FRAUNGOFER DIFRAKSIYASI
Reja: 3. Fraungofer difraksiyasi
4. Optik qurilmalar ajrataolishning difraksion chegarasi
5. Spektral qurilmalar. Difraksion panjara
6. Ikki va uch o‘lchamli difraksion panjaralar
Xulosa.
1. Fraungofer difraksiyasi Yorug‘lik difraksiyasi amaliyotda juda qiziq, agar to‘siq Frenelning 1-chi zonasini kam
qismini ochiq qoldirsa quyidagi shart bo‘yicha
1
2
L
m R yoki R2 L
(9.1)
difraksion manzara uzoq masofada kuzatiladi. Misol uchun, agar
(yashil
nur), L kuzatish tekisligigacha bo‘lgan masofa 2 metrdan sezilarli darajada ortiq bo‘ladi
(minimum 10 metr yoki katta). To‘lqin fronti elementidan kuzatish nuqtasiga nisbatan juda
uzoqdan o‘tkazilgan nurlarni parallel nurlar deb hisoblash mumkin. Bunday nurlar
difraksiyasiga parallel nurlar difraksiyasi deb yuritiladi yoki Frenel zamondoshi nemis
fizigi I.Fraungofer sharafiga Fraungofer difraksiyasi deyiladi.
Agar nur yo‘liga to‘siq o‘rniga yig‘uvchi linza qo‘yilsa, burchak ostida
difraksiyalangan parallel nurlar fokal tekislikning biror nuqtasida yig‘iladi (9.1-rasm). Shuni
aytish kerakki, linzalar fokal tekisligidagi har qanday nuqta, linzalar yo‘q holda cheksiz
uzoqlikdagi nuqtaga ekvivalentdir.
9.1-rasm. Parallel nurlar difraksiyasi yashil egri chiziq fokal tekislikda intensivlikning
taqsimlanishi (x-o‘qi bo‘yicha masshtab juda kattalashtirilgan).
Fraungoferning difraksion manzarasi linzalarning fokal tekisligida kuzatiladi.
Geometrik optikada asosan, uzoqdagi nuqtaviy jismning nuqtaviy tasviri linzalarning
fokusida joylashishi kerak. Haqiqatdan ham nuqtaviy jism tasviri difraksiya tufayli aniq
R 1мм, 550 нмemas. Bunda yorug‘likning to‘lqin tabiati namoyon bo‘ladi. Hech bir optik sistema nuqtaviy
tasvirni beraolmaydi.
D diametrli dumaloq tirqishdagi Fraungofer difraksiyasi markazida yorug‘ dog‘
bo‘lgan difraksion manzarani beradi. (Eyri diski), uning atrofida yorug‘ va qorong‘i halqalar
navbatlanib keladi (9.2-rasm). Bu difraksion dog‘ nuqtaviy manbaning tasviri hisoblanadi.
Linzaning fokal tekisligidagi bu markaziy dog‘ning radiusi quyidagiga teng:
.
Agar olisdagi manbadan yorug‘lik nuri to‘g‘ridan-to‘g‘ri linzaga tushirilsa,
difraksiyalangan nur uchun ekran vazifasini linza tutgichi bajaradi. Bu vaqtda D deb linza
diametrini tushunish kerak.
9.2-rasm. Nuqtaviy manba difraksiyasi (dumaloq tirqishdagi difraksiya).
Markaziy yorug‘ dog‘ga yorug‘likning qariyib 85% energiyasi tushmoqda.
Difraksion tasvirning o‘lchami juda kichik, masalan, to‘lqin uzunligi =500 nm bo‘lgan monoxromatik yorug‘lik diametri D=5sm, fokus masofasi F=50 cm bo‘lgan
linzaning fokal tekisligidagi markaziy yorug‘ dog‘ning radiusi taxminan 0,006 mm ga teng.