Fonetikaning tadqiqot maqsadi va usuliga ko‘ra turlari Reja


Artikulyatsiya usuli va to‘siqning qanday hosil bo‘lishiga ko‘ra



Download 67,36 Kb.
bet19/26
Sana06.01.2022
Hajmi67,36 Kb.
#321167
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
Bog'liq
Fonetikaning tadqiqot maqsadi va usuliga ko‘ra turlari

2.Artikulyatsiya usuli va to‘siqning qanday hosil bo‘lishiga ko‘ra: a) portlovchisirg‘

aluvchi undoshlar oppozitsiyasi: (p-f),(b-v),(t-s),(d-z),(t-sh),(d-j),(k-x),(g-g‘),(q-x),(k-h),(gh);

b) portlovchi-affrikatalar oppozitsiyasi: (t-ch),(d-j); v) sirg‘aluv- chi-affrikatalar oppozitsiyasi

(sh-ch),(j-j); g) portlovchi-burun sonanti oppozitsiyasi: (b-m)q(d-n)q(g-n); d) sirg‘aluvchi–

sonant-lar oppozitsiyasi: (z-l),(j-r); e) shovqinli sonant - burun sonanti oppozitsiyasi: (v-m),(ln),(



r-n); j) yon sonant- titroq sonant oppozitsiyasi: (l-r).

3.Jarangsiz-jaranglilik belgilariga ko‘ra: (p-b),(t-d),(s-z),(f-v),(k-g),(sh-j),(ch-dj),(x-g’).

Bu tizimdagi jaranglilarning barchasi markerli qatorni (shovqinga ovoz qo‘shilganligi uchun),

jarangsiz undoshlar esa markersiz qatorni (faqat shovqindan iborat bo‘lganligi uchun) hosil

qiladi. Un paychalari ishtirokiga ko‘ra jarangli undoshlar qatoriga kiruvchi m,n,n,l,r,y sonantlari

yuqoridagi korrelyatsiyaga kirmaydi, chunki ularning jarangsiz juftlari yo‘q.

Shuni ham ta`kidlash kerakki, korrelyatsiyalarda oppozitsiyalar miqdorining ikki va undan

ortiq bo‘lishi shart. Bitta oppozitsiyadan korrelyatsiya tarkib topmaydi. Masalan, Hozirgi o‘zbek

adabiy tilidagi L va R sonantlari yon sonant (l)va titroq sonant (r) oppozitsiyasini hosil qiladi,

ammo o‘zbek adabiy tilining fonologik tizimida yon sonant-titroq sonant zidlanishiga asoslangan

boshqa oppozitsiyalar yo‘q, shuning uchun l-r zidlanishi yakkalangan oppozitsiya hisoblanib,

korrellyatsiya hosil qilmaydi.

Ayrim izohlar: fonologik oppozitsiyalar o‘z ichki xususiyatlariga ko‘ra quyidagi turlarga

bo‘linadi:

a) bir O‘lchovli oppozitsiya. Bunda farqlanish belgisi faqat shu oppozitsiyaning ikki

a`zosiga xos bo‘lib, bu sistemaning boshqa a`zosida uchramaydi. Masalan, jarangli-jarangsiz

belgilari asosida tarkib topgan korrelyatsiyadagi t-d oppozitsiyasi bir o‘lchovlidir, chunki bu ikki

fonemadagi «til oldi» va «portlovchi» belgilari shu sistemadagi boshqa oppozitsiyalarga xos

emas;

b) ko‘p O‘lchovli oppozitsiya. Bunda bir oppozitsiyadagi belgilar shu sistemadagi boshqa



oppozitsiyalarda ham uchraydi. Masalan, jarangli-jarangsiz belgilari asosida tarkib topgan

oppozitsiyalarda «portlash» va «jaranglilik» belgilari bir necha oppozitsiya vakiliga xos bo‘lishi

mumkin; b (portlovchi, jarangli)-d (portlovchi, jarangli)-g (portlovchi, jarangli) kabi;

v) proportsional oppozitsiyalar. Bunda bir sistema ichidagi barcha oppozitsiyalarning

a`zolari o‘rtasidagi aloqalar o‘zaro o‘xshash bo‘ladi. Masalan, o‘zbek tilidagi p-b

oppozitsiyasidagi jarangsiz-jaranglilik belgilari shu sistemadagi t-d, k-g,s-z,sh-j, ch-j,f-v,x-g‘

oppozitsiyalariga ham xos;

g) «privativ» oppozitsiya». Bunday oppozitsiyalarning bir a`zosida bo‘lgan belgi shu

oppozitsiyaning ikkinchi a`zosida bo‘lmaydi: b-p oppozitsiyasida «b»dagi jaranglilik

belgisi»p»da yo‘q; t-d,k-g oppozitsiyalarida ham shunday;

d) gradual (pog‘onali) oppozitsiya. Bunday oppozitsiyaning a`zolari o‘rtasiga boshqa

(uchinchi) fonemani kiritish mumkin bo‘ladi. Masalan, o‘zbek tilidagi p(lab-lab)-k (sayoz til

orqa) undoshlari oppozitsiyasi orasiga t undoshini (uchinchi a`zoni) kiritish mumkin, chunki u

ham portlovchi, jarangsiz bo‘lib, artikulyatsiya orniga ko‘ra p (labial) va k (sayoz til orqa)

qatorining o‘rtasida joylashadi: p-t-k kabi. Bunday holatni b-d-g sistemasida ham ko‘ramiz.

Xulosa: a)fonemalar til mexanizmida muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan mustaqil

birliklardir: ular so‘z va morfemalarning tovush qobig‘ini (ifoda planini) farqlash bilan birga, shu

so‘z yoki morfemalarning ma`nolarini farqlash vazifasini ham bajaradi; b)fonemalarda

differensial (farqlanadigan) va integral (farqlanmaydigan) belgilar mavjud bo‘lib, ulardan

birinchisi (differensial belgi) fonologik jihatdan relevant belgi, ikkinchisi (integral belgi) esa

fonologik jihatdan norelevant belgi hisoblanadi; v) ikki fonemaning qarama-qarshi qo‘yilayotgan

differensial belgilari shu fonemalarni bitta oppozitsiyaga birlashtiradi, bir farqlanish belgisiga

asoslangan ikki va undan ortiq oppozitsiyalar esa korrelyatsiyalarga uyushadi. Demak,

oppozitsiyalardagi farqlovchi belgilar korrelyatsiyada birlashtiruvchi belgiga aylanadi; g)

korrelyatsiyalar o‘z navbatida bir-biri bilan ulanib, bir butun tizimni-fonologik sistemani hosil

qiladi.

Eslatma; tilning fonologik tizimida korrelyatsiya hodisasi borligini aniqlagan olimlardan

biri (ehtimol, birinchi) bizning yurtdoshimiz Abu Ali ibn Sino bo‘lgan. U o‘zining fonetikaga

doir bir risolasida «dol» «to»ga qanday munosabatda bo‘lsa, «zod»«sin»ga shunday

munosabatda bo‘ladi»,–degan edi. qiyos qiling: «dol»(jarangli «d») -»to» jarangsiz»t»),

«zod»(jarangli»z»)-»sin»(jarangsiz»s»). Bunda jarangli va jarangsizlik belgilari asosida d-t, z-s

oppozitsiyalari bir korrelyatsiyaga uyushayotganligi nazarda tutilganligi shubhasiz.1


Download 67,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish