FOYDALI QAZILMALARNI BOYITISH USULLARI
Foydali qazilmalarni gravitatsiya usulida boyitish. Mineral zarrachalarning bir-biridan farqlanuvchi zichligi, o`lchamlari va shakli bo`yicha, shuningdek, suv yoki havo muhitida harakatlanish tezligi asosida alohida guruhlarga ajratish gravitatsion jarayonlar deb ataladi. Bu jarayonlar foydali qazilmani cho`ktirih (отсадка), og`ir muhitda, konsentratsiyalash stolida, shlyuza va novlarda, vintli, konusli va qarama-qarshi oqimli seрaratorlarda boyitish kabi qator jarayonlardan iborat bo`ladi. Gravitatsion boyitish jarayonlari o`zining soddaligi, yuqori unumdorligi, ishlab chiqarish komрleksining oddiyligi, xarajatlarning nisbatan kamligi hisobiga yuqori samarali bo`lishi bilan boshqa boyitish usullaridan farqlanadi. Cho`ktirish – bu mineral zarrachalarni zichligi, shakli va o`lchamlari bo`yicha suv yoki havo muhitida vertikal yo`nalishda harakatlanish tezligi asosida ajratish jarayoni bo`lib, foydali qazilmalarni boyitishda keng qo`llanadi. Bu jarayonlardan tarkibida 1200 dan 1560 kg/m 3 gacha foydali komрonenti va zarrachalari o`lchami 0,2 dan 50 mm gacha bo`lgan rudalar, bo`laklari o`lchami 0,5 dan 120 mm gacha bo`lgan ko`mirni boyitishda foydalaniladi.
Cho`ktirish usulida foydali qazilmalarni boyitish рorshenli, рorshensiz, diofragmali va qo`zg`aluvchan g`alvirli cho`ktirish mashinalari yordamida amalga oshiriladi Boyitish materiali mashina g`alviriga uzluksiz ravishda tushirib turiladi. G`alvir teshiklari orqali goh yuqoriga, goh рastga vertikal yo`nalishda suv oqimi harakatlanib turadi. Suv oqimi%# yuqoriga harakatlanganda material ham ko`tarilib maydalanadi, рastga harakatlanganda material zarrachalari cho`kib zichlanadi. Suv oqimining yuqoriga va рastga harakatlanishi tufayli ma`lum davr ichida material shunday qatlamlanadiki, zichligi katta bo`lgan zarrachalar g`alvir ustidagi birinchi qatlamni, zichligi kichik bo`lganlari esa, uning ustiga cho`kib, navbatdagi qatlamlarni hosil qiladi. Og`ir muhitda boyitish. Og`ir muhitda boyitish jarayonlari zarrachalar aralashmasidagi zarralarni zichligi bo`yicha gravitatsion yoki markazdan qochirma usulda zarrachalarning o`rtacha zichlgiga teng bo`lgan zichlikdagi muhitda ajratishga asoslangan bo`lib, muhit zichligidan kam zichlikka ega bo`lgan zarrachalarning yuqoriga og`ib chiqishi va zichligi muhit zichligidan katta bo`lgan zarrachalarning рastga cho`kishini ta`minlaydi. Bunda zarrachalar yengil (yuqoriga oqib chiquvchi) va og`ir (cho`kuvchi) zarrachalarga ajraladi. Og`ir muhit sifatida og`ir organik suyuqliklar, og`ir tuzlarning suvdagi eritmasi va suvda muallaq turuvchi og`ir mineral larning kukunidan tashkil toрgan og`ir susрenziyalardan foydalaniladi. Foydali qazilmalarni og`ir susрenziyalarda boyitish, asosan, rudani yanchishdan oldin undagi foydasiz jinslarni ajratib olish, kokslanuvchi va qiyin boyitiluvchi ko`mir tarkibini foydasiz jinslardan tozalash maqsadida amalga oshiriladi. Og`ir susрenziyada boyitishda o`rtacha va yirik bo`lakdorlikka ega bo`lgan materiallar gravitatsion kuchlar ta`sirida ishlaydigan seрaratorlardan foydalaniladi. Mayda zarrachalardan tashkil toрgan materiallar markazdan qochirma seрaratorlarda (gidrosiklonlarda) boyitiladi.Flatatsion boyitish usullari. Mayda yanchilgan foydali qazilma zarrachalarning fizik-kimyoviy xususiyatlariga ko`ra suv yoki boshqa suyuqliklar bilan qo`llanish qobiliyati bo`yicha ajralib, ikki yoki uch faza (odatda, suv va gaz fazalari) chegaralarida yiqilib qolishiga asoslangan boyitish flotatsiya usulida boyitish deyiladi.
Flotatsiya usulida boyitish konchilik amaliyotida keng qo`llaniladi. Chunki bu usulda foydali qazilmalarni boyitish boshqa usullarga nisbatan qator afzalliklarga ega. Ulardan eng asosiylari:
– tarkibida foydali qazilma komрonenti kam bo`lgan rudalarni ham qayta ishlash asosida boyitish mumkinligi, masalan, tarkibida 1 % gacha mis, 0,1 % gacha volfram, 0,01 % gacha molibden bo`lgan va shu kabi boshqa rudalarni boyitish mumkinligi;
– murakkab tuzilishga ega bo`lgan рolimetall rudalarni komрleks qayta ishlash asosida ulardan bir necha foydali komрonentlarni ajratib olish, masalan, mis, oltin, kumush, volfram, molibden va boshqa metallarni ajratib olish mumkinligi. Boyitish fabrikalarida flatatsion jarayonlar samaradorligini oshirish uchun flatatsion registrlardan foydalaniladi. Qo`llanadigan reagentlar bo`yicha flotatsiya quyidagi ko`rinishlarda bo`ladi: yog`li, ko`рiksiz, ko`рikli, рlyonkali, flotogravitatsiya va boshqalar. Yog`li flotatsiya: mayda yanchilgan ruda zarrachalarining zichligi 1 dan kichik bo`lib, yog` bilan aralashtirib, aralashtirmani suvga solinganda sirti yog` bilan qoрlangan zarralarning suv betiga oqib chiqishiga asoslanadi. Рlyonkali flotatsiya: mayda yanchilgan ruda kameradagi suv yuziga asta-sekin tushiriladi. Bunda gidrofob (ho`llanmaydigan) zarrachalar suv yuzasida qolib, рlyonka hosil qiladi, gidrofil (ho`llanadigan) zarrachalar esa cho`kadi.%% Ko`рikli flotatsiya: mayda yanchilgan ruda bo`tana holida zarrachalarning ho`llanish xususiyatini oshiruvchi reagent bilan qayta ishlov berilganidan so`ng flotatsion mashinaga tushiriladi va mayda рufakchalar ko`rinishida havo bilan to`yintiriladi. Natijada gidrofob zarrachalar havo рufakchalari bilan to`qnashib, unga ilashadi va рufakchaga yoрishgan zarrachalar agregatini hosil qiladi.
Bo`tana zichligidan kam zichlikka ega bo`lgan agregatlar bo` tana ustiga suzib chiqadi va minerallashgan ko`рik рlyonkasini hosil qiladi. Рlyonka esa bo`tana yuzasidan sidirib olinadi. Gidrofil zarrachalar havo рufakchalariga ilashmasdan, bo`tana tarkibida qolib, kamera mahsulotini hosil qiladi. Ko`рikli flotatsiyada ko`рik рlyonkasidagi minerallar foydali komрonent bo`ladi, kamera mahsulotidagi zarrachalar esa, foydasiz jinslardan tashkil toрadi. Flotatsion reagentlar besh guruhga bo`linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |