16.Mavzu: Pnevmatik flotomashinasi
Reja:
Pnevmatik flotomashinasi
Maydalagichda rudaga ta’sir qiluvchi kuch, maydalagichning ishlash prinsipi
Pnevmatik (aerolift) flotatsion mashinalar sodda tuzilishga ega, ishlatish vaqtida tejamli, mineral tarkibi bo‘yicha uncha murakkab bo‘lmagan rudalarni
boyitishda ishlatiladi. Bu mashinalar aerolift printsipi bo‘yicha (havo yordamida ko‘tarilishi) ishlaydi va shuning uchun aerolift mishanalar deb ataladi.
Vannaning chuqurligiga qarab, aerolift mashinalar 2 ga bo‘linadi:
1) mayda (vannaning chuqurligi 0,9m)
2) chuqur (vannaning chuqurligi 2,4 m dan 3 m gacha).
Chuqur aerolift mashina vanna, aerolift, aeratordan iborat. Aerolift vannaning
markaziy bo‘limi hisoblanib, mashinaning tubiga etmagan 2 ta vertikal to‘siq
orqali hosil qilingan. Aerator po‘latdan payvandlangan quticha holida tayyorlanib,
pastki qismida aeroliftga havo kiradigan teshik bilan tamomlanadi. Aeratorga havo
markaziy kollektordan ikkita havo o‘tkazuvchi quvurlar orqali berilib, teshikning
butun kengligi bo‘yicha tarqaladi. Havo o‘tkazuvchi quvur yuqorida (kanal) zulfin
(surma qopqoq) ga ega. Bo‘tana mashinaning bosh tarafida joylashgan qabul qiluvchi cho‘ntak orqali vannaga beriladi. Havo aeroliftga ikki tomondan beriladi.
M ashinaning yonbosh bo‘lmalaridagi bo‘tana havo bilan kam to‘yingani uchun markaziy bo‘lmadagi bo‘tanaga nisbatan kattaroq zichlikka ega bo‘ladi va u aerolift kameraga tomon intiladi.
36–rasm. Chuqur aerolift flotatsion mashina
Aerolift kamerada havo pufakchalarining maydalanishi bo‘tana-havo aralashmasining turbulent xarakati tufayli yuzaga keladi. Minerallashgan xavo pufakchalari aerolift kamerada yuqoriga ko‘tariladi va yo‘naltiruvchi to‘siqlar
yordamida yonbosh bo‘lmalarga otiladi. Bu maqsadda aerokamera ustiga otboynik
(ushlovchi) o‘rnatiladi. Butanani aralashtirish, tashish, bo‘tana-havo aralashmasini
aerolift kameradan chiqarish uchun kerak bo‘lgan havo teshik orqali atmosferaga
chiqarib yuboriladi.
Pnevmatik flotatsion mashina FP-100 rangli, nodir, kamyob va qora metallar rudalarini, hamda ko‘mir va shu kabi foydali qazilmalarni boyitishda ishlatiladi.
Hozirgi vaqtda qo‘llanilayotgan mexanik va pnevmatik flotatsion mashinalardan
tuzilishining soddaligi, xarakatlanuvchi va tez ishdan chiquvchi qismlarining
yo‘qligi, kam metal va elektrenergiya ishlatilishi, kam joy egallashi bilan ajralib
turadi.
37-Pnevmatik flotatsion mashina FP–100
Mashina konus shaklidagi asosli (30-550 burchak ostida) po‘lat listdan
tayyorlangan vertikal tsilindrik kameradan iborat. Mashina konus qismining
pastida mashinaning o‘qi bo‘ylab yordamchi shaybali aerator o‘rnatilgan. Bu
aerator rezinadan tayyorlanib, mashina devoriga mahkamlanadi va mashina uzoq
vaqt ishlamay turib qolganda uni ichidagi mahsuloti bilan birga ishga tushirishga
xizmat qiladi.
Konus qismining yuqorisi tsilindrik qism bilan ulangan joyda teshik-teshik
elastik naydan yasalgan asosiy aerator kronshteynga tayanadi. Aeratorning karkasi (qobirga) metal trubadan uni geometrik tarzda ushlaydigan nippel bilan tayyorlanib, ularga elastik teshik-teshik trubalar mahkamlanadi.
Mashinaning yuqori qismida taxminan 4 m balndlikda ikkinchi aerator o‘rnatilgan. Ikkala aerator xam uzlarini mashina balandligi bo‘ylab yo‘naltiruvchi va ko‘taruvchi moslamalar bilan ta’minlangan. Bu esa flotatsiya mahsulotlariga
qo‘yiladigan talabga qarab, flotatsiyani boshqarish imkonini beradi. Naysimon aerator butanadagi havo pufakchalarini samarali maydalaydi va ularni muallaq holda ushlab turishni ta’minlaydi.
Naydagi har bir teshik jajji qopqoq (klapan) dan iborat bo‘lib, u ma’lum havo bosimida ochiladi. Havo berish tuxtatilishi bilan teshikcha yopiladi va naysimon aeratorga butana okimi kirish tuxtaydi.
Mashinani dastlabki mahsulot (butana) bilan tuldirish uning yonboshidagi
(yuqori qismida) tuynuk orqali amalga oshiriladi. Kupikli mahsulot (kontsentrat) tarnovchaga oqib tushadi. Chiqindi bo‘shatuvchi moslama orqali chiqariladi.
Aeratorga berilayotgan havoning sarfi va bosimini o‘zgartirib ko‘pikni minerallashtirish, kontsentratning sifatini va chiqishini boshqarish mumkin.
Yuqori qismda ko‘pik ushlovchi moslama o‘rnatilgan bo‘lib, u ko‘pikni markazdan chetga yo‘naltiradi. Mashinani ko‘zdan kechirish uchun uning ostki qismida lyuk o‘rnatilgan.
10.12-rasm. Ko’pikli separatsiya flotatsion mashinasi
Do'stlaringiz bilan baham: |