35–rasm. Mexanik mashinada statorparraklarini o‘rnatish sxemasi
Parrakli disk mashinaning statori deyiladi. Stator impelleri to‘xtaganda, uni
loyiha bilan to‘lib qolishdan asraydi. Stakan uchta teshikka ega. Ulardan biriga
suruvchi kameralarda suruvchi patrubok (qisqa-tarmoqlangan truba) ulangan. Oqib
o‘tuvchi kameralarda bu teshik probka bilan berkitib qo‘yiladi. Qolgan ikkita
teshik bir-biriga qarama-qarshi joylashgan bo‘lib, oraliq mahsulotni qaytadan
flotatsiyalash uchun kameraga kaytarishga xizmat qiladi. Agar oraliq mahsulot
kameraga qaytarilmasi, teshiklarning biri probka bilan yopib qo‘yiladi, ikkinchisi
esa tortish kuchi bilan so‘riluvchi shiber bilan yopiladi. Shiber yordamida
impellarga tushayotgan bo‘tananing sarfi boshqariladi. Suruvchi va oqib o‘tuvchi
kameralar bir-biridan pastki kismida teshigi bor to‘siq bilan ajratilgan, shuning
hisobiga kameralarda butana bir xil sathda ushlanadi.
Mexanik flotatsion mashinaning asosiy detali impeller hisoblanib, u havoni
surish va so‘rilgan havoni mayda zarrachalarga ajratishni ta’minlaydi va butanani
havo bilan to‘yintiradi. Impellerni aylanish tezligi qancha katta bo‘lsa, u shuncha
ko‘p havoni so‘radi. Lekin bu tezlik xaddan tashqari katta bo‘lmasligi kerak, aks
holda tez aralashish natijasida mineral zarrachaning havo pufakchasidan uzilishi
sodir bo‘ladi.
Mashina quyidagicha ishlaydi. Bo‘tanani yuklovchi cho‘ntakdan patrubka
orqali impellar ustidagi bushlikka suriladi, u erdan katta tezlikda stator parraklari
orasidan kameraga otib tashlanadi. Bu vaqtda impeller zonasidagi bosimda farq
hosil bo‘ladi va markaziy truba va patrubok orqali atmosferadan havo so‘riladi;
so‘rilgan xavo juda ko‘p mayda zarrachalarga parchalanib, bo‘tanani butun xajmi bo‘yicha tarqaladi. Mineral zarrachalar bilan to‘qnashgan havo pufakchalari minerallashadi va butananing yuzasiga ko‘tariladi, ko‘pik holida ko‘pik haydovchi mexanizm yordamida tarnovchaga tushiriladi.
Havo pufakchalari bilan ko‘tarilmay qolgan mineral zarrachalar,shu jumladan havo pufakchalaridan ajratib qolgan (uzilib) zarrachalar yana stator diskidagi teshikcha orqali impellar zonasiga so‘riladi. Birinchi kamerada flotatsiyalanmagan minerallar tusiqdagi teshik orqali oqib o‘tuvchi kameraga o‘tadi va u erda flotatsiya qaytariladi. Oqib o‘tuvchi kamerada butana shiber bilan boshqariluvchi teshik orqali impellarga tushadi.
Oqib o‘tuvchi kameradan bo‘tana keyingi ikki kamerali sektsiyaga tushadi
va jarayon qaytariladi. Flotatsiyalanmagan minerallar oxirgi kameradan chiqarib
olinadi. Mexanik flotatsion mashinalarning afzalligi ularga xizmat ko‘rsatish va
ta’mirlashning qulayligi xamda osonligi. Impellar va statordan iborat uzatgichli mexanizm bir bo‘lakda yigilgan bo‘lib, uni boshkasi bilan tez va oson almashtirish mumkin yoki boshqa istalgan kameraga o‘rnatish mumkin.