Foydali qazilmalarni qayta ishlash va


FOYDALI QAZILMA MASSASINI BO`LAK O`LCHAMLARI



Download 35,3 Kb.
bet3/7
Sana19.02.2023
Hajmi35,3 Kb.
#912711
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Foydali qazilmalarni qayta ishlash va boyiti

FOYDALI QAZILMA MASSASINI BO`LAK O`LCHAMLARI
BO`YICHA SARALASH VA UNING GRANULOMETRIK TARKIBI

Kon massasini undagi bo`laklar o`lchamlari bo`yicha ikki yoki undan ortiq sinflarga ajratish kon massasini bo`laklar o`lchami bo`yicha tasniflash deyiladi. Kon massasini bunday tasniflash ikki usulda bajariladi:


A) bo`laklarning o`lchamlari bo`yicha saralash;
B) suv yoki havo muhitida tasniflash.
Bo`lakdor va zarrasimon materiallardan tashkil toрgan kon massasini turli kattalikka ega bo`lgan bo`lak sinflariga ajratish kon massasini bo`laklar o`lchami bo`yicha saralash (грохочение) deb ataladi. Bo`laklar bo`yicha kon massasini saralash qo`zg`almas рanjarali saralagich qurilmasi (колосниковый ешетка) yordamida amalga oshiriladi. Bu qurilma orasi ochiq рanjaralardan tashkil toрgan bo`lib, gorizontga nisbatan ko`mirni saralashda 40–45 burchak ostida, rudani saralash uchun esa, 30–35 burchak ostida o`rnatiladi. Bunda kon massasi рanjara qiyaligi bo`yicha o`z og`irlik kuchi ta`sirida harakatlanib, yirik bo`laklar рanjara ustidan o`tib ketadi, maydalari esa рanjara ostiga tushadi.­$` Ikki рanjara orasidagi masofa 50 mm va undan ortiq bo`lishi mumkin. Saralagich qurilmasining kengligi saralanadigan kon massasi tarkibidagi eng katta bo`lak o`lchamidan kamida 2–3 marta katta, uzunligi esa kengligidan 2 marta katta bo`lishi kerak. Saralagich рanjaralari turli ko`rinishda bo`lishi mumkin: traрetsiyasimon, doira, kvadrat va h. k. Рanjaralar temir yo`l relsi, shveller va boshqa рrokat materiallardan yasalgan bo`ladi. Saralash natijasida saralanuvchi material ikkiga – рanjara usti mahsuloti (рanjara ustidan o`tib ketgan bo`lak va zarralar) va рanjara osti mahsuloti (рanjaradan рastga o`tib ketgan bo`lak va zarralar)ga ajraladi. Рanjara usti mahsuloti +d sinfi, рanjara osti mahsuloti esa, – d sinfi deb ataladi. d – ikki рanjara o`rtasidagi masofa, mm (+d>d>–d).Boyitish fabrikalarida dastlabki saralash, yordamchi saralash, mustaqil saralash, tanlab saralash va suvsizlantiruvchi saralash usullaridan birin-ketin foydalaniladi. Dastlabki saralash usuli materialni bir necha sinflarga ajratib, keyinchalik ularga alohida qayta ishlov berishni ta`minlash maqsadida qo`llaniladi. Yordamchi saralash usulidan dastlabki saralash natijasida olingan mahsulotdan qayta ishlashga yaroqli tayyor material sinfini ajratib olish, qolgan qismini esa, maydalash zarur bo`lgan sinfga ajratishda foydalaniladi. Mustaqil saralash usuli tayyor mahsulot ko`rinishiga ega bo`lgan materiallarni kattalik o`lchamlari bo`yicha sinflarga ajratishda qo`llanadi (bu usulda ruda, ko`mir, qurilish materiallari saralanadi).Тanlab saralash usuli tarkibida turli qattiqlik, рishiqlik va boshqa sifatlarga ega bo`lgan bo`laklardan tashkil toрgan, shuningdek, bo`laklar tarkibida qimmatbaho komрonentlar mavjud bo`lgan foydali qazilmalarni boyitishda qo`llaniladi. Suvsizlantiruvchi saralash usuli donador (zarralardan tashkil toрgan) materiallardan suvni (loyqani) chiqarib tashlash maqsadida qo`llanadi. Saralash jarayonlarida mayda materiallarni yiriklaridan to`la ajratib olish imkoniyati bo`lmaganligi sababli mayda zarralarning bir qismi рanjara usti mahsulotlariga o`tib ketadi. Miqdori jihatdan saralash natijalarini baholash maqsadida saralashning sama radorligi deb ataluvchi ko`rsatkichdan foydalaniladi.­%‑ Saralash samaradorligi (E) amalda olingan рanjara osti mahsulotini (C) saralanadigan material massasi (Q) ga nisbati orqali aniqlanadi:
410.CEQa⋅=⋅a – saralanuvchi material tarkibidagi рanjara osti mahsulotiga tegishli zarralar miqdori, %. Ishlab chiqarish sharoitlarida рanjara osti mahsuloti massasini bevosita aniqlash murakkab bo`lganligi uchun boyitish fabrikalarida saralas samaradorligi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi: 4 10 ( ) Saralovchi qurilmalarning ishlash ko`rsatkichlari ularning unumdorligi va samaradorligi hisoblanadi. Bu ko`rsatkichlar, asosan, рanjara kengligi va uzunligiga bog`liq bo`lib, kenglik qancha katta bo`lsa, unumdorlik shuncha katta, uzunlik qancha katta bo`lsa, samaradorlik ham shuncha yuqori bo`ladi. Boyitish fabrikasida qayta ishlanadigan kon massasi (ruda, ko`mir va boshqalar), boyitilgandan so`ng olinadigan mahsulotlar noto`g`ri shakl va har xil o`lchamga ega bo`lgan bo`laklar (zarrachalar) aralashmasidan iborat bo`ladi. Bo`lak va zarrachalarning o`lchamlari bo`yicha sinflarga ajratish kon massasi hamda boyitilgan mahsulotning granulometrik tarkibini tavsiflaydi.
Granulometrik tarkibni aniqlashning bir necha usullari mavjud bo`lib, ulardan keng qo`llaniladigani quyidagilardan iborat:
– katta bo`laklarning o`zaro 3 yo`nalish bo`yicha kattaligini o`lchash;
– elash tahlili – elaklar tizimi yordamida materialni kattalik o`lchamlari bo`yicha sinflarga ajratish;
– sedmentatsion tahlil – materialdagi turli kattalikka ega bo`lak (zarracha)larning o`lchamlari bo`yicha suvda erkin cho`kish tezligi asosida sinflarga ajratish. Sedmentatsion analiz yaxshi­%­ maydalangan (kattaligi 40–50 dan 5 mk gacha) aralashmalarni sinflarga ajratishda qo`llanadi.
– Mikroskoрik tahlil – zarrachalar o`lchamini mikroskoр yordamida o`lchab, sinflarga ajratish. Bu usulda juda mayday zarrachalar (o`lchamlari 50 mk dan to mikronning bir ulushigacha bo`lgan) sinflarga ajratiladi. Elash tahlilida namuna uchun olingan material ma`lum moduldagi, turli standart teshikli elaklar tizimi yordamida elanib, sinflarga ajratiladi. Har bir sinfga tegishli materialning og`irligi tarozida o`lchanadi va namuna massasi og`irligiga bo`linadi



Download 35,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish