12.Mavzu: Muhitni sozlovchi reagentlarning qo‘llanilishi, vazifalari, klassifikatsiyasi
Reja:
1. Muhitni sozlovchi reagentlar
2. Muhitni sozlovchi reagentlarning qo‘llanilishi, vazifalari, klassifikatsiyasi
Muhitni boshqaruvchilariga pH muhiti regulatori va bo‗tana ion tarkibini boshqaruvchilar kiradi.
Muhitning vodorod ko‗rsatkichi (pH) deb vodorod ionlari konsetratsiyasining manfiy logarifmiga aytiladi:
pH= - lg[Н]+
Kislotali muhitda pH< 7, neytral muhitda pH= 7, ishqoriy muhitda pH> 7.
Suvli eritmalarda ko’p flotoreagentlar kuchli gidrolizlangan va ion konsetratsiyalari hamda flotoreagent molekulalari orasidagi munosabat sezilarli darajada ishqoriy muhitga bog’liq. pH muhitni boshqarish uchun kislotalar, ishqorlar va ularning tuzlaridan foydalaniladi.
Bo’tanadagi ionli tarkibning boshqaruvchilari flotatsiyalanayotgan mineral yuzasi bilan to’plovchining ta‘sirlashishiga halaqit berayotgan ionlarni olib tashlash uchun ishlatiladi. Misol uchun, natriy olaetini flotatsiya qilishda kalsiy va magniy ionlari zararli hisoblanadi, shunday qilib natriy olaeti bilan ta‘sirlashganda qiyin eriydigan birikma hosil bo’ladi, cho’kmaga tushishi natijasida esa bo’tanada to’plovchi ion konsentratsiyasi kamayadi va oxir oqib flotatsiya jarayoni yomonlashadi.
Bo’tanada bo’lgan va sfalerit flotatsiyasini faollashtiruvchi, qo’rg’oshin-ruh rudalaridan qo’rg’oshin minerallarining flotatsiya jarayoni selektivligiga yomon ta‘sir qiluvchi - mis ionlari hisoblanadi. Buning natijasida sfalerit galenit bilan birga ko’pikka o’tadi.
Istalmagan ionlar bilan qo’shilish uchun ohak, soda va boshqa regulyatorlar ishlatiladi. Boshqaruvchi reagentlar flotatsiyada va flotatsiya natijalariga salbiy ta‘sirini kamaytirish uchun shlam peptizatorlari sifatida ishlatiladi. Flotatsiya jarayonida peptizator sifatida suyuq shisha, natriy geksametafosfat, natriy tripolifosfat va yana ba‘zi elektrolitlar keng qo’llaniladi.
Muhitning regulyatorlari minerallarning flotatsiyasi ketayotgan muhitning
ishqoriyligini o‘zgartirishga ishlatiladi.
Muhitning ishqoriy yoki kislotali xossalari rN ko‘rsatgich yoki vodorod yoki
gidrooksil ionlari kontsentratsiyasi bilan xarakterlanadi.
Vodorod ko‘rsatkich rN deb vodorod ionlari kontsentratsiyaning manfiy
logarifmiga aytilaldi:
rN = - Lg [N+]
Kislotali muhitda vodorod ionlarining kontsentratsiyasi gidrooksil ionlarining
kontsentratsiyasidan katta, ishqoriy muhitda esa, buning teskarisi, gidrooksil
ionlarining kontsentratsiyasi vodorod ionlarining kontsentratsiyasidan katta.
Kislotali muhitda pH < 7
Ishqoriy muhitda pH > 7
Neytral muhitda esa pH = 7
Flotatsiyaning natijalari bo‘tanadagi vodorod ionlarning kontsentratsiyasiga
bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun vaqti-vaqti bilan suyuq fazaning rN i tekshirib
turiladi va berilgan ishqoriylikni reagentlar qo‘shib ushlab turiladi. Nordon muhit
hosil qilish uchun sulfat kislotasi, ishqoriy muhit hosil qilish uchun ohak yoki soda
solinadi.
Nazorat savollari.
Muhit reagulyatorlari nima.
Ishqoriy muhut haqida gapirib bering.
Neytral muhit haqida gapirib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |