportchilarining nomi dunyoga mashhur.
Qadimiy germanlar haqidagi ilk maʼlumotlar qadimiy yunon va rimliklarning asarlarida tilga olib oʻtilgan. Germanlar haqida birinchi maʼlumot 98 yilda berilgan ekan. Bu maʼlumot Rim solnomachisi Tatsit (Tacitus)ga taalluqlidir. “Germaniya” nomi qadimgi davrlardagi mualliflarning asarlarida qayd qilinganlotincha “Germania”dan kelib chiqqan “Germanlar” (lotincha Germanus) atamasi ilk bor Yuliy Sezar tomonidan “Gall urushi yozuvlari” asarida Reyn ortida istiqomat qiluvchi xalqlar borasida maʼlumot berilganida tilga olingan. Tahlilchilarning fikricha, aslida bu soʻz lotincha emas, balki ildizi keltlarning “gair” (“qoʻshni”) soʻziga borib taqaladi.
Aslida nemis tilida davlat “Deutschland” deb ataladi. “Deutsch” soʻzining maʼnosi nemis tilida “xalqqa oid” degan maʼnoni anglatadi, hamda qadimgi zamonlarda birinchi navbatda tilni nazarda tutgan edi. “Land” esa “oʻlka, mamlakat” degan maʼnoni beradi. Mamlakat nomining zamonaviy shakli XV asrdan beri qoʻllab kelinadi.
“Nemis” etnonimi ruscha “nemoy” (“gung”) degan maʼnoni anglatadi. Chunki qadimgi Rus davlatida rus tilini bilmaydigan yoki yaxshi gapira olmaydigan barcha xorijliklarni “gung” deb atashgan.
Hozirgi Germaniya hududlari Muqaddas Rim imperiyasi tarkibidagi nemis davlat birlashmalariga kirgan.
Rim imperiyasi parokanda boʻlganidan keyin Gʻarbiy Yevropada Frank davlati paydo boʻladi, oradan uch asr oʻtib bu davlat Buyuk Karl hukmronligi davrida imperiyaga aylanadi. Biroq bu imperiya uzoq hukmronlik qilmadi, Buyuk Karlning nabiralari davlatni boʻlib tashlagan holda boshqarishga oʻtishgani oqibatida uchta qirollik — Gʻarbiy Frank (keyinchlik Fransiya), Sharqiy Frank (keyinchalik Germaniya) va Oʻrta qirollik (keyinchalik Italiya) paydo boʻladi.
German davlati tashkil topgan sana sifatida 962 yilning 2 fevrali tan olinadi. Oʻsha kuni sharqiy Frank qiroli Otton I Rimda toj kiyadi va Muqaddas Rim imperiyasining imperatori deya eʼlon qilinadi; bu imperiya oʻlkalarning (nemischa Land) konfederatsiyasidan iborat edi. Har bir oʻlka oʻz armiyasiga ega boʻlib, oʻzining tangalarini zarb qilardi. Muqaddas Rim imperiyasi tepasida oʻlkalarning manffaatlarni himoya qiluvchi Kurfyurst (Kurfürst)lar kengashi tomonidan saylanadigan imperator turardi. Kurfyurstlar Kengashi Reyxstag (Reichstag) deb atalardi. Bu qoida Napoleon I bosimi ostida Muqaddas Rim imperiyasi faoliyatitoʻxtatilgan 1806 yilgacha davom etdi. Shundan soʻng nemis davlatlarining soni kamayib, mustaqil oʻlkalardan iborat konfederatsiya koʻrinishidagi Reyn Ittifoqi tuzildi. Vena kongressi nemis davlatlarning birlashishiga omil boʻldi, buning natijasida 38 ta german davlatlari ishtirokida German Ittifoqi tuzildi, bu ittifoq ham mustaqil oʻlkalarning konfederatsiyaligicha qoldi. German Ittifoqini Federal Prezident boshqarardi.
1866 yil 10 avgust kuni Shimoliy German Ittifoqi tuzildi. 1867 yilda konstitutsiya qabul qilindi, unga koʻra oʻlkalar rahbarlaridan tashkil topgan Federal Kengash (Bundesrat), va halq tomonidan saylanadigan Reyxstag (Reichstag) tashkil etildi.
1870 yilning 10 dekabrida reyxstag Shimoliy German Ittifoqini German imperiyasiga (Deutsches Reich) aylantirish borasida qaror qabul qildi. Germaniya kansleri etib graf Otto fon Bismark saylandi. Siyosiy partiyalar - Germaniya Sotsialistik Ishchi partiyasi, Liberal Nemis progressiv partiyasi, Milliy-liberal partiya, konservativ Nemis markaz partiyasi va Nemis konservativ partiyasi paydo boʻldi.
1990 yilning 3 oktyabr kuni Germaniya Demokratik Respublikasi va Gʻarbiy Berlin Germaniya Federativ Respublikasi tarkibiga kiritildi.
Germaniya davlat tuzilmasiga koʻra federativ hisoblanadi, uning tarkibida 16 ta maʼmuriy-hududiy birlashma - federal oʻlkalar (Bavariya, Baden-Vyurtemberg, Berlin, Brandenburg, Bremen, Gamburg, Gessen, Meklenburg-Perednyaya Pomeraniya, Quyi Saksoniya, Reynland-Pfals, Saar, Saksoniya, Saksoniya-Anxalt, Shimoliy Reyn — Vestfaliya, Tyuringiya, Shlezvig-Golshteyn) bor. Davlat boshqaruvi — parlament respublikasi. GFR Federal kansleri lavozimini 2005 yil 22 noyabridan beri Angela Merkel (XDS) egallab keladi, 2017 yilning 19 mart kuni GFR Federal prezidenti lavozimini Frank-Valter Shtaynmayer (GSDP) bajarishga kirishdi.

Germaniya 


  • 4

  • 5Rasmiy nomi — Germaniya Federativ Respublikasi. Poytaxti-Berlin. Hududi — 357041 km.kv. Aholisi- 81 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili-nemis. Dini — xristianlik. Pul birligi — yevro.

 Geografik joylashuvi va tabiati. Markaziy Yevropada joylashgan davlat. Janubda Avstriya va Shveysariya, g‘arbda Niderlandiya, Belgiya, Lyuksemburg va Fransiya, sharqda Polsha va Chexiya, shimolda Daniya bilan chegaradosh. Bundan tashqari shimolda   Germaniya sohillari Shimoliy dengiz va Boltiq dengizi bilan tutashgan. Germaniyaning shimoliy hududlari asosan tekisliklardan iborat. Markaziy Germaniya adirlar va daryo vohalaridan tashkil topgan bo‘lib, mamlakat janubida Alp tog‘lari bo‘y cho‘zgan. Mamlakat shimolida Boltiq dengizida Germaniyaga qarashli bo‘lgan shimoliy va sharqiy Frizsk orollari va Shimoliy dengizda Femarn va Ryugen orollari joylash­gan. Germaniyaning eng baland nuqtasi Zyugshpitse tog‘laridir (2963 m). Eng yirik daryolari: Reyn, Rur, Mozel, Dunay, Elba. Eng yirik ko‘li Boden ko‘lidir. Mamlakat tabiiy qazilma boyliklarga o‘ta boy.

  Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — Federativ Respublika. Germaniya 16 ta federal yerlaming birlashuvidan tashkil topgan. Bular: Baden-Vyurtemberg, Bavariya, Berlin, Brandenburg, Bremen, Gamburg, Gessen, Meklenburg-old Pomeraniya, shimoliy Reyn-Vestfaliya, Reynland-Pfal, Saar, Saksoniya, Saksoniya-Anxalt, Quyi Saksoniya, Shlezvig-Golshteyn, Tyuringiya. Markazlashgan mustaqil Germaniya davlati 1871-yil 18-yanvarda tashkil topgan. Davlat boshlig‘i — prezident. Lekin ijroiya hokimiyat federal kansler rahbarligidagi hukumatga tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyat Bundestag deb nomlanadi. Eng yirik siyosiy partiyalari: Xristian-Demokratik ittifoq (XDI), Ozod Demokratik partiya (ODP), Germaniya Sotsial-Demokratik partiyasi (GSDP), Milliy Demokratik partiya (MDP).

  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Germaniya dunyoning rivojlangan va moliyaviy jihatdan boy davlatlaridan biridir. Lekin Sharqiy va G‘arbiy Germaniyaning iqtisodiy rivojlanishida ma’lum bir ziddiyatlar mavjud. Bunga sabab GDR va GFR xo‘jaligining 1990-yilgacha turli siyosiy tuzumlarda rivojlanganligidir. 1990-yilning 3-oktabrida yagona Germaniya tashkil topganidan so‘ng, bu ziddiyatlarga barham berish maqsadida GFR GDR xo‘jaligiga 390 mlrd marka sarfladi. Sanoatning rivojlangan sohalari: metallurgiya, kimyo, avtomobilsozlik, kemasozlik va elektrotexnika. Germaniya avtomobilsozlik va kema-sozlik bo’yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turadi. Qishloq xo‘jaligi umumiy milliy mahsulotning 15% ini yetkazib beradi. Chorvachilik ayniqsa yaxshi rivojlangan. Qishloq xo‘jaligidagi asosiy ekinlar: qandlavlagi, kartoshka va boshoqli ekinlar. Germaniya o‘z xalqining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojining 90% ini ichki imkoniyatlar hisobida qoplaydi. 2012-yil YIM miqdori 2782,7 mlrdAQSH dollarni (aholi jon boshiga – 33,8 ming AQSH doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: Rossiya, AQSH va YI davlatlari.

  Tarixi. Qadimda bugungi Germaniya hududlarida turli german qabilalari yashashgan. Bu qabilalar V asrda Rimni mag‘lubiyatga uchratib, Rim imperiyasi inqiroziga sabab bo‘lishgan. Rimning inqirozidan so‘ng frank qabilalari sardori Xlodvig hozirgi Fransiya va janubiy-g’arbiy Germaniya hududlarida franklar davlatiga asos soldi. Bu davlat Buyuk Karl hukmronligi yillarida butun german yerlarini o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. 843-yil franklar imperiyasi parchalandi va uning sharqiy hudud­larida german qirolligi tashkil topdi. Lekin ko‘p o‘tmay nemis knyazlarining o‘zaro nizolari natijasida zaiflashib inqirozga uchradi. X asrda Sakson sulolasi Muqaddas Rim imperiyasiga asos soldi. Fridrix I Barbarossa hukmronligi yillarida imperiya hududlari kengaydi. Ko‘p yillik o‘zaro kurashlardan so‘ng, 1438-yil Gabsburglar xonadoni hokimiyatga keldi. XVI asrda Martin Lyuter tomonidan amalga oshirilgan reformatsiya diniy qarashlarga ko‘ra mamlakatni parchaladi. Diniy nizolar Yevangeliya ittifoqi va Muqaddas Liga o‘rtasida «30 yillik urush»ning boshlanishiga sabab bo‘ldi (1618-1648). Urush natijasida mamlakat 350 ta mayda davlatchalarga bo‘linib ketdi. 1815-yil 39 ta nemis davlatchalarini o‘z ichiga olgan German konfederatsiyasi tashkil topdi. Markazlashgan nemis davlatining tashkil topishida Prussiya kansleri Otto fon Bismark juda katta hissa qo‘shdi. U 1871-yilda Prussiya qiroli Vilgelm I ni Germaniya imperatori deb e’lon qildi. Germaniya 1914-yil I jahon urushining bosh­lanishiga sababchilaridan biri bo‘ldi. Urushdan mag‘lub davlat sifatida chiqdi. 1918-yil 9-noyabrda imperator  Vilgelm II taxtdan ag‘dariidi, Germaniyada Veymar respublikasi e’lon qilindi. 1933-yil Gitler boshchiligidag] fashistlar hokimiyatni qo‘lga olishdi. 1939-yil 1-sentabrda Germaniyaning Polshaga hujumi bilan II jahon urushi boshlanib ketdi. Germaniya II jahon urushini ham mag‘lubiyat bilan yakunladi. 1945-yilda AQSH, Angliya, Fransiya va SSSR nazorati ostidagi to‘rt qismga bo’lindi. 1949-yili uning hududida GDR va GFR davlatlari tashkil topdi. 1990-yil 3-oktabrda bu ikki davlat yagona Germaniyaga birlashdi. 1991-yil 20-iyunda Berlin Germaniyaning poytaxti deb e’lon qilindi.



 Germaniya Federativ Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi bilan 1992-yilda diplomatiya munosabatlari o‘rnat­di.
Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish