Reja: Mashrab hayoti va ijodini o`rganish manbalari



Download 26,92 Kb.
Sana23.03.2022
Hajmi26,92 Kb.
#506374
Bog'liq
2 amaliy mashgulot B. Mashrab


2-mavzu: Boborahim Mashrab hayoti va adabiy merosi

Reja:



  1. Mashrab hayoti va ijodini o`rganish manbalari



  1. Mashrabshunoslik tarixi




  1. Shoirninh hayot yo`li, tarjimai holini tiklash muammolari



  1. Boborahim Mashrab ma’naviy merosi mundarijasi

Mullo Bozor Oxund qoʻlida oʻqigan. 1665-yilda Qashqarga Ofoq Xoʻja huzuriga borib bilimini yanada chuqurlashtiradi. 1673-yildan boshlab umrining oxirigacha qalandarlarcha hayot kechiradi. Balx hokimi Mahmudbiy qatagʻon tomonidan 1711-yil dorga osiladi.

Mashrab nomi 18-19-asrlarda tuzilgan tazkira va tasavvufiy yoʻnalishdagi asarlarda zikr etiladi (masalan, Bade Samarqandiyning „Muzokir ul-ashob“ida). Ammo ularda shoir hayoti va ijodiy faoliyati haqida keltirilgan maʼlumotlar nihoyatda kam. Mashrabning qoldirgan adabiy merosi xususida ham aniq maʼlumot beruvchi manba yoʻq. Uning oʻz asarlarini toʻplab, devon yoki biror majmua tuzganligi maʼlum emas. Faqat „Devoni Mashrab“, „Devonai Mashrab“, „Eshoni Mashrab“, „Hazrati shoh Mashrab“ nomlari ostida xalq orasida qoʻlyozma va toshbosma shaklida tarqalgan qissalardagina (ularning kim tomonidan va qachon tuzilganligi nomaʼlum) shoirning hayot yoʻli va ijodiy faoliyati maʼlum tartib va izchillikda bayon etiladi, shu jarayonda asarlaridan namunalar ham keltiriladi. Qissalar keyinchalik oʻzgartirish va tuzatishlarga duch kelgan, turli toʻqimalar, yangi-yangi rivoyat, nakdlar, sarguzasht va latifasimon lavhalar bilan toʻldirila borilgan. Natijada qissalarda tarixiy Mashrab va uning ijtimoiy va ijodiy faoliyati xalq tasavvuridagi toʻqima Mashrab hamda u haqidagi sarguzasht-rivoyatlar bilan qorishib ketgan. Shunday boʻlsada, Mashrab haqidagi qissalar shoir hayot yoʻlini nisbatan toʻla va bosqichma-bosqich bayon etuvchi, shuningdek, yaratgan asarlarining koʻpgina qismini oʻzida jamlovchi adabiy-tarixiy manba sifatida ilmiy ahamiyat kasb etadi.

Quyidagi asarlarda ham Mashrab haqida ayrim maʼlumotlar uchraydi:

„Tazkiratul-avliyo“ (Majzub Namangoniy),


„Tazkirai qalandaron“ (Ishoq Bogʻistoniy),
„Muzakkiri asxob“ (Maleho Samarqandiy),
„Muntaxabut-tavorix“ (Hakimxon Toʻra),
„Ansobus-salotin“ (Mirzo Olim).
Mashrab haqida mukammalroq tasavvur hosil qiluvchi manba – „Qissai Mashrab“dir (boshqa nomlari „Shoh Mashrab“, „Devonai Mashrab). Uning koʻpgina qoʻlyozma va toshbosma nusxalari mavjud.
Otashin shoir, erk va haqiqat kuychisi Rahimbobo Mashrab hayoti va ijodiga boʻlgan qiziqish adib yashagan davrdayoq boshlanib, hozirga qadar davom etib kelmoqda. Shoir haqida maʼlumot beruvchi tazkira, esdalik mazmunidagi asarlar bilan birga “Devonai Mashrab” xalq qissasining turli nusxalari yaratildi. Ularning ichidan nisbatan toʻliq va tarixiy mezonlarga yaqin keladigan nusxani aniqlash mashrabshunoslik oldida turgan dolzarb masalalardan biri edi.

Filologiya fanlari nomzodi, dotsent Erkin Musurmonovning “Rahimbobo Mashrab faoliyati va ruhiyati talqini” monografiyasi Rahimbobo Mashrabning hayoti va faoliyatini oʻrganishga bagʻishlangan umumiy ishning birinchi qismi boʻlib, uning mantiqiy davomi “Rahimbobo Mashrab haqidagi yangi maʼlumotlar”, deb nomlanuvchi monografiyada keltiriladi. Mazkur monografiyalarning ahamiyatini belgilovchi muhim omil, avvalo, qadriyatlarga munosabatda halol, ilmiy mezon asosida qurilganligidir. Erkin Musurmonov bevosita eski qoʻlyozmalarni oʻqib matnlar nusxalariga oid fikr bildirishi, dastlabki manbalardan oʻrni bilan foydalana olishi va natijada muhim va yangi maʼlumotlarni jamoatchilikka eʼlon qilishi tadqiqotning salohiyatini belgilaydi.

Adabiyotshunoslikda hozirgacha Mashrabning Namangandan chiqib Balx shahriga borib qatl etilgunga qadar boʻlgan 20 yillik umri haqida hech qanday maʼlumot yoʻq edi. Shuningdek, Mashrabning Makka, Madina haqidagi sheʼrlari boʻla turib, uning haj safari xususida manbalarda xabarlar uchramagan. Shu nuqtai nazardan tadqiqotchi oʻzining shaxsiy kutubxonasidagi “Devonai Mashrab” nusxasida mavjud boʻlgan yangi maʼlumotlarni qisqartirishlar bilan nomlari yuqorida keltirilgan monografiyalarida eʼlon qilgan.

Rahimbobo Mashrab tasavvufning qalandariya tariqati vakili boʻlgan. Uning Namangandagi dastlabki ustozi Mullo Bozor Oxun va Qashqardagi murshidi Ofoq Xoʻja naqshbandlik taʼlimotining oʻziga xos vakillari edi. Mashrabning jahriya zikriga asoslangan yoʻlni tanlaganligi uning tabiati hosilasi boʻlib, keyingi ustoz bilan ziddiyatlarning maydonga kelishida ham, ijodiy uslubi shakllanishida ham bu holat oʻz taʼsirini koʻrsatgan.



Erkin Musurmonovning ikki monografiyasida keltirilgan maʼlumotlardan quyidagicha xulosalar chiqarish mumkin. Muallif oʻzi tomonidan topilgan “Devonai Mashrab” asarining arab yozuvidagi nusxasi asosida boshqa manbalarda uchramagan hikoyatlarni keltirib, bu topilmalarning birinchi va nozik tahlilchisi sifatida oʻzini namoyon qiladi, Mashrabning manbalardan tushib qolgan chet ellardagi yigirma yillik hayot yoʻlini mazkur nusxa asosida tiklashga urinadi. Shu jarayonda Mashrabning ilmiy jamoatchilikka maʼlum boʻlmagan Samarqandga kelib-ketganligi, uning haj ziyorati avvalida Ozarbayjon, Turkiya, Arabiston kabi yurtlarga qilgan safari bilan bogʻliq matnlarni keltirib tahlil doirasiga tortadiki, bu yangiliklar shubhasiz, Mashrab faoliyatiga aniqliklar kiritishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Muallifning yana bir diqqatga sazovor xizmati shundaki, u Mashrab hayoti va adabiy faoliyatini bekamu koʻst oʻrganish maqsadida bir necha marta Xitoy Xalq Respublikasi Sinszyan Uygʻur avtonom tumanida, Mashrabning qariyb oʻn besh yil umri oʻtgan Qashqar va uning atrofidagi hududlarda ilmiy faoliyat olib borib, shoir va uning zamondoshlari haqida oʻzbek adabiyotshunosligi uchun qimmatli maʼlumotlar toʻpladi. Rossiya va Oʻzbekiston kutubxonalari fondidagi manbalar ustida ishladi, Sankt-Peterburg universiteti va shahar ommaviy kutubxonasida rus sharqshunoslarining Mashrab faoliyati, zamoni va makoni bilan bogʻliq monumental adabiyotlarini jiddiy oʻrgandi.
Download 26,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish