U - din asoslari va falsafadan yaxshi xabardor boʻlgan So'fi Eshon Mulla Bozor Oxund (xoʻja Ubaydullo) qoʻlida diniy taʼlim oladi, so'fiy tariqatlar boʻyicha bilimini oshiradi, forsiy tilni oʻrganadi.
U - fors tilida ham bir necha sheʼriy turlarda yetuk namunalarni yaratgan. Uning ijodi keyingi asrlar adabiyotiga sezilarli taʼsir koʻrsatgan. Nodira, Huvaydo, Qoriy, Furqat, Hamza kabi shoirlar uning gʻazallariga taxmis va naziralar bogʻlashgan.
Uning - mohiyatan inson qadri-sharafi va maʼnaviy kamolotini ulugʻlashga, ezgulik va goʻzallikni madh etishga bagʻishlangan sheʼriy merosida gʻazal, mustazod, murabba, musabba, masnaviy, ruboiy,taʼrix kabi janr turlarida bitilgan yetuk namunalarni uchratamiz.
Taxminan, 1665-yillarda Mulla Bozor Oxund tavsiyasiga koʻra, oʻsha zamonda katta obroʻga ega boʻlgan yirik din arbobi qashqarlik Hidoyatullo Ofoq Xo'ja eshon huzuriga boradi.
U - taxminan 1672–1673-yillarda Ofoq Xo'ja dargohini tark etadi. Qissalarda qayd etilishicha, bunga Uning piri dargohidagi kanizaklarning biriga koʻngil qoʻygani, sevib-sevilgani sabab boʻlgan.
(Boboraxim Mashrab)
U - 21-iyul 810-yil, Buxoroda tavallud topgan
U 5-6 yoshidan islomiy ilmlarni, Muhammadning hadislarini oʻrganishga va yodlashga kirishadi. Taniqli muhaddislar — Doxiliy, Muhammad ibn Salom Poykandiy, Muhammad ibn Yusuf Poykandiy, Abdulloh ibn Muhammad Masnadiy va boshqalardan saboq olgan.
Uning asarlari orasida eng mashhur boʻlgani "Al-jomeʼ as-Sahih"dir. Undan tashqari tarixiy voqealar va shaxslarni chuqur tahlil qiladigan, hadis ilmining asoslaridan boʻlgan ilmlarga oid bir qator oʻta ahamiyatli kitoblar yozdi. Uning ilmiy ahamiyati yuksak boʻlgan bir nechta asarlar tasnif qildi: „Al-jomeʼ as-sahih“, „Al-adab al-mufrad“, „At-tarix al-kabir“, „At-tarix as-sagʻir“, „At-tarix al-avsat“, „At-tafsir al-kabir“ „Birrul volidayn“, „Asmo as-sahoba“, „Kunyalar“ va boshqalar. Ular orasidagi „Al-jomeʼ as-sahih“ asari islom olamida Qur’ondan keyingi eng muhim manba sifatida eʼzozlanuvchi manba hisoblanadi.
Aynan U tufayli Movarounnahr hududida IX—XII asrlarda koʻplab hadisshunoslik maktablari shakllandi va muvaffaqiyatli faoliyat yuritdi. Hozirgi kunda olimning asarlari dunyoning oʻnlab tillariga tarjima qilingan va islom dunyosida uning ijodidan koʻplab ilmiy tadqiqotlarda foydalanib kelinadi.
825-yil ushbu alloma onasi va akasi Ahmad bilan Makkaga kelib, haj ibodatini ado etadi. Onasi va akasini Buxoroga qaytarib, oʻzi Makkada qoladi.
Imom al-Buxoriy (asl ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim al Buxoriy)
U - 1394 yil 22 mart kuni hozirgi Ozarbayjon hududidagi Sultoniya shahrida tavallud topgan.
1409 yil U Samarqand hokimi etib e’lon qilinadi, otasi Shohruhning o‘limidan so‘ng, 1447 yil Temuriylar sulolasiga bosh bo‘ladi.
Uning ustozi taniqli olim, Temuriylar saroyidagi mashhur matematik va astronom Qozizoda Rumiy bo‘lgan.
Ammo Uning katta ishtiyoqi - bu astronomiya bo‘lgan. Uning hayotining mazmuni va Qozizoda Rumiy, Jamshid G‘iyosiddin al Koshiy, Ali Qushchi kabi astronom izdosh-olimlar rasadxona qurilishiga turtki bo‘lgan.
Uning to‘ng‘ich o‘g‘li Abdulatif, ruhoniylarning keskin ta’siri ostida otasiga qarshi urush e’lon qiladi. O‘g‘li otasiga Makka ziyoratiga borishlikni taklif qiladi. 1449 yil Makkaga safari chog‘i Ulug‘bek shariat qaroriga muvofiq, xoinona o‘ldiriladi.
Mirzo Ulug‘bek (Mirzo Muhammad ibn Shohruh ibn Temur Ulug‘bek Qo‘rag‘oniy)
Do'stlaringiz bilan baham: |