10.8-rasm. Pufakchaning ko’pik hosil qiluvchi molekulalari bilan stabillasuvi sxemasi Eng ko’p tarqalgani ionlashtiruvchi bo’lmagan polyar gruppalar bilan geteropolyarli birikmasi: asosiylari yog’, sintetik reagentlar OPSB, T-88, MIBK, siklogensonal, E-1.ТEB, D-3 va boshqalar.
Etarli darajada mustahkam uchmaydigan ko‘pik hosil qiladigan sirt-aktiv
moddalar ko‘pik hosil qiluvchilar deyiladi. Sirt-aktiv moddalar suyuqlik - havo
chegarasida adsorbtsiyalanuvchi va shu chegarada sirt tarangligini kamaytiruvchi
geteroegen moddalardir.
Ko‘pik hosil qiluvchi moddalar mineral zarrachalarni bo‘tana orasiga ko‘tarib
bera oladigan ko‘p miqdordagi mayda pufakchalarni hosil qila olishi kerak. Ko‘pik
hosil qiluvchining molekulalari suyuqlik havo chegarasida shunday
joylashadilarki, ularning polyar qismlari suv tarafga, polyarmas qismlari esa havo
fazasiga yo‘nalgan bo‘ladi. Amalda ko‘pik hosil qiluvchilar sifatida quyidagi
moddalar ishlatiladi. Krezil kislotasi koks sanoatida olinadi. Uchta aromatik spirt: fenol S6N5ON, krezol S6N5SN2ON va ksilenol S6N5(SN2)2ON larning aralashmasidan iborat. Biroz bo‘lsada to‘plovchi xususiyatiga ega va zaxarli.
Og‘ir piridin - koks sanoatida olinadi. Aktiv qismi bo‘lib xinolin S9N7N
hisoblanadi. Ko‘pik hosil qiluvchi IM-68 6 - 8 uglerod atomiga ega uchta spirtning
aralashmasidan iborat. IM-68 tarkibiga geksil spirti-S6N13ON, geptil spirti-
S7N15 ON va oktil spirit - S8N17ON kiradi. Bu ko‘pik hosil qiluvchi zaxarli emas
va to‘plovchi xususiyatini namoyon qilmaydi.
Nazorat savollari.
Uch fazali flotatsiya nima.
Ko’pik hosil qiluvchilar qanday vazifalarni bajaradi.
Ko’pik hosil qiluvchilar tarkibida nimalar bor.
Ko‘pik hosil qiluvchi reagentlarning qo‘llanilishi, vazifalari
14.Mavzu: Flotatsion mashinalarning turlari. Mexanik flotomashinasi
Reja:
1. Flotatsion mashinalarning turlari.
2. Mexanik flotomashinasi
3. Flotatsion mashinalarning qo‘llanilishi, vazifalari, klassifikatsiyasi.
4. Mexanik flotomashinaning tuzilishi va ishlash prinsipi
Flotatsiya jarayoni flotatsion mashinalar deb ataluvchi boyitish apparatlarida
amalga oshiriladi. Flotatsion mashinalarning konstruktsion tuzilishi va ishlatilishi sohalaridan
qat’iy nazar ularning umumiy belgisi ishchi muhit sifatida mayda havo
pufakchalari bilan to‘yingan bo‘tananing ishlatilishidir.
Butanani aralashtirish va aeratsiyalash usuliga karab flotatsion mashinalar 3
turga bo‘linadi:
1) mexanik
2) pnevmatik
3) pnevmomexanik
Mexanik flotatsion mashinalarda bo‘tanani aralashtirish, xavoni mayda
pufakchalarga ajratish va atmosferadan havoni surish impeller (maxsus
konstruktsiyaga ega aralashtirgich) 1 yordamida amalga oshiriladi. Pnevmatik flotatsion mashinalarda bo‘tanani havoga tuyintirish va uni aralashtirish havo puflovchi mashina orqali beriladigan sikilgan havo yordamida amalga oshiriladi.