Фукаролар



Download 6,51 Mb.
bet23/79
Sana26.02.2022
Hajmi6,51 Mb.
#468223
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   79
Bog'liq
favqulotda vaziyatlar va fuqarolar muxofazasi

G) METROPOLITEN STANTSIYALARIDA BO’LIShI MUMKIN BO’LGAN FAVQULODDA VAZIYATLAR
Ko’rinishi: Fuqarolarning nobud bo’lishiga, turli xil tan jarohatlari olishiga olib keladi, qolaversa portlash va yong’inlar sodir etilishi ham mumkin. Bu metropoliten stantsiyalarini va vagonlarning buzilishiga olib keladi.
D) MAGISTRAL QUVUR TARMOQLARIDA, NEFT VA GAZ BURG’ULASh MAYDONLARIDAGI BO’LIShI MUMKIN BO’LGAN AVARIYALAR
Ko’rinishi: Portlovchi moddalar bilan bog’liq bo’lgan portlashlar-yong’inlar, fuqarolarni halok bo’lishi, suyuqliklarni tarqalishiga, hududlarni, inshootlarni, binolarni buzilishiga olib keladi.
Ochiq turdagi neft va gaz konlari fontanlarining yonishi:
O’zbekiston hududida asosiy neft, gaz mahsulotlarini tarqatuvchi quvurlar ko’p, ular asosan er osti va er ustki qismlaridan o’tkazilgan.
Olib keluvchi sabablar: quvur tarmoqlarining ventillarining tabiiy emirilishi, eskirib ketganligi, ulardan noto’g’ri foydalanish, ular joylashgan erlarga yonuvchi, portlovchi jismlarning, chiqindilarning tashlanishi noxush oqibatlarga olib keladi.
3 - SAVOL BAYONI:
Yong’in – bu nazorat qilib bo’lmaydigan hodisa bo’lib, bebaho moddiy va madaniy boyliklarni bir daqiqada yo’q qiluvchi ofat, ayniqsa, u fuqarolarning joniga kulfat keltiruvchi favqulodda vaziyatdir.
Yong’inning kelib chiqishiga uch omilning bir vaqtni o’zida bir joyda bo’lishining o’zi kifoya.
Ya’ni:

  • yonuvchan modda (neft, atseton, qog’oz, yog’och) va boshqalar;

  • havo harorati (kislorod miqdorining) ortishi;

  • uchqun-alanga (gugurt, uchqun, elektr simining qisqa tutashuvi).

Respublikamizda yong’in va portlash xavfi bor ob’ektlar juda ko’p bo’lib, ular aholi va hudud uchun xavf-xatarlar manbai hisoblanadi va muayyan sharoitda ulardagi xavfli hodisalar favqulodda vaziyatga aylanib ketishi mumkin.
Yong’in va portlashlarning asosiy sabablari va turlari:

  • yong’in xavfsizligi qoidalariga amal qilmaslik;

  • fuqarolarning loqaydligi, e’tiborsizligi;

  • elektr simlarining nosozligi;

  • gaz, ko’mir, o’tin bilan isitiladigan vositalardagi nosozliklar;

  • foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik;

  • bolalarning o’t bilan o’ynashlari;

  • qasddan o’t qo’yishlar va boshqa sabablar.

Eng asosiysi shundaki, fuqarolarimizning o’zlari yong’in sodir bo’lishining sababchisi bo’lib qoladilar. Shuning uchun ham «Yong’inni oldini olmoq, uni o’chirishdan afzalroqdir» degan shiorni doim yodda tutmoq lozim.
Ma’lumotlarga ko’ra, yong’inda nobud bo’lganlarning 60-80 % nafas olish yo’llarining zaharlanishi yoki toza havoning etishmasligi oqibatida halok bo’lar ekanlar
Portlash – bu qisqa vaqtning o’zida chegaralangan hajmdagi katta miqdordagi quvvatning ajralib chiqishidir.
Portlash gazlarining qattiq qizishi oqibatida yuqori bosim ta’sirida sodir bo’ladi. Portlashlar asosan yong’in va portlash xavfi bor tashkilotlarda sodir bo’lib, uning oqibatlarida yong’inlar kelib chiqishi mumkin.
Portlovchi moddalar saqlanadigan omborlar, ular bilan bog’liq bo’lgan tashkilotlar portlash xavfi bor tashkilotlar hisoblanadi. Bularga mudofaa, neft va neft mahsulotlarini qayta ishlab chiqaruvchi- saqlovchi, kimyoviy, gaz, paxta, qog’oz, non mahsulotlari. Engil sanoat korxonalari, ular ishlab chiqargan tayyor mahsulotlarni saqlovchi omborxonalar va ular bilan bog’liq bo’lgan barcha muassasalar kiradi.
O’zbekiston hududida gaz bilan ta’minlangan fuqarolar uylarini nazarga tutmagan holda 500 dan ziyod portlash va yong’in chiqish xavfi bor tashkilotlar mavjud.

Download 6,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish