40
Og‘irlashtirgich sifatida pirit, pirrotin, barit, magnetit,
galenit kabi
minerallar yoki temirning kremniy bilan qotishmasi ferrosilitsiy ishlatiladi.
Ularning orasidagi ko‘proq ishlatiladigani ferosilitsiy, magnetit va
galenitdir. Suspenzoid 0,15 mm yiriklikda yanchiladi.
5200 kg/m
3
zichlikka ega magnetitdan 2600 kg/m
3
gacha zichlikka
ega bo‘lgan suspenziya tayyorlash mumkin. Agar suspenziya tayyorlash
uchun yanchilgan ferrosilitsiy (zichligi 6900 kg/m
3
) ishlatiladigan bo‘lsa,
suspenziyaning zichligi 3200 kg/m
3
ga yetishi mumkin; agar granulalangan
ferrosilitsiy ishlatilsa, suspenziyaning zichligi 3800 kg/m
3
gacha yetadi.
Suspenziyaning eng asosiy
xossalari uning zichligi, qovushqoqligi
va barqarorligidir.
Suspenziyaning
zichligi
(kg/m
3
)
unda
mineral
zarracha
aralashmalarining ajralish imkoniyatlarini belgilaydi va quyidagi
formuladan hisoblanadi:
s
=
+ (
-
) s /
bu yerda,
- suyuq fazaning zichligi, kg/m
3
- og‘irlashtirgichning zichligi, kg/m
3
s - 1 m
3
suspenziyadagi og‘irlashtirgichning miqdori, kg.
Suv uchun:
s
= 1000 + (
- 1000) s/
Bundan
s =
(
s
- 1000) / (
- 1000)
Rudani og‘ir suyuqliklarda samarali boyitish uchun suspenziyaning
qovushqoqligi kichik bo‘lishi kerak. Shuning uchun suspenziyada katta
miqdorda shlamlarning yig‘ilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Buning uchun
dumaloq shakldagi zarrachali og‘irlashtirgichning og‘irlik ulushi 80 % ni
tashkil qilishi mumkin bo‘lgan holda, hajmiy yulushi 25 % dan oshmasligi
kerak.
Suspenziyaning barqarorligi og‘irlashtirgich
konsentratsiyasining
turli balandlikdagi qatlamlarda doimiylik darajasi bilan xarakterlanadi.
Mayin zarrachali suspenziyalar yuqori qovushqoqlikka ega bo‘lsa
ham barqarordir.
Boyitish amaliyotida suspenziyani barqarorlashtirish uchun turli
usullar qo‘llaniladi: yuqoriga ko‘tariluvchi suyuqlik oqimini hosil qilish,
mexanik
aralashtirish,
gorizontal
aralashtirish
tezligini
oshirish,
suspenziyaga loy (bentonit) qo‘shish va h.k.
Suspenziyada mayin shlam va loyning miqdori qancha ko‘p bo‘lsa,
suspenziya shuncha barqaror bo‘ladi. Shu bilan bir vaqtda uning
41
qovushqoqligi ham ortadi, bu esa mayda
zarrachali mahsulotning
ajralishini keskin yomonlashtiradi.
Og‘ir suspenziyalarda 3÷300 mm yiriklikdagi rudani boyitish
mumkin. Agar boyituvchi uskuna sifatida gidrosiklon ishlatilsa, rudaning
yirikligini 0,5 mm gacha pasaytirish mumkin [1].
Rudani og‘ir suspenziyada boyitishning eng tipik sxemasi quyidagi
sxema hisoblanadi. Maydalangan ruda mayin tuyulgan zarracha va
shlamlarni ajratib olish uchun elakka tushadi. Og‘ir suspenziyada boyitish
uchun elak usti mahsuloti tushadi va suspenziyada bu mahsulot yengil va
og‘ir fraksiyalarga ajraladi. Keyin ikkala fraksiya ham ruda bo‘laklaridan
og‘irlashtirgichni yuvib tushirish uchun elaklarga beriladi.
Yuvib
tushirilgan og‘irlashtirgichning xossalari qayta tiklanib (regeneratsiya),
yana suspenziya tayyorlashga jo‘natiladi.
Og‘irlashtirgichning xossalariga qarab, qayta tiklashning turli
usullari qo‘llaniladi. Masalan, ferrosilitsiy yoki magnetitni qaytib tiklash
uchun magnit separatsiyasi, galenitni qayta tiklash
uchun esa flotatsiya
usuli muvaffaqqiyatli qo‘llanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: