MAVZU BO’YICHA DARSNING MAQSADI:
Tabiiy ofatlar haqidaa tushuncha berish, tabiiy ofatlardan qanday saqlanish usullari mavjud ekanligini o’rganitish.
IDENTIV O’QUV MAQSADLARI:
Tabiiy ofatlar turlarini sanab o’ta oladi.
Tabiiy ofatlar turlarini ta’riflaydi va izohlab beradi.
Tabiiy ofatlardan saqlanishni tushuntiradi.
1-SAVOL BAYONI
Vatanimiz hududlarida tabiiy ofatlarning ko’proq uchrab turishi uning tabiiy tuzilishi bilan bog’liqdir.
Har bir tabiiy ofat sodir bo’lish joyi, sababi, ko’lami, u bilan bog’liq bo’lgan moddiy zarar va boshqa xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Respublikamiz hududlarida uchraydigan tabiiy ofatlarning hosil bo’lishida geofizik, gidrogeologik, atmosfera va boshqa omillar asosiy o’rinni egallaydi. Ular oqibatida hayot xavfsizligi buziladi, insonlar nobud bo’ladi, iqtisodiyot inshoatlariob’ektlariga turli darajada moddiy zarar etkaziladi.
Geofizik omillar- erning fizik xususiyati (magnit, elektr, gamma faollik, issiqlik va boshqalar) natijasida yuzaga keladigan turli noxush vaziyatlarni sodir etadi.
Geologik omillar- erning paydo bo’lishi bilan bog’liq bo’lgan va hozirgi vaqtgacha davom etib kelayotgan ichki va tashqi kuchlari ta’sirida paydo bo’ladigan xavfli vaziyatlarni yuzaga keltiradi.
Gidrogeologik omillar – er ichki va yuzasidagi suvlar (gidrosfera) ta’sirida bevosita yuzaga keladigan noxush vaziyatlar tushuniladi.
Atmosfera omillari – erning atmosfera qatlamidagi o’zgarishlar (iqlim, ob-havo, ifloslanish, ozon qatlami va b) natijasida xavfli holatlarga olib keladi.
Tabiiy ofatlar qo’yidagi turlarga bo’linadi:
Geologik xavfli hodisalar: zilzila, er ko’chkilari, o’pirilish, to’proq emirilishlari;
Gidrometeorologik xavfli hodisalar: qor ko’chish, kuchli shamol (dovul), kuchli yog’ingarchilik (jala), sel, suv toshqini.
Epidemiologik, epizootik, epifitotik vaziyatlar.
Yuqorida qayd qilingan tabiiy ofatlar sodir bo’lish ko’lami, ya’ni ular qamrab olgan hududlarning kattaligiga qarab ham bir necha turlari: lokal, mahalliy, mintaqaviy va transchegarali turlarga.
SAVOL BAYONI
ZILZILA – tabiatda sodir bo’ladigan eng xavfli hodisalarning biridir. YuNESKO ma’lumotiga ko’ra zilzila yuzaga keladigan iqtisodiy zarar va insonlar halokati bo’yicha tabiiy ofatlarning ichida birinchi o’rinni egallaydi.
Zilzila-er tebranishlari bo’lib, qisqa (10-15 sek) muddat ichida bir necha minglab aholiga ega bo’lgan shaharlarni vayron qilish qudratiga ega.
Ma’lum bir joyda keltirilgan zarar darajasini zilzila kuchi deb ataymiz va u ballarda o’lchanadi. Zilzila kuchi Merkalining 12 balli shkalasi yordamida o’lchanadi. Vatanimizda bu shkalaning «MSK-64» shkalasi qo’llaniladi.
«MSK-64» shkalasi:
Sezilmaydigan zilzilalar. Er tebranishining kuchi insonlar sezadigan darajaga etmaydi. Uni faqat tebranishni qayd qiluvchi maxsus asboblar-seysmograflar yordamida qayd etish mumkin.
Zo’rg’a seziluvchi zilzilalar. Zilzila kuchini binoning ichida harakatsiz holatda bo’lgan, ayniqsa yuqori qavatlarda bo’lgan ayrim insonlar sezishi mumkin.
Erning kuchsiz tebranishi. Zilzilani bino ichida bo’lgan insonlarning ayrimlari, ochiq joyda bo’lganlardan faqat tinch holatda turganlarigina sezadi. Tebranish go’yo ma’lum masofadan yuk mashinasi o’tgandek tuyuladi. Sinchkov kuzatuvchi osma holatda bo’lgan predmetlarning engil tebranishini ilg’ab oladi, binolarning yuqori qavatlarida tebranish nisbatan kuchliroq bo’ladi.
Sezilarli tebranish. Bino ichida bo’lgan insonlarning aksariyat qismi, ochiq joydagilarning ozchiligi sezadi. Ba’zan uyqudagilar ham uyg’onadi. Uy derazalari, eshiklar, idishlar engil zarillaydi. Osma holatda holatda bo’lgan anjomlar tebranadi. Idishlardagi suyuqliklarda chayqalish paydo bo’ladi. To’xtab turgan avtotransportdagilar ham sezishi mumkin.
Uyg’onib ketish. Zilzilani bino ichidagi insonlarning hammasi sezadi. Uydagilarning aksariyat qismi qo’rquv aralash uyg’onadi. Ayrimlari zudlik bilan ko’chaga otalanadi. Hayvonlar bezovta bo’ladi. Osma soatlar to’xtab qoladi. mustahkamlanmagan eshik va derazalar ochilib yopiladi. Idishlardagi suyuqliklar kuchli chayqaladi, qisman to’kiladi.
Qo’rquv bosish. Zilzilani bino ichidagi va ochiq joydagi insonlarning hammasi sezadi. Ko’pchilikni qo’rquv bosadi va uydan tashqariga qochib chiqishadi. Harakatdagilar muvozanatini yo’qotadi, hayvonlarga bezovtalik kuchayadi. Ba’zan shisha buyumlar sinishi mumkin, javondagi kitoblar tushib ketadi. Og’ir mebellar suriladi.
Binolar shikastlanadi. Ko’pchilik insonlarda qattiq qo’rquv paydo bo’ladi. Avtomobil boshqarayotganlar ham sezadi. Tepalik va tog’ oldi zonalarida ko’chki, o’pirilish bo’ladi. Suv yuzida to’lqinlar paydo bo’lib loyqalanadi. quduq suvlari sathi, miqdori o’zgarishi kuzatiladi. Er osti suvlar sizib chiqish hollari bo’ladi.
Binolarning kuchli shikastlanishi. Aholining ko’pchiligida qattiq qo’rquv paydo bo’ladi, sarosima bosadi. Daraxt shoxlari sinadi, tuproqda bir necha sm.li darzliklar paydo bo’ladi. Yangi suv havzalari paydo bo’ladi. quvurlar payvandlangan joylaridan uzilib ketadi. Haykallar va yodgorliklar joyidan siljiydi. Er osti suvi harakati keskin o’zgaradi. Yangi buloqlar paydo bo’ladi.
Binolarning batamom shikastlanishi. Aholining hammasini vahima bosadi. Hayvonlar kuchli ovoz chiqarib, betartib harakat qiladi. Er osti quvurlari uziladi, temir yo’llar qiyshayadi, suv omborlari shikastlanadi. Tuproqda 10 sm.gacha darzliklar paydo bo’ladi. qoyalar qulaydi, ko’chkilar yuzaga keladi. Haykallar, ustunlar yiqiladi.
Inshootlarning batamom buzilishi. Suv omborlari, to’g’onlar, ko’priklarda buzilish bo’ladi, er yuzasi yoriladi, to’lqinsimon past-balandliklar paydo bo’ladi. Er osti inshootlari buziladi. Qoyalarda tosh ko’chish yuzaga keladi. Kanal, ko’l va daryolarda suvlar kuchli chayqaladi, yangi suv xavzalari paydo bo’ladi.
Talofot. Puxta qurilgan inshootlar: ko’priklar, uylar, to’g’onlar, temir yo’llar jiddiy shikastlanadi. Er yuzasida keng yoriqlar, uzilish, siljish kabi deformatsiyalanishi kuzatiladi. Tog’ oldi zonalarida kuchli ko’chkilar yuzaga keladi.
Er relefining o’zgarishi. Barcha er usti va osti inshootlari to’liq shikastlanadi. Yoriqlar paydo bo’lib, relef butkul o’zgaradi. Daryo o’zanlari o’zgaradi. Yirik tog’ ko’chkilari bo’ladi. Yangi ko’llar paydo bo’ladi.
Qayd qilingan 12 balli shkala mutlaq shkala bo’lmasdan, keyingi izlanishlar davomida takomillashtirilib borilmoqda.
Odatda, sayyoramizning biror burchagida er qimirlasa, tebranish Rixter shkalasi bo’yicha 5 yoki 6 magnitudali kuchlanishda bo’ldi, degan ma’lumotni eshitib qolamiz.
Xo’sh, Rixter shkalasi nima? Bu seysmik energiyaning o’lchov birligiga asoslangan shkala bo’lib, zilzila gipotsentrida seysmik to’lqin sifatida nurlangan energiyani o’lchaydi. O’lchov birligi qilib magnituda qabul qilingan. Har ikka shkalani o’zaro solishtirib ko’radigan bo’lsak, qo’yidagi munosabat ko’rinishidagi jadvalga ega bo’lamiz:
Zilzila shkalalarini solishtirish:
Rixter shkalasi bo’yicha magnituda
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |