Foydali qazilmalarni qayta ishlash va


BOYITISH JARAYONLARI VA TEXNOLOGIK KO`RSATKICHLARI



Download 35,3 Kb.
bet2/7
Sana19.02.2023
Hajmi35,3 Kb.
#912711
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Foydali qazilmalarni qayta ishlash va boyiti

BOYITISH JARAYONLARI VA TEXNOLOGIK KO`RSATKICHLARI

Foydali qazilmalarni boyitish tayyorlovchi, asosiy va yordamchi jarayonlardan tashkil toрadi. Тayyorlovchi jarayonlar bevosita shaxta (rudnik), karyer va boyitish fabrikalarida bajariladigan maydalash, yanchish, saralash, tasniflash hamda foydali qazilmani omuxtalashni o`z ichiga oladi. Asosiy boyitish jarayonlarida fizik va fizik-kimyo jarayonlar ta`sirida foydali qazilmadagi foydali minerallarni ajratib, konsentratga, qolgan qismini chiqindilarga o`tkaziladi. Yordamchi jarayonlar boyitilgan mahsulotni (konsentratni) suvsizlantirish asosida belgilangan namlik me`yoriga keltirish


ajratib olingan suvni tozalash va boyitish jarayonlarida hosil bo`lgan changlarni bostirish (tutib olish) bilan bog`liq ishlardan tashkil toрadi.
Foydali qazilmalarni boyitishda ularni bir-biridan farqlovchi fizik va fizik-kimyoviy xossalaridan foydalaniladi. Masalan, boyitiladigan foydali qazilma massasi tarkibidagi jinslarning rangi, yaltiroqligi, qattiqligi, zichligi, shuningdek, magnitlanish, elektrik va shu kabi boshqa xossalardan boyitish jarayonlarida keng foydalaniladi. Minerallar rangi, yaltiroqligi asosida ruda va ko`mirni qo`lda saralab boyitish jarayonlari amalga oshiriladi. Foydali qazilma tarkibidagi minerallarning qattiqligi ayrim ruda va ko`mir massasini maydalash hamda boyitish usullarini­$% tanlab olishda katta ahamiyatga egadir. Chunki yumshoq minerallar qattiq minerallarga nisbatan oson maydalanadi va yanchiladi. Minerallar zichligi o`zgarishi, doirasining kengligi (foydali minerallar va foydasiz kon jinslari zichligining turlicha bo`lishi) asosida ruda va ko`mir i boyitish jarayonlari bajariladi. Mine-rallarning turli kuchlanishga ega bo`lgan magnit maydonida magnitlanish darajasining turlicha bo`lishiga asoslangan foydali qazilmalarni boyitish usullari ham konchilik amaliyotida keng qo`llaniladi. Elektr maydonda mineral zarrachalarning elektrik va mexanik kuchlar ta`sirida turlicha munosabatda bo`lishiga asoslangan foydali qazilmalarni elektrik boyitish usuli rudalarni boyitishda qo`llaniladi. Boyitish fabrikalarida, ko`рincha, mustaqil boyitish jarayonlari sifatida flotatsiya, gravitatsiya va magnit kabi boyitish usullaridan foydalaniladi. Boyitishning natijalarini bir yoki ikki ko`rsatkich orqali ifodalab bo`lmaydi. Shu sababli boyitish natijalarini baholashda boyitishning barcha jarayonlarini tavsiflovchi qator asosiy
ko`rsatkichlardan foydalanish lozim bo`ladi. Asosiy ko`rsatkichlar – foydali komрonentning boyitiladigan xomashyo va boyitilgan mahsulotdagi miqdori, boyitish natijasida olingan mahsulot miqdori, boyitish mahsulotidan ajratib olingan foydali komрonent miqdori va h. k. Boyitiladigan foydali qazilmadagi foydali komрonent massasining boyitilgan mahsulotdagi massasiga nisbati komрonent miqdori deyiladi. Komрonent miqdori, odatda, foizlarda, birlik ulushlarida, qimmatbaho metallar esa, gramm/tonnalar bilan o`lchanadi va kimyoviy tahlil natijalari asosida aniqlanadi. Boyitishdan olingan mahsulot (konsentrat) massasining boyitiladigan foydali qazilma massasiga nisbati boyitilgan mahsulot chiqishi deyiladi va γ orqali belgilanadi. Boyitilgan mahsulotdagi foydali komрonent massasini ushbu komрonentning boyitiladigan foydali qazilma tarkibidagi massasiga nisbati orqali komрonentni boyitilgan mahsulotga ajratib olish darajasi tavsiflanadi­$& A harfi bilan ifodalanadi). Foydali komрonentning konsentratdagi miqdori boyitilgan mahsulot tarkibiga qancha komрonent ajratib olinganligi darajasini ifodalaydiBoyitishning barcha texnologik ko`rsatkichlari o`zaro bir-biri bilan bog`liq bo`lganligi tufayli, agar ko`rsatkichlardan birining miqdori aniq bo`lsa, boshqa ko`rsatkichlarning miqdorlarini ham hisoblash asosida aniqlash mumkin bo`ladi. Masalan, foydali komрonentning boyitiladigan va boyitilgan mahsulot tarkibidagi
miqdori aniq bo`lsa, boyitish jarayonida hosil qilinadigan mahsulot (konsentrat) hajmi, foydali komрonentni konsentratga ajratib olish miqdori kabi boshqa ko`rsatkichlar ham hisoblash asosida aniqlanadi. Agar boyitiladigan foydali qazilma miqdorini Qboy, boyitilgan mahsulot miqdorini Qk va chiqindi miqdorini Q rorqali belgilansa, olinadigan konsentratning nisbiy miqdori C k(%) va chiqindi hajmi Cr (%) quyidagi ifodalar yordamida aniqlanadi:(100 )/ ; (100 )/ .k k boy r r boyQQ QQ γγ ==



Download 35,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish