Фукаролар


MAVZUGA OID TAYANCH TUSHUNCHA VA IBORALAR



Download 6,51 Mb.
bet15/79
Sana26.02.2022
Hajmi6,51 Mb.
#468223
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   79
Bog'liq
favqulotda vaziyatlar va fuqarolar muxofazasi

MAVZUGA OID TAYANCH TUSHUNCHA VA IBORALAR:


Qirg’in qurollar, oddiy hujumkor qurollar, yadroviy aslahalar, birlamchi ta’sir omillari, ikkilamchi ta’sir omillari, to’lqin zarbasi, yorug’lik nurlanishi, radiatsiya to’lqini, elektromagnit impuls, portlatish turlari, kimyoviy qurollar, Vi-Iks, zonan, zarin, iprit.


MAVZU BO’YICHA DARSNING MAQSADI:


Qirg’in qurollari haqidaa tushuncha berish va ularga qarshi chora tadbirini qo’llashni o’rgatish.

IDENTIV O’QUV MAQSADLARI:


  1. Qirg’in qurollari haqidaa tushuncha bera oladi

  2. Zamonaviy qirg’in qurollariga nimalar kirishini ayta oladi.

  1. Zamonaviy qirg’in qurollarining ishlashi va qo’llashini tushuntira biladi.

  2. Yadroviy qurollar ta’sirini tushunadi.

  3. Yadroviy qurollar xususiyalaridan xabardor etadi.

  4. Yadroviy qurollar, ularni ishlatilishini tushuntiradi

1-SAVOL BAYONI
Harbiy davrdagi favqulodda vaziyatlarga-zamonaviy ommaviy qirg’in qurollari qo’llanilishi natijasida kelib chiqadigan favqulodda vaziyatlar kiradi.
Ommaviy qirg’in qurollari XX asrga kelib, juda ko’p va turli-tuman nomlarda ishlab chiqarila boshlandi. Bunday qirg’in qurollariga yadroviy, kimyoviy, biologik, nurli va boshqa qurollar kiradi. Ushbu qurollarning qirg’in qurollari, deb atalishiga sabab — juda katta miqyosda vayronagarchilik va yo’q qilish kuchiga ega bo’lganida.

    • Yadroviy qurollar tirik organizmni, jamiki inshootlar, texnikalarni qattiq shikastlaydi.

    • Kimyoviy qurollar — ular ta’sir etgan jamiki mavjudotlar, narsalarni zaharlab, oldingi holatiga qaytarib bo’lmaydigan darajaga tushirib qo’yadi.

    • Biologik qurollar — bunday qurollar tirik mayjudotlarga kuchli kasallik tarqatish usuliga asoslanadi.

    • Nurli qurollar — bu qurollarning ta’sir etish xususiyati termomexanik ta’sirga asoslangan. Ya’ni, nurlar dastasining ob’ektga yo’naltirilishi. Bunda ob’ekt (tank, texnika va h.k.) suyulib ketadi.

    1. SAVOL BAYONI

YaDRO QUROLI ENG KUChLI ZARBA BERUVChI QUROLLARDAN. Yadro quroli portlaganda, hatto havo ochiq kunda ham osmonni va bir necha o’n kilometr atrofidagi joylarni yoritib turadigan darajada ravshan chaqnash paydo bo’ladi, momaqaldiroqqa o’xshash, quloqni kar qilarli darajada qattiq tovush chiqadi. Bu tovush bir necha o’n kilometr uzoqlikdan ham eshitiladi. Agar yadro quroli havoda portlatilgan bo’lsa, chaqnash paydo bo’lgandan keyinroq olov shar (agar erda portlatilgan bo’lsa, yarim shar) paydo bo’ladi. Olov shar tez kattalashib, yuqoriga ko’tariladi va sovib, qo’ziqorin shakliga o’xshab ketadigan, burqirab turgan bulutga aylanadi (rasmlarga qarang).



Yadroviy portlash tashqi muhit jabhalaridan 5 xil zararlovchi omillar bilan ta’sir ko’rsatadi:



  • zabr to’lqini;

  • yorug’lik nurlanishi;

  • o’tuvchi (sinuvchi) radiatsiya;

  • joylarning radioaktiv zaharlanishi;

  • elektromagnit impulsi.

Zarb to’lqini (suv osti, er osti, seysmik silkinish to’lqini) binolarni, er ustidagi va ostidagi qurilmalarini, suv inshootlarini, texnikalarini vayron qilish bilan birga odamlar va hayvonlarga katta zarba beradi. Zarb to’lqini atrofga tovush tezligidan katta tezlik bilan tarqaluvchi siqilgan havo qatlamidir. Hushdan ketish, eshitish organlarining shikastlanishi, a’zolarining joyidan chiqib ketishi, burun va quloqdan qon ketishi kuzatiladi, bu belgilar o’rtachazaharlanishdan kuzatiladi. Og’ir holatlarda og’ir jarohatlarga olib boradi.
Yorug’lik nurlanishi- ko’rinuvchi ultrabinafsha va infraqizil nurlarni o’z ichiga oluvchi nur energiyasi oqimi. Uning manbai portlashning qizib ketgan mahsulotlari va havo tomonidan hosil
qilinadigan nurlanuvchi maydon. Yorug’lik nurlanishi deyarli ko’z ochib-yumguncha tarqaladi va portlash kuchiga qarab 20 soniyagacha davom etadi. Muddat shunchalik qisqa bo’lishiga qaramasdan teri kuyadi, ko’rish organlari shikastlanadi, yonuvchi material va ob’ektlar yonib ketadi.
O’tuvchi radiatsiya (singuvchi) gamma-nurlar va neytronlar oqimidan iborat, bu oqim bir necha soniyada tevarak-atrofga tarqaladi. Nurlanish ta’sirida organizmda biologik jarayon ro’y berib, nurlanish kasalligining rivojlanishiga olib keladi.
Joylarning radioaktiv zaharlanishi –yadro portlashi bulutidan radioaktiv moddalarning tushish tufayli ro’y beradi. Radiatsiyaning yuqori darajasi faqat portlashi yuz bergan joydagina emas, balki o’nlab va yuzlab kilometr masofada kuzatilishi mumkin. Sekin-asta joyning radiatsiya darajasi kamayib boradi.
Elektromagnit impulsi (EMI)- portlash vaqtida paydo bo’ladi. Odamlar, hayvonlar, o’simliklarga ta’sir ko’rsatmaydi. U aloqa va elektr tarmoqlarini, radioaloqani o’tkazuvchi apparaturani ishdan chiqaradi.

    1. SAVOL BAYONI


Download 6,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish