TRANSCHEGARAVIY (GLOBOL) TAVSIFDAGI FAVQULODDA VAZIYAT
deyilganda esa, oqibatlari mamlakat tashqarisiga chiqadigan yoxud FV chet elda yuz bergan va O’zbekiston hududiga daxldor holat tushuniladi.
Bunday falokat oqibatlari har bir mamlakatning ichki kuchlari va mablag’i bilan hamda xalqaro hamjamiyat tashkilotlari mablag’lari hisobiga tugatiladi. Masalan, Orol muammosi nafaqat O’zbekiston davlati uchun, balki unga chegaradosh bo’lgan Turkmaniston, qozog’iston va boshqa davlatlar uchun ham falokat keltiruvchi vaziyatdir. Shuning uchun oxirgi vaqtda Orol muammosini hal qilishga O’zbekiston davlatining kuch va mablag’idan tashqari butun jahon hamjamiyati tashkilotlari (Ekosan, Yunep va boshqa) mablag’lari, kuchlaridan foydalanilmoqda.
Favqulodda vaziyatlar tavsifiga ko’ra (sababi va kelib chiqish manbaiga ko’ra):
Tabiiy tusdagi FV;
Texnogen tusdagi FV;
Ekologik tusdagi FV larga bo’linadi.
Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlarga 3 xil turdagi xavfli hodisalar kiradi: geologik hodisalar;
gidrometeorologik xavfli hodisalar;
favqulodda epidemiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar.
Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarga 7 xil turdagi vaziyatlar kiradi: Transportlardagi avariyalar va halokatlar;
Kimyoviy xavfli ob’ektlardagi avariyalar;
Yong’in-portlash xavfi mavjud bo’lgan ob’ektlardagi avariyalar; Energetika va kommunal tizimlardagi avariyalar;
Bino va inshootlarning birdan qulab tushishi bilan bog’liq avariyalar;
Radioaktiv va boshqa xavfli hamda ekologik jihatdan zararli moddalardan foydalanish yoki ularni saqlash bilan bog’liq avariyalar.
Gidrotexnik inshootlardagi halokatlar va avariyalar.
Ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar asosan 3 xil bo’ladi:
Quruqlik (tuproq, er osti)ning holati o’zgarishi bilan bog’liq vaziyatlar;
Atmosfera (havo muhiti) tarkibi va xossalari o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan vaziyatlar; Gidrosfera holatining o’zgarishi bilan bog’liq vaziyatlar.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko’ra bizning mintaqada 7 xil FV turlari tasdiqlangan:
Zilzilalar, er surilishi;
Sel, suv toshqinlari va boshqalar;
Kimyoviy-xavfli ob’ektlarda avariya va falokatlar (o’tkir zaharli moddalarning ajralib chiqishi); Portlash va yong’in xavfi mavjud ob’ektlardagi avariya va falokatlar;
Temir yo’l va boshqa transport vositalarda xavfli yuk tashish paytidagi avariya va falokatlar; Xavfli epidemiyaning tarqalishi;
Radioaktiv manbalardagi avariyalar.
FV lar qo’yidagilar natijasida paydo bo’ladi:
Og’irlik kuchlari, er aylanishi yoki haroratlar farqi ta’siri ostida paydo bo’ladigan, tez kechadigan jarayonlar;
Konsturktsiyalar yoki inshootlar materiallarini zanglashiga yoki chirishiga, fizik-mexanik ko’rsatkichlarning pasayishiga olib keladigan tashqi tabiiy omillar ta’siri;
Inshootlarning loyiha ishlab chiqarish nuqsonlari (qidiruv va loyiha ishlaridagi xatolar, qurilish materiallari, konstruktsiyalar sifatining pastligi, qurilish ishlarining sifatsiz bajarilganligi, qurish va ishlarida texnika xavfsizligiga rioya qilmaslik va hokazo);
Ishlab chiqarish texnologik jarayonlarning inshoot materiallariga ta’siri (me’yordan ortiq kuchlanishlar, yuqori harorat, titrashlar, kislota va ishqorlar ta’siri, gaz-bug’ va suyuq agressiv muhitlar, mineral moylar, emulsiyalar ta’siri);
Sanoat ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining va inshootlarni ekspluatatsiya qilish qoidalarining buzilishi (bug’ qozonlarining, kimyoviy moddalarning, ko’mir konlarida metan gazining portlashi va hokazo);
SAVOL BAYONI.
Fuqaro muhofazasi davlat tizimlari-harbiy davrda ham, tinchchlik davrida ham yuzaga keladigan xavflardan aholini, hududlarni, moddiy boyliklarni muhofaza qilishda muhim vazifalarni bajaradi. Bu borada O’zbekiston Respublikasining 2000 yil 26 mayda qabul qilgan «Fuqaro muhofazasi to’g’risida»gi qonunida o’z aksini topgan.
Ushbu qonun fuqaro muhofazasi sohasidagi asosiy vazifalarni, ularni amalga oshirishning huquqiy asoslarini, davlat organlarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakolatlarini hamda fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarini ham belgilab bergan.
Fuqaro muhofazasining vazifalari qo’yidagilardan iborat:
Aholi va ob’ektlarni harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalash harakatlari va usullariga tayyorlash.
Boshqaruv, xabar berish va aloqa tizimlarini tashkil qilish, rivojlantirish va doimiy shay holatda saqlab turish.
Iqtisodiyot inshoatlariob’ektlarining barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan tadbirlar kompleksini o’tkazish.
Aholini moddiy va madaniy boyliklarini xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish. Fuqaro muhofazasi harbiy tizimlari shayligini ta’minlash.
Aholini umumiy va shaxsiy saqlovchi vositalari bilan ta’minlash tadbirlarini o’tkazish. Aholining harbiy davrdagi hayot faoliyatini ta’minlash.
Radiatsiyaviy, kimyoviy va biologik vaziyat ustidan kuzatish va laboratoriya nazorati olib borish.
qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni o’tkazish.
Harbiy davrlarda ham zarar ko’rgan hududlarda jamoat tartibini yo’lga qo’yish va saqlab turish. Aholini va hududlarni muhofaza qilish yuzasidan boshqa tadbirlarni amalga oshirish.
Mana shu vazifalarni muvafaqiyatli olib bormay turib, zararlangan hududlarda, ob’ektlarda mo’’tadil hayot faoliyatini yaratib bo’lmaydi. Bu ishlarni davlat organlari orqali, uqaro muhofazasi boshchiligida butun xalq yordamida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |